Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarining molekulyar-genetik mexanizmi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarining molekulyar-genetik mexanizmi 
 
Individual rivojlanish biologiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri 
ontogenezning turli bosqichlarida genlarning ta‘sir etish qonuniyatlarini 
aniqlashdan iborat.Bu yo‘nalish embroilogiya va genitika fanlari chorrahalarida 
paydo bo‘ldi.Ayni vaqtda bu fanlar molekulyar biologiya yutuqlari bilan 
boyitiladi,natijada hujayraning molekulyar tuzulishi,genetik apparati,genlar 
ekspressyasi mexanizmi o‘rganiladi. 
Rivojlanish dastlabki bosqichlarini embroiloglar va genetiklar hamkorlikda 
o‘rganmoqdalar. Chunki bu davrda gametalarda mavjud bo‘lgan genetik potensial 
ro‘yobga chiqa boshlaydi, embrion shakllanishi qonuniyatlari, bir hujayrali sistema 
ko‘p hujayrali sistemaga aylanadi,differensiallanish va morfogenetik jarayonlar 
boshlanadi.Shuning uchun bu davrda genlarning ahamiyatini aniqlash muhum va 
murakkab vazifadir.Uning murakkabligi shundaki,gametogenez davrida ishlay
boshlaydi,genlarning o‘zini transkripsion faolligi past bo‘ladi.Bu davrda embrionni
sitoplazmatik omillar boshqaradi. Yadro va sitoplazma o‘rtasidagi munosabat ham 
indivudal rivojlanish biologiyasining muhum muommosi hisoblanadi. 
Rivojlanishning dastlabki davridagi genlarning vazifasi.
Genlarning yadroda 
joylshganligi biokimyoviy va sitofotometrik tahlili orqali aniqlanadi. Ma‘lum 
bo‘lishicha, DNK asosan yadroda( xromosomalarda) joylashgan bo‘lib, ozroq 


121 
qismi sitoplazmadagi mitoxondirya,plastidalar, xivchinlarning bazal tanachasida 
joylashgan. Ko‘plab hayvonlar tuxum hujayrasining mitoxondriyasida DNK 
miqdori ko‘p bo‘ladi. Bu DNK rivojlanish jarayoni uncha katta ahamyatga ega 
emas. Rivojlanish uchun yadrodagi DNK muhum vazifani boshqaradi. Shuning 
uchun oogenez davrida paydo bo‘lgan genlarning vazifalarini aniqlash muhum 
ahamyatga ega. Bu muammoni hal qilishning bir qancha yo‘nalishlari bor: 
1.
Rivojlanishning dastlabki davrlarida genlar faolligining molekulyar 
biologik tahlili(RNK.oqsil, ferment sintezi). 
2.
Rivojlanishning dastlabki davrlarining har xil bosqichlarda yadro va 
sitoplazma vazifasining eksperimental-genetik tahlili. 
3.
Yadro va sitoplazma vazifasini o‘rganish uchun blastomerlarni bir-biridan 
ajratish,embrionlarni qo‘shish,yadroni ko‘chirib o‘tkazish. 
4.
Embrionning dastlabki davrlarni tahlil qilish uchun xromosomalar naborini 
o‘zgartirish,mutatsiyalar sodir qilish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin