INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 30
mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar
rejasida aks etadi.Ota-onalar bilan ishlash bo„yichajuda ko„p ishlarni tarbiyachipedagog
amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o„zgarishlarni hammadan
ko„proq ko„radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo'ladi. U ota-onalarga bolalar
tarbiyasida nimalarga ko'proq e‟tibor berish kerakligi, ularni maktab ta‟limiga
tayyorlash, sog„lig„ini saqlash, ovqati va kun tartibini to„g„ri tashkil etish va boshqalar
sohasida tavsiyalar berib boradi. Bolalar MTT va oila o„rtasida hamkorlik o'matishda
direktor, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim.
Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.Ota-onalar bilan
ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi:
Ma'muriyatning ota-onalar qo'mitalari bilan uchrashuvi
Konferentsiyallar
Ochiq eshiklar kuni
Avlodlar uchrashuvi
Savol-javobllar oqshomi
Ota-onalar klubi
Kuzatuv kengashi yig‟ilishlari
Ota-onalar universiteti
Ota-onalar halqasi
Bayramlar
Ota-onalar haftaligi
Ota-onalar uchrashuvlari
Davra suhbati
Suhbatlar,maslahatlar,oilalarga borish,ayrim ota-onalami MTTga taklif etish,alohida
esdaliklar va ko„chma papkalardan foydalanish.Bolaning uyiga borishdan ko„zlangan
maqsad oila sharoiti,bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a‟zolari bilan
tanishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va
oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o„rganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi
bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do„st,bola tarbiyasidek murakkab ishda
yordam beruvchi sifatida borishi,oila a‟zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan
munosabatdabo„lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awal o„z oldiga aniq
maqsad qo'yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-
onalarga beriladigan savollar puxta o„ylangan bo'lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi
kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona birbirlarini yaxshi tushunishlari, ular o„rtasida ishonchli
aloqa o„rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to„g„risida (ota-
onalarning fe‟l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to„g„risida ma‟lum
tasawurlarga ega bo„lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq
uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to„g„risida fikr, mulohazalarini bildiradi
va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalami o„qib va hikoya
qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga