portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi
Tuxum hujayraning enukleasiyasiga oid tajribalar. Yadro va sitoplazma
vazifasini aniqlash uchim yadroni mikroxirurgiya yo‘li bilan tuxumdan ajratish
yoki fizikaviy usul bilan nobud qilish kabi tajribalar o‘tkazilgan. Yadrosiz
sitoplazmasi olishning bir qancha yo‘llari bo‘limlardan, dengiz tipratikaning
tuxumni sentrofugada yadro va sitoplazmaga ajratish mumkin. Yadroli qismi
taraqqiy etadi, ammo kichik embrion hosil- bo‘ladi, sitoplazma qismida
maydalanish boshlanadi, amm rivojlanish davom etmaydi va embrion hosil
bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda sut emizuvchilar zigotasidan mikromanipulyator yordamida
pronuklenlarni olib tashlash orqali rivojlanish o‘rganilmoqda. Bunda
sitoplazmadan bir necha blastomerlar hosil bo‘ladi, ammo embrion hosil bo‘lmaydi
(61-rasm).
1959 yilda AANeyfax radiasiya yordamida yadroni faollashtirish usulini
ishlanib chiqdi va ko‘plab tajribalar o‘tkazdi.
Yadro va sitoplazmaning radiasiyaga javob reaksiyasi har xil bo‘ladi.
Radiasiya ta‘sirida yadro nobud bo‘lsa ham, sitoplazmaga ta‘sir etmaydi. Bunday
tuxum hujayra maydalanadi, ammo hosil bo‘lgan blastomerlarda yadro bo‘lmaydi,
ebrion rivojlanishi gastrulyasiya davrida to‘xtaydi.
A-A.Neyfax embrionning har xil bosqichalarida radiasiya ta‘sirida
rivojlanish davom etadigan va davom etmaydigan davrlarini anqlashliga muvaffaq
bo‘ldi. Bu davrlar "yadro morfogenelik funksiyasining namoyon bo‘lish davri"
deb ataladi. Bunda yadro nobud bo‘ladi, aktinomisur ta‘svirida esa RN K sintezi
to‘xtatiladi. Bu ta‘ribalar tufayli radiasiya sitoplazmaga ham zarar qiladi,
aktinomisin nafaqat RNK sintezi, balki hujayra bo‘linishini ham pasaytirishi
aniqlandi. Shunga qaramasdan, bular embrion hosil bo‘lishida yadro va sitoplazma
vazifasnii aniqlashda qimmatli ma‘lumotlar berdi. Shunga ko‘ra, yadro
gastrulyasiya davridan boshlab muhim ahamiyatga ega. Ungacha rivojlanishi
yadrosiz ham davom etishi mumkin. Ammo yadroning bunday boshqaruvchilik
funksiyasinnig sabablari hozircha to‘liq o‘rganilgan emas.