INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 28
bilan tartibga solinadi. Shartnoma o‟qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish
jarayonida paydo bo‟ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o‟z
ichiga oladi. Maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‟rtasidagi
munosabatlar o‟zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyachilari oilaning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi
ustivor mavqeini e‟tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy maktabgacha ta‟lim tashkilotri
tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo‟lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o‟quvchilar
o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarni yo‟lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik
mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Bola vositasida oila bilan muloqot qilish –
murabbiylar jamoasi majburiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Barcha oilalar o‟z
bolalarining baxt-saodatidan manfaatdor va ularning yaxshi va mamnuniyat bilan
o‟qishlarini istaydilar. Shuning uchun oila a‟zolari uning yutuqlaridan xabardor bo‟lishni
xohlaydilar. Pedagoglar ota-onalar bilan bola haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish va
imkon qadar samarali ishlash uchun bolaning uydagi va maktabgacha ta‟lim tashkilotidagi
holati, uning kuchli va zaif tomonlarini, tashvish tug‟diradigan barcha jihatlarni
mamnuniyat bilan muhokama qilishlari kerak. Maxoratli maktabgacha ta‟lim tashkiloti
tarbiyachisi oilalar bilan aloqa qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:
- Vaqt topadi, imkoniyat yaratadi hamda ota-onalarning o‟z fikrmulohazalari,
quvonchlari, tashvishlari va niyatlarini gapirib berishlarini qo‟llab-quvvatlaydi.
- Ko‟z-ko‟zga tushib suhbat qilish mumkin bo‟lgan joyni tanlaydi va ma‟lumotlarga
hamisha maxfiy sir sifatida munosabatda bo‟ladi.
- Oilalar tarbiyachilar bilan eng shaxsiy ma‟lumotlarni o‟rtoqlashadilar, binobarin,
ularni sir saqlash muhim. Tarbiyachilar va bolalar o‟rtasida o‟zaro hurmat bo‟lishi kerak.
Bolalar tashkilotida guruh deb ataluvchi uyushmada hurmat zarur tarkibiy element
hisoblanadi. Tarbiyachilar ular bolalardan kutadigan o‟zaro bir-birini tushunish, hurmat
qilish va bir-biriga g‟amxo‟rlik ko‟rsatishda namuna bo‟ladilar. Bolalar boshqa bolalar bilan
ijodiy o‟zaro munosabatlarning mustahkam poydevorini qo‟yadi. Mahoratli pedagog
tomonidan MTT hayotiga erkaklarni ham jalb qilish, har bir bola ularning ham ardog‟ida
bo‟lishini ta‟minlash uchun butun kuch-g‟ayratni ishga solish lozim. Ba‟zan kun tartibi yoki
birinchi uchrashuv onalar bilan bo‟lgani sabab erkaklar bu ishdan chetda qolib ketadilar.
Otalarning maktabgacha ta‟lim tashkilotidagi pedagogik jarayonlarga qay tarzda ishtirok
etishlarini aniqlashtirish, ya‟ni ular balkim, ustachilik qilishni, ovqat tayyorlashni biladilar
yoki san‟atdan mashg‟ulot o‟tkazish uchun xonani jihozlashga yordam berishlari mumkin.
Bundan tashqari maktabgacha ta‟lim tashkilotida psixologik xizmat ham tashkil etilgan
bo‟lib, psixologik xizmat maktabgacha ta‟lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxs
(pedagog, bola, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib
chiqqan holda yondoshadi. Psixologik xizmat ko‟rsatish faoliyati maktabgacha ta‟lim
tashkiloti xozirgi zamon psixologiya fani yutuqlari bilan ilmiy uslubiyat bo‟yicha
ta‟minlashga, insonning shaxsiy va intellektual (aqliy) jixatidan rivojlanishini diagnostika