Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Sinxron va asinxron maydalanish 
Ko‘pchilik hayvonlar tuxumida birinchi maydalanish sinxron, keyinchalik 
asinxron yo‘l bilan amalga oshadi. Sinxron va asinxron maydalanish bir-biridan 
hujayra katta-kichikligi, sitotomiya hususiyatlari va biokimyoviy jarayonlar bilan 
farq qiladi. Sinxron maydalanish tez, qisqa va bir xil sikldan iborat bo‘ladi. Bunda 
makromolekulalarning yangi sintezi, sitoplazma va yadro hajmining ortishi sodir 
bo‘lmaydi, ammo DNK replikasiyasi, ba‘zi gistonlar sintezi sodir bo‘ladi. Tuxum 
hujayradigi omillar tufayli DNK sintezi, xromosoma o‘zgarishi, sitotomiya sodir 
bo‘ladi. 
Sinxron maydalanishda G. VaG
,
fazalar sodir bo‘lmasligi tufayli hujayra 
sikli qisqargan, shuningdek, S faza va mitozning o‘zi ham qisqargan. Masalan, 


107 
dengiz tipratikani tuxumining sinxron maydalanishi 30-40 minut, S fazasi 15 
minut, aksolotlda 90 minut, hasharotlarda 10 minut, S faza 3,5 minut davom etadi. 
Sinxron maydalanishning bunday tez o‘tishiga sabab sitotomiyaning yo‘qligidir. 
Bunday yuqori tezlikning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 
1. Keyingi maydalanishga tayyorgarlik sifatida sodir bo‘ladigan sintez 
jarayonlarining va o‘sishning minimum darajaga tushib qolishi, G, va G, 
fazalarning reduksiyalanishi va S fazannig qisqarishi hisoblanadi. 
2. S fazaning qisqarish mexanizmi quydagicha amalga oshadi. Maydalanish 
jarayonda DNK sintezi hamma blastomerlarda bir vaqtda (sinxron) boshlanadi. 
Boshqa hujayralarda bunday holat kuzatilmaydi. Sinxron maydalaflishda 
transkiripsiya sodir bo‘lmaydi. 
Sintezlangan oqsildan yig‘ilgan molekulalar sitotomiya jarayonda muhim 
ahamiyatga ega. Maydalanishda sitotomiya aloxida morfogenetik ahamiyatga ega 
bo‘lib, maydalanish tipini belgilaydi. Sitotomiyada yangi blastomerlarning hosil 
bo‘lish fazasi va chegarasini belgilaydigan iplar hosil bo‘ladi. Birinchi fazasi 
mitozning anafaza va telofazasi, ikkinchi fazasi interfaza hisoblanadi. Hozirgi 
vaqtda sitotomiyaning ikkita turi - qisqaruvchi va o‘suvchi turlari ma‘lum. 
Birinchisi tuxumida sariqlik moddasi kam bo‘lgan (mollyuskalar, nina tanlilar) 
hayvonlarda 
uchraydi. 
Bularda 
blastomerlar 
o‘rtasida qisqaruvchi ip 
(mikroflament)lar bo‘linish dukchasi (sentriola) ta‘svirida hosil bo‘ladi va u 
avtonom holatda ishlaydi, yani blastomerlarning o‘saro aloqasini saqlab turadi. 
Qisqaruvchi sitotomiyadan keyin interfazada sintez davri boshlanadi. Sariqlik 
moddasi ko‘p bo‘lgan tuxumlarda mikroflamentar iplar sitotomiyali saqlab qola 
olmaydi va o‘suvchi sitotomiya sodir bo‘ladi. Bunda maydalanish egatchalari 
o‘sadi va ooplazmatik segregasiya yakunlanadi. Agar sun‘iy omillar ta‘sir 
ko‘rsatsa, maydalanish egatchalari tarmoqlanib, maydalanish jarayoni buziladi. 
Oligolesital tuxumlardan hosil bo‘lgan blastomerlar sitotomiyadan keyin 
ingichka ipchalar orqali birlashib turadi.Ma‘lim vaqtdan keyin birlashtiruvchi 
ipchalar yuzasi kengayadi va blastomerlar yanada bir-biriga yaqinlashadi. 
Shunday qilib, tuxumlarning ko‘pchilik tipida sitotomiyaning bu ikki turi 
almashib turadi. Bunday holatlar baliqlar va amfibiyalarda kuzatilgan. 
Asinxron maydalanishga o‘tishda hujayra bo‘linishining yuqorida aytilgan 
xususiyatlari yo‘qolishi lozim. Asinxron maydalanishda tuxumdan blastomerlar 
hosil bo‘lishi animal qutbdan vegetativ qutbga qarab maydalanish chizig‘i o‘tishi 
bilan kuzatiladi. 
Sinxron va asinxron maydalanish har xil hayvonlarda turlicha bo‘ladi. 
Jumladan, ninatanlilarda 7 marta, amfibiyalarda 4 marta sinxron maydalanish sodir 
bo‘ladi. Keyin 5-11-maydalanish asinxron, 11-maydalanishdan keyin sinxron va 
asinxron maydalanish navbatlashib turadi. Ba‘zi hayvonlar (yumaloq 
chuvalchanglar, mollyuskalar, sut emizuvchilar) da faqat asinxron maydalanish 
kuzaliladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin