103
bo‘linishi normal hayotiy jarayondir. Agar bo‘linishga regulyator boshqarish ta‘sir
etmasa, hamma hujayralar bir xil tezlikda bo‘linardi va hamma organlar bir xil
kattalikka ega bo‘lardi.
XX asrning 70-80-yillarida hujayraning bo‘linishini sekinlashtiruvchi keylon
(xeylon) moddasi topildi. Bu moddani har bir hujayra ishlab chiqaradi. Demak,
hujayralar soni kam bo‘lsa, keylon ham kam bo‘ladi, hujayralar tez bo‘linadi.
Hujayralar ko‘p bo‘lsa, keylon ko‘payib hujayra bo‘linishini sekinlashtiradi. G.
Tumanishvili (1968) fikricha, hujayrada 2 xil modda bor
1. Mitodik faollikni tormozlovchi yadro moddasi.
2. Mitodik faollikni oshiruvchi sitoplazma moddasi.
Bu gipotezalarning qaysi biri to‘g‘riligini bilish murakkab, ammo ulani o‘rganish
muhimdir. Nima uchun maydalanish yoki segmentasiya sodir bo‘ladi?
Maydalanishning biokimyoviy va biofizik mexanizmi qanday? Bu savollar
hujayraning bo‘linishi bilan maydalanish o‘rtasida bog‘lanish borligidan dalolat
beradi. Maydalanish davrida ham yadroda mitoz bo‘linish sodir bo‘ladi. Amitoz
embrionning keyingi bosqichlarida sodir bo‘ladi.
Mitoz bo‘linish orqali maydalanish yadro va sitoplazmada bir xil ketmaydi.
Masalan, amfibiyalarda maydalanish egatchalari paydo bo‘lganda yadro
profaza davrida bo‘ladi. Yadro hajmi oldin plazma hajmidan orqada qoladi. Bu
yadro-plazma holatning buzilishiga olib keladi. Bu
va boshqa holatlar oxirida
hujayra bo‘linadi.
Maydalanish egatchalari paydo bo‘lishi sabablari to‘g‘risida quyidagi
gipotezalar bor:
l. " Yulduzlar o‘sishi" to‘g‘risidagi gipoteza ko‘ra, mitoz bo‘linish tufayli
hosil bo‘lgan "yulduzlar" hujayraning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi va maydalanish
egatchasi hosil bo‘ladi.
2."Bo‘linish dukchasining cho‘zilishi" gipotezasi ham mitoz apparati
o‘zgarishiga asoslanadi. Yulduzlar hujayra chetlariga yopishadi, bo‘linish dukchasi
cho‘ziladi.
3."Amyobasimon harakat" gipotezasiga ko‘ra, har bir hujayrada yoki
blastomerda amyobasimon oyoqlar hosil bo‘lib, qarama-qarshi
tomonga tortiladi
va bo‘linishga (uzulishga) yordam beradi.
4."Qisqaruvchi halqa" gipotezasiga ko‘ra, tuxumning kortikal qismida
maxsus qalin joyi bo‘lib, u hujayraning yoki blastomerning bo‘linishiga yordam
beradi. Bu xuddi gantelga o‘xshab oldin cho‘zilishga, keyin bo‘linishga olib keladi.
5. D. M. Amold (1971) sakkizoyoq (osminog) embrioni ustida talriba
o‘tkazdi. Tuxumda 1-4 ta maydalanish ega terisi hosil bo‘lganda shisha igna bilan
uning asosidan bo‘laklarga ajratgan. Natijada egatchalar qisqargan yoki yo‘qolgan.
Uning fikricha, egatdan asosida to‘la bo‘lib, qisqarganda bu tolalar tortiladi.
6. "Kengaytiruvchi membrana" gipotezasini M.Svamm va l.Michison (1952-
1958) asoslaganlar. Ular tuxumning po‘sti kengayishi va tortilishi bo‘linishga olib
kelishiga katta e‘tibor berdilar.
7. A. I. Zotin (1962) maydalanish egatchalarining hosil bo‘lish mexanizmi
haqida qiziqarli gipoteza yaratgan.Tuxumning ustki qismi mexanik ta‘sirot tufayli
104
qisqarishi va qo‘zg‘alishi mumkin. Ta‘sirlagich tuxumning uchki devori (diastema)
hisoblanadi. Bu holat bo‘linishga yordam beradi.
S. Sonders (1974) amfibiyalar tuxumning
maydalanish mexanizmiga oid
qiziqarli ma‘lumotlar oldi. Tuxumning ustidagi egatlar sitoplazmaning
mikrofilament qatlami qisqarishi natijada hosil bo‘ladi. odatda blastomer
chegarasidagi animal qutbning kichik teshigidan ustki membranaga golji apparati
hosil qilgan mikroxaltacha keladi. Xaltaning suyuqligi to‘kilib, blastomerlar
membranasini bir-biriga yopishtiradi. Bu embrion uchki muhiti hosil bo‘lishining
boshlanishidir. Maydalanish jarayonda ATF ham muhim
ahamiyatga ega ekanligi
bu gipotezalar asosini tashkil etadi.
Shunday qilib, maydalanish mikrofilament va sitoskeletning qayta qurilishi
va sitoplazmaning sintetik hamda ekskretor faoliyati tufayli ustki membranada
o‘zgarish sodir bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: