Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Embrionning blastula va morula davrlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Embrionning blastula va morula davrlari 
Blastomerlarning soni embrionning bir qavatiga yetarli bo‘lgandan keyin 
ular aylana bo‘lib joylashadi. Bu embrionnnig blastula davri deb ataladi. Hosil 


108 
bo‘lgan qavat blastoderma devori deb ataladi. Bu devorga blastomerlar bir qator, 
ba‘zi hayvonlar embrionida esa ko‘p qator bo‘lib joylashadi. Blastulaning o‘rtasi 
bo‘shliq, kovak bo‘ladi. Bu bo‘shliq blastosel bo‘shlig‘i deb ataladi. Blastomer 
yunoncha blasto - nish, kurtak, koylos - kovak, ichi bo‘sh degan ma‘noni bildiradi. 
Blastosel bo‘shlig‘ini birinchi marta K.Ber aniqlaganligi uchun Ber bo‘shlig‘i ham 
deb yuritiladi. Blastulaning bir tomoni teshik bo‘ladi. Bu teshik blastopor teshigi, 
uning lablari esa blastopor lablari deb ataladi. Blastopor yunoncha blasto - nish, 
kurtak, poros - teshik degan ma‘noni bildiradi. Agar blastopor teshigi hayvon 
voyaga yetgandan keyin og‘iz teshigiga aylanib, anal teshigi uning qarama-qarshi 
tomonidan ochilsa, bunday hayvonlar birlamchi og‘izli hayvonlar deb ataladi. 
Birlamchi og‘izlilarga - Protostomia - halqali chuvalchanglar, mollyuskalar
bo‘g‘imoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagichlilar tip birikiradi. 
Agar blastopor teshigi anal teshigiga aylanib, og‘iz teshigi uning qarama- qarshi 
tomonidan ochilsa, buuday hayvonlar ikkilamchi og‘izli hayvonlar deb ataladi. 
Ikkilamchi og‘izli hayvonlarga - Deuterostomia - ninatanlilar, pogonoforalar, 
qillag‘lilar, gemixordalilar vaxordalilar tiplari kiradi. 
Maydalanish turlariga bog‘liq holda blastula ham turlicha bo‘ladi: 1. 
Seloblastula. Blastosel bo‘shlig‘i katta, blastoderma devori bir tekis qalinlikda 
bo‘ladi va blastodermada blastomerlar bir qator bo‘lib joylashadi. Bunday blastula 
to‘la va tekis maydalanish natijasida hosil bo‘ladigan lansetnik tuxumida kuzatiladi 
(55-rasm). 
55-rasm. Blastula turlari (L.V.Belousov, 1980 bo‘icha). 
1-seloblastula; 2-sterroblastula; 3-plakula (o‘ngda yon tomondan ko‘rinishi); 4-
diskoblastula; 5-periblastula; 6-stomoblastula; 7-morula. bl-blastomerlar; j-
sariqlik; b-blastosel. 


109 
2. Amfiblastula. Bunda blastoderma devori bir necha qator blastomerlardan 
tuzilgan bo‘lib, bu devor animal qutbda vegetativ qutbga nisbatan yupqa bo‘lishi, 
blastosel animal qutbga tomon siljigan bo‘ladi. Bunday blastula to‘la, lekin notekis 
maydalanadigan amfibiyalar tuxumlarida uchraydi. 
3. Sterroblastula. Devori bir qator blastomerlardan iborat bo‘ladi. 
Blastomerlar blastosel bo‘shlig‘iga juda ko‘p kirib borganligi uchun ham blastosel 
bo‘shlig‘i juda kichik bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarda shunday blastula hosil bo‘ladi. 
4. Diskoblastula. Diskodial yo‘l bilan maydalanadigan tuxumli hayvonlarda 
uchraydi. Blastosel bo‘shlig‘i embrion diski bilan sariqlik moddasining o‘rtasida 
bo‘ladi. Bunday blastula suyakli baliqlar, repteliyalar va qushlarda uchraydi. 
5. 
Periblastula. Blastosel bo‘shlig‘i sariqlik moddasi bilan to‘zganligi uchun 
bo‘shliq bo‘lmaydi. Sariqlik moddasining tashqarisidan bir qator blastomerlar 
o‘rab turadi. Hasharotlarda shunday holat uchraydi. 
6. Blastulaning yana o‘ziga xos turi plakula ham bor. Bunda blastula ikki 
qavatli plastinkadan iborat bo‘ladi. Bunday embrion shakli maydalanish davrida 
blastomerlar faqat parallel qatorda joylashganda hosil bo‘ladi, Plakula quruqlikda 
uchraydigan kam tukli halqali chuvalchanglarda uchraydi. 
Agar blastosel bo‘shlig‘i ham blastomerlar bilan to‘lgan bo‘lsa, buni 
embrionnnig morula davri deb ataladi. Embrionning morula davri tutning mevasini 
eslatadi. Shuning uchun morula lotincha monim - tut mevasi degan ma"noni 
bildiradi. Morulaning hosil bo‘lishi to‘g‘risida ikki xil fikr bor: 
1. Moruladan keyin blastula hosil bo‘ladi. Morula blastomerlarning tartibsiz 
yoki o‘ziga xos joylashishi hisoblanadi. 
2. Blastuladan keyin birorta blastomer blastosel bo‘shlig‘iga tushib qolsa, 
ular ko‘payib, blastosel bo‘shlig‘ini to‘ldirib qo‘yadi. 
Blastosel bo‘shlig‘idagi suyuqlikning fiziologik va morfologik ahamiyatini 
o‘rganish ham muhimdir. Chunki bu suyuqlik har xil hayvonlar embrionida har xil 
bo‘ladi jumladan, dengiz tipratikanida dildiroq, ba‘zi hayvonlarda harakatchan, suv 
hayvonlarida suvdan farq qiladi. 
Har xil hayvonlarning blastulalari ham bir-biridan farq qiladi. Blastulani 
tashkil ettivchi blastomerlar yopishqoq modda hosil qilib bir-biriga yopishib turadi. 
Ba‘zi hayvonlarda blastomerlarning sochilib kelmasligini blastula qobig‘i 
boshqaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin