91
davrida o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi, ammo postembrional taraqqiyot davrida har
xil o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Embrionalizm ona organizmining homiladorlik
paytidagi ovqatlanishiga bog‘liq.
Chorvachilikda embrionning paydo bo‘lish vaqtini aniqlash, homilador
hayvonlarga beriladigan ovqatnnig tarkibi va
muddatlarini bilish muhim
ahamiyatga ega. Kuchli ovqat gavda qismlarining yaxshi rivojlanishiga yordam
bersa, yomon ovqat embrioiming o‘sishini sekinlashtiradi.
Ovqatning sifat va miqdorini yaxshilash uchun gormonlar, vitaminlar va
boshqa biologik faol moddalardan foydalanish orqali
embrion rivojlanishni
samarali boshqarish mimkin. Qo‘ylar ustida olib borilgan tajribalar shuni
ko‘rsatdiki, ularnnig homiladorligi 90 kunga borganda ovqatining sifatini
yaxshilash zarur. Agar embrion bittadan ko‘p bo‘lsa, bu ishni oldinroq boshlash
lozim.
Embrion rivojlanishi uchun harorat muhim ahamiyatga ega. Baqasimon
baliqlar rivojlanayotgan suvning harorati 7-26
0
S, oq baqa va belugada 7-17
O
S,
cho‘rtan baliqda 6-21
O
S, ba‘zi amfibiyalarda 8,6-36°S bo‘lishi kerak.
Sudralib yuruvchilar tuxumining rivojlanishi uchun 22-35°S harorat bo‘lishi
kerak. Ignatanlilar tuximini normal rivojlanishi uchim 30°S harorat zarur. Agar
harorat 6-10° S gacha pasayib ketsa, embrion halok bo‘ladi. Toshbaqa tuxumining
taraqqiyoti uchun harorat kechasi 18-20
0
S, kitnduzi 27-30°S bo‘lishi kerak.
Timsohlar tuxumnining rivojlanishi uchun 32°S eng qulay bo‘lib, 26°S dan past va
38°S
dan
yuqori haroratda tuxumlar halokatga uchraydi.
Qushlar embrioni haroratning keskin o‘zgaruvchanligiga chidamaydi.
lekin
ba‘zi qushlar taraqqiyoti past va yuqori harakatda ham o‘taveradi. Jumladan, go‘ng
qarg‘a 24-34° S, ikki 37,5-38,5° S da rivojlanadi. Imperator pingvini 60-70
O
S
sovuqda tuxum qo‘yib jo‘ja ochadi.
Qushlar rivojlanishning boshlanishida diapauza sodir bo‘ladi, ya‘ni
blastodermik pufakcha davrida rivojlanish sekinlashadi. Bu jarayon muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, qushlar hamma tuxumini
qo’yib
bo‘lgandari keyin uning
ustiga o‘tiradi, ya‘ni bosadi. Yangi qo‘yilgan tuxum unig‘langan bo‘lsa, u
blastodermik pufakcha davrigacha rivojlangan bo‘ladi.
Rivojlanish davom etishi
uchun tashqariga
qo’yilgan
tuxumga
ooa
gavdasinnig issiqligi zarur.
Shuning uchun tashqariga qo‘yilgan tuxumning ustiga qush o‘tirmaguncha
rivojlanish nihoyatda sekinlashgan bo‘ladi. Bu jarayon diapauza deyiladi.
Dostları ilə paylaş: