118
Gastrulyasiya jarayonini o‘rganish uchun 1925 yilda V. Fogt tomonidan
taklif etilgan embrionning bir qismini markirovka qilish (belgilash) usuli muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra, agar-agarning bir bo‘yog‘i vital bo‘yog‘iga
solinadi. Bo‘yoqning o‘ziga singdiigan agar-agarni embrionnnig tadqiqotchini
qiziqtirgan tomoniga yopishtiriladi. Bo‘yoqni embrionning shu qismidagi hujayra
o‘ziga solib olib bo‘yalib qoladi. Agar blastula davrida bu tajriba o‘tkazilsa,
belgilangan hujayra orqali gastrulyasiyaning qanday sodir bo‘lishini kuzatish
mumkin. Fogt usuli yordamida amfibiyalarda gastrulyasiya jarayoni o‘zgaradi.
Fogt usulini kichik tuxumlarda va yaxshi bo‘yalmaydigan hujayrada qolrib
bo‘lmaydi. Bunday paytda siyoh, bo‘r bilan belgilash, ba‘zi moddalarni
blastomerga yuborish orqali o‘zganish mumkin.
Blastulaning oxirgi bosqichlarida organlarnnig paydo bo‘ladigan joylarnii
yoki hujayralani aniq ko‘rsatish mumkin. Bu joylanganlar prezumptiv xaritasi deb
atash qabul qilingan. lotincha praesumptio - ehtimolkka asoslangan, taxrain degan
ma‘noni bildiradi. Inglizlar fate mar - taqdir xaritasi deb ataydi. Ba‘zi embriologlar
prezumptlv murtak xaritasi yoki prezumptiv joy deb nomlashni taklif etmoqdalar
Amfibiyalarda blastulaning oxirida embrionning animal qutbidan teri epidermisi,
eshitishi organlari, og‘iz, ko‘z, shilliq bezlar, vegetativ qutbdan somitlar,
mezodermaning segmentlashmaydigan qismini, ektodermaning hosil bo‘ladigan
joylarini aniq ko‘lrsatish mumkin (60-rasm).
Organlarning prezumtiv xaritasim embrionning dastlabki davrlarida har
qanday hayvon rivojlanishiga nisbatan tuzush niumkin. Bu xaritaning anlqligi va
to‘lliqligi hayvon rivojlanishining o‘zganilganligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: