115
bilan chegaralanadi. Blastosel bo‘shlig‘ini parenxima hujayrai egallab oladi (yassi
chuvalchanglar). Keyinchalik bu hujayraning buzilishi tufayli bo‘shliqi
hosil
bo‘ladi. (yumaloq chuvalchanglar).
59- rasm Yuksak umurtqalilarning embrionida ontogenez jarayoni.
(K. Uoddington, 1957 bo‘yicha) 1- nerv; 2- somit; 3- xorda; 4- ichak; 5- yon
mezoderma; 7-
epidermis; 8- tomoq; 9- jabra; yoriqlari; 10 ko‘zxaltasi; 11- bosh
miya.
Bu bo‘shliqi birlamchi tana bo‘shlig‘i yoki sxizosel deb ataladi. Sxizosel -
buzilish bo‘shlig‘i degan ma‘noni bildiradi. Sxizosel turli xil organik va anorgank
moddalar aralashmasidan iborat bo‘lgan suyuqlik bilan to‘la bo‘ladi. Bu bo‘shliqi
quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Doimo suyuqlik bilari to‘la bo‘lganligi uchun ham gavdani tarang holatda
ushlab, tayanch vazifani bajaradi. Agar
bu suyuqlik chiqarib yuborilsa, gavda
puchchayib qoladi.
2.
Transport vazifasini bajaradi, ya‘ni bu hayvonlarqon aylanish sistemasining
yo‘qligi tufayli oziq moddalar ichakdan ana shu bo‘shliqidagi suyuqlikka chiqadi.
Undagi suyuqlik yordamida organlarga tarqaladi.
3. Keraksiz mahsulotlar ana shu bo‘shliq orqali ayiruv kanallariga yetib boradi.
Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i yoki selom (bo‘lshliq degan ma‘noni bildiradi)
gavda qoplami (teri-muskul xaitasi) bilan uchki organlar (ichak) o‘rtasidagi
bo‘shliqidir (halqali chuvalchanglar). Birlamchi tana bo‘lshligdan
farq qilib,
ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining o‘z devori bor. Bu devor epiteliy hujayraidan iborat
bo‘ladi. Bu bo‘lshliq embrion rivojllanishi davrida gastrosel bo‘shlig‘idan paydo
bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i ikkilamchi og‘zlilarda mezodermaning
cho‘ntaksimon o‘simtalarining bo‘shlig‘idan hosii bo‘ladi. Birlamchi og‘lizlilarda
esa ekto va entodermaning o‘rtasidagi bir juft mezoderma blastomerlarining
bo‘shlig‘idan hosil bo‘ladi. Selom doimo suyuqlik bilan to‘lla bo‘ladi.
Ularning
vazifalari quyidagilardir:
116
1.
Gavdada tayanch vazifani bajaradi.
2.
Oziq moddalani tarqatadi.
3.
Keraksiz moddalarni ayiruv kanaliga chiqaradi.
4.
Bu bo‘shliqidagi ba‘zi hujayra (eleositlar) ortiqcha moddalani
zaxiralaydi.
Bundan
tashqari, bo‘g‘imoyoqlarda birlamchi va ikkilamchi tana
bo‘lshligining oraliq tuzilishiga ega bo‘lgan tana bo‘lshlig‘i bo‘ladi. Bunday tana
bo‘shlig‘i miksosel deb ataladi. Miksosel yurak, ichaklar, jinsiy va boshqa
organlar
atrofida saqlanib qolgan va boshqa tana bo‘shliqilari kabi vazifalani bajaradi.
Dostları ilə paylaş: