Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Embrion qavatlari to’g’risidagi nazariya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Embrion qavatlari to’g’risidagi nazariya 
1759 yilda K. F. Volf tovuq embrionida ikkita qavat borligini aniqlagan. 
1817 yilda X.Pander tovuq embrionining ikkita qavatini ta‘riflagan. 1828 yilda 
K.Ber barcha umurtqali hayvonlar uchun embrion qavatlari tushunchasini qo‘ladi 
va embrion qavatlari to‘g‘risidagi nazariyaga asos soldi. Embrion qavatlari 
to‘g‘lrisidagi nazariyani A.O. Kovalevskiy yaratdi. U 1865-1871 yillarda o‘zining 
kuzatishlari va zamondoslilari 1.1. Mechnikov (1886), E. Gekkel (1866,1871) 
tadqiqotlariga asoslanib, umurtqasiz hayvonlarda embrion qavatlarini aniqladi va 
ularning ta‘rifini evolyusion g‘oyalar bilan yangiladi. 
Gekkel ko‘pi hujayralilarning kelib chiqishi to‘grisida gasteriya nazariyasini 
yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, ko‘p hujayralilarning ajdodi hozirgi hayvonlar 
embrion taraqqiyotining gastrula bosqichiga to‘g‘ri keladi. 
XIX asrda embriologlar embrion qavatlari dastlabki organlar deb, ularning 
ayrim funksiyalarni bajarishini taxmin qilishganlar. Jumladan, ektodermani teri-
sezgi qavati, entodermani ichak-shilimmshiq qavat eb tushunishgan. Hamma 
hayvonlaning mbrion qavatlari dastlabik ikki qavatli ajoddan meros, deb qaralgan. 
Embrion qavatlari to‘g‘risidagi nazariyaning mohiyati ham shundadir. 
Embrion qavatlari to‘grisidagi nazariya embriologiya tarixida eng 
katta morfologik umumlashma hisoblanadi. Olimlar tomonidan ba‘zi ikkilanishi va 
ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘ylganiga qaramay, hozigi paytda hamma embriologlar 
bu nazariyani tan olishadi. Deyarli barcha mutaxassislarning fikricha, bu 
tushunchalar embrion ma‘lum davrining ketma-ketligini organlar hosil bo‘lishini 
ifodalaydi. Embrion qavatlari hayvonot dunyosining birligini ifodalaydi. 
Cnidaria va Ctenophora ko‘pi hujayrali hayvon bo‘lib gavdasi ektoderma va 
entoderma qavatlaridan iborat. Ular o‘rtasida mezogliya bo‘lib, u hujayradan 
tuzilmagan, eplteliy hujayrai ajratgan moddalardan iborat. 
I.I. Mechinikov fagositella yoki parenximulla nazariyasini yaratish davrida 
Gekkelning gasteriya nazariyasini tanqid qildi. Uning fikricha, embrion 
taraqqiyotining dastlaki davrida gastrulaning invaginasiya yo‘li bilan borishiga 
asos yo‘q. Mechnikov ta‘kidlashicha
f
gastrulyasiyaning eng sodda turi immigrasiya 
hisoblanadi. Mechnikov tuban ko‘pi hujayralilar - bulutlar va kovakichlarda 
hujayra ichida ovqat hazm bo‘lishi keng tarqalganligini aniqladi. 
Mechnikovning fagositella nazariyasiga ko‘ra, Medazoalarning dastlabki 
ajdodida ovqat hazm qilish bo‘shlig‘i (yoki organ) bo‘lmagan. Ular ovqatni 


117 
fagositoz yo‘li bilan qabul qilgan va bu ovqat barcha bir hujayralarga tarqalgan. 
Shuning uchun ham sodda gastrulyasiyani hozirgi yashayotgan tuban ko‘pi 
hujayralilarning gastrulyasi natijasida birlamchi ovqat hazm qilish bo‘shlig‘i hosil 
bo‘lmaydigan vakillaridan izlash lozim. Immigrasiya tufayli huddi shunday 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, embrion varaqlari to‘g‘risidagi nazariyaning klassik 
ko‘rinishini tanqidiy baholashga quyidagilar asos bo‘ldi: 
1. Ta‘sviriy embriologiya namoyondalari embrion qavatlarida embrion bir 
qismining noto‘g‘ri o‘sishi, qatlamlanishi deb tushuntirganlar. Ular embrionni 
o‘rgana olmaganlar. Gastrulyasiya jarayon bo‘lib, embrion qavatlari mustaqil 
vazifa bajara olmaydi. Bu qavatlardan hosil bo‘lgan organlar ma‘lum funksiyalarni 
balarishga ixtisoslashadi. 
2. Ko‘pichilik umurtqali hayvonlarda mezodemia enterosel usul bilan paydo 
bo‘lmaydi. Jumladan, amfibiyalar taraqqiyotida enterosel usul bilan paydo 
bo‘ladigan selomik xalta hosil bo‘lishiga o‘xshash jayonlar haqida fikr yuritib 
bo‘lmaydi. Umuman, gastrulyasiyani yangicha klassifikasiyalash lozim. 
Mezodermaning paydo bo‘lishi gastrulyasiyaning bir ko‘rinishl hisoblanadi. 
3. Organogenezning ma‘lum sxemadan chetga chiqishiga asoslanib, embrion 
qavatari to‘g‘risidagi nazariyadan voz kechib bo‘lmaydi. Ammo bu nazariyani 
qayta ko‘rib chiqish va unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish lozim. 
P.P. Ivanov (1943) fikricha, embrion qavatlari rivojlanishinnig dastlabki 
davrlarida xarakterli xususiyatini yo‘qotadi. Turbellyariyalar, nematodlar va 
boshqa hayvonlarda har xil organlar embrionning bir xil hujayraidan hosil 
bo‘lganligi kuzatilgan. Embrion qavatlari to‘g‘risidagi nazariyaga ko‘ra, xorda 
entodermadan, nerv sistemasi ektodermadan hosil bo‘ladi. Ammo assidiyalarda bir 
xil blastomerlardan ham xorda, ham nerv sistemasi hosil bo‘lishi kuzatilgan. O.I. 
Ivanova, A.G.Knorre (1963) fikricha, bular ikkilamchi hodisa bo‘lib, embrion 
varaqlari evolyusiya jarayonida ma‘lum omillar ta‘sirida o‘zgarishi mumkin. 
4. 
Embrion 
qavatlarining 
organogenetik 
xususiyatlariga 
tegishli 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish lozim. Tajibalarda isbotlanishicha, 
embrion qavatlari hujayraniing rivojlanishini o‘zgarishga majbur qilish mumkin. 
Shundan ma‘lumki, embrion varaqlari hujayraining vazifalari hali to‘liq 
aniqlanmagan. Embrion varaqlari birgalikda, normal taraqqiy etsa, organogenelik 
xususiyatarga ijobiy ta‘sir etadi. 
5. Hayvonlarning normal rivojlanishida ham embrion varaqlari nazariyasi 
buzilishli mumkin. Masalan, iris ko‘zi, ba‘zi tog‘ay elementlari mezodermadan 
emas, balki ektodermadan hosil bo‘lishi kuzatilgan. 
6. Organizmlarning jinsiy ko‘payishi va somatik embriogenezga embrion 
varaqlari tushunchasini qo‘lab bo‘lmaydi. 
Xulosa qilib aytganda, embrion varaqlari to‘grisidagi nazariya kelajakda 
biologiya fanlarining yangi yutuqlari bilan boyitilishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin