87
43-rasm. Dengiz tipratikanining urug‘lanmagan (A) va urug‘langan (B)
tuxumi tizilishining saxemasi (J.Runstrem, 1952 bo‘yicha).
1-urug‘lanish qobig‘i; 2-sariqlik qobig‘i; 3-granulali qavat; 4-pigmentli
granula qavati; 5-ichki
protoplazmatik qavat; 6-sariqlik (endoplazma); 7-
ekstragranulali zona; 8-tuxum sitoplazmasining tashqi yuzasi; 9-perivitellinli
bo‘shliq.
Bu jarayon spermatozoid tuxum ichiga kirgandan keyin 2 minut ichida sodir
bo‘ladi. Urug‘lanish qobig‘i boshqa spermatozoidning tuxum ichiga kirishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Kortikal granulaning urug‘lanish po‘stiga qatnashmagan qismi bir qator
bo‘lib teriladi va yupqa granulli membrana hosil qiladi. Urug‘lanish po‘sti
sitoplazma chetidan ajraladi va uning o‘rnini perivitellinli bo‘shliq deyiladi va u
suyuqlik bilan to‘ladi. Urug‘lanishdan keyin boshqa spermatozoidlar urug‘lanish
po‘stidan ichkariga kira olmaydi.
Spermatozoidning tuxumga kirgan joyi bo‘rtib chiqadi. Bu joy urug‘lanish
bo‘rtig‘ deyiladi. Spermatozoid tuxumga kirgandan keyin dumi, mitoxondriyasi va
boshqa organoidlari yo‘qoladi. Har ikkala jinsiy hujayraning yadrolari shishadi va
markazga keladi. Yadro po‘sti erib ketadi va ikkala yadro bir-biri bilan qo‘shiladi.
Bu hodisa singamiya deyiladi. Shu bilan urug‘lanish tugaydi. Tuxum urug‘lanishi
bilan unda quyidagi biokimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi:
1. O. Varburg (1908) aniqlashicha,
dengiz kirpisi, assidiya, halqali
chuvalchanglar tuxumi urug‘lanishi bilan kislorod ko‘p sarflanadi, mollyuskalarda
kislorod sarfi (nafas olish) pasayadi.
2.
Urug‘lanishdan 10 minut o‘tgandan keyin uglevod almashinuvi
kuchayadi.
88
3. Tezda erkiri aminokislotalar ko‘payadi, bu dissimilyasiya jarayoni natijasi
bo‘lsa kerak.
4. Fosfat, kaliy va kalsiy almashinuvi kuchayadi. 5. Proteolitik fermentlar
faolligi oshadi. 6. Tuxum po‘stinnig o‘zgaruvchanligi oshadi.
7. Tuxum hamma
muhim moddalarni - oqsillar, nuklein kislotalarni
sintezlaydi.
Tashqi urug‘lanishda (baliqlar, amfibiyalar) tashqi muhit omillari katta
ahamiyatga ega.
Ba‘zi tuzlar- NaCl, KCl, CaCl
3
, MgCI
2
va gidroksil ioni urug‘lanish uchun zarur
bo‘lgan sharoit yaratadi. Kislotali muhitda urug‘lanish sodir bo‘lmaydi. Kuchli
ishqoriy muhitda jinsiy hujayralar qo‘shilsa ham, zigota rivojlanmaydi. Ba‘zan
tuxumdondan bir vaqtda bir necha tuxum hujayra yetilib chiqadi. Ko‘p tug‘adigan
hayvonlarning tuxumdonidan follikulalar ko‘p yetiladi va shuncha tuxum hujayra
yetiladi.
Spermatozoidlar urug‘lanish joyiga, ya‘ni tuxum yo‘llariga
qisqa vaqtda
yetib boradi. Jumladan, sichqonlarda 15 minutda, quyonlar va odamlarda 3 soatda
yetib boradi.
Urug‘lanish jarayoni juda tez bo‘lib o‘tadi. Masalan, gidralarda 10 sekundda
urug‘lanish tugaydi.
Spermatozoid tuxum ichiga kirganda ularning sitoplazmasi qo‘shilib ketadi va
yadrolari bir-biriga yaqinlashadi. Spermatozoidning yadro membranasi yo‘qolib,
xromosomalari sitoplazmaga tarqaladi. Bo‘linish dukchasi hosil bo‘lib, uning ikki
tomonida tuxum va spermatozoid xromosomalari teriladi. Shuning bilan
urug‘langan tuxum hujayra yoki zigota rivojlanishining keyingi bosqichiga, ya‘ni
maydalanishga tayyor bo‘ladi. Tuxumning urug‘lanishidan va faollashuvidan
maydalanishigacha 4 ta asosiy bosqich bo‘lib o‘tadi:
1. Meyozning tugashi-yadronnig membranasi yo‘qoladi va tuxum yadrosi
meyozni tugatadi.
2. Tuxum po‘stida urug‘lanish do‘ngchasi hosil bo‘lib, spermatozoidni o‘rab
oladi va u qisqarib, spermatozoidni ichkariga tortadi. Bu paytda spermatozoidning
akrosomasi tuxum po‘stidagi mikropile teshigning
oqsilli tiqinini eritib, ichiga
kirib oladi.
3. Spermatozoidlarga to‘sqinlik qilish. Deyarli hamma hayvonlarning
tuxumiga bitta spermatozoid kirgandan keyin tuxumda urug‘lanish qobig‘i hosil
bo‘lib, boshqa spermatozoidning kirishiga to‘sqinlik qiladi.
4. Urug‘langan tuxumning shakllanishi. Unig‘langandan keyin tuxum
yumaloq shaklga kiradi. Tuxum membranasi tuzlarni va boshqa
kerakli moddalarni
o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi.
Ooplazmatik segregasiya. Urug‘lanishdan keyin tuxum hujayraning har xil
qismni har xil bo‘laklarga bo‘ladigan jarayon ooplazmatik segregasiya deb ataladi.
Bu jarayon urug‘lanishdan keyin embrional rivojlanish uchun muhim ahamiyatga
ega. Segregasiya ba‘zi hayvonlarda maydalanish gacha, ba‘zi hayvonlarda esa
maydalanish davrida ham davom etadi.
Ba‘zi kovakichlilarda segregasiya ooplazmaning tashqi va ichki qavatlarga
ajralishi bilan yakunlanadi. Qorinoyoqli mollyuskalarda
segregasiya maydalanish
89
jarayonda sodir bo‘ladi. Assidiyalarda segregasiya tufayli vegetativ qutbdagi
sitoplazmada sariqlik va mitoxondriya ko‘p to‘planadi, animal qutbdagi sitoplazma
tiniq bo‘lib, sariqlik bo‘lmaydi. Ana shu moddalar keyinchalik embrion hujayralari
tarkibiga kiradi. Jumladan, ekvatordagi sariq o‘roqdan mezoderma, qo‘ng‘ir
o‘roqdan xorda, vegetativ qutbdagi sitoplazmadan entoderma, aurmal qutbdagi
sitoplazmadan ektoderma hosil bo‘ladi (44-rasm).
Shunday qilib, segregasiya
jarayoni embrional rivojlanish, ayinqsa, uning qismlari hosil bo‘lishi uchun muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: