Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Mono va polispermiya hodisalari
. Tuxum hujayraning urug‘lanish uchun 
bitta spermatozoid kerak bo‘ladi. Urug‘lanishdan keyin ikkala jinsiy hujayralarning 
yadrolari qo‘shiladi va bitta organzin taraqqiy eta boshlaydi. Bu hodisa 
monospermiya deb ataladi. Ammo 1890 yilda S. Ryukkart kaptarning bitta tuxum 
hujayrasiga 15-25 tagacha spermatozoid kirganligini aniqlagan. Bu hodisa 
polisperniya deyiladi. Agar tuxum hujayraga ortiqcha spermatozoid kirsa, 
rivojlanish buziladi. Boshqa spermatozoidlarning sentriolasi maydalanish 
markazini belgilaydi va birdaniga bir necha blastomerlar hosil bo‘lib embrion 
yashovchanligini buzadi. A. S. Ginzburg (1963) ma‘lumotiga ko‘ra, tuxum bitta 
spermatozoid bilan urug‘langandan keyin "to‘siq" hosil bo‘ladi va "urug‘lanish 
qobig‘i" shakllanadi. 
Ammo ba‘zi hayvonlarda polispermiya qpnuniyat holatida uchraydi, 
Masalan, 
hasharotlar, 
o‘rgimchaksimonlar, 
qorinoyoqli 
mollyuskalar, 
akulasimonlar, ximerasimon baliqlar, dumli amfibiyalar, repteliyalar, qushlarda 
bitta tuxum hujayra bir necha spermatozoid bilan urug‘lanadi. 
Jinsiy hujayralarning o’saro ta’siri 
 
Tuxum hujayradan ajraladigan moddalar spermatozoidga ta‘sir etishi va uni 
o‘ziga jalb qilishi ancha oldindan ma‘lum. F. R. Lilli (1912-1921) aniqlashicha, 
dengiz tipratikanining suvga tushgan tuxumi ("tuxumli suv") spermatozoidning 
harakatuni tezlashtiradi. Bu modda erkak (sames)ning o‘ziga ham ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi. "Tuxumli suv" dengiz yulduzi, mollyuskalar, to‘garak og‘izlilar, 
baliqlar va amribiyalarda ham aniqlangan. 
Tuxum hujayradagi urug‘lanishga yordam beradigan moddani Lilli (1919) 
fertilizin deb atadi. Bu modda tuxumnnig ustida, po‘stida bo‘ladi va gtikoprotein 
yoki mukopolisaxariddan tuzilgan bo‘lib, ular ham har xil hayvonlarda har xil 


84 
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, fertilizin ham har xil tuxumda har xil bo‘ladi. Uning 
molekulyar massasi 300.000 ga teng. 
Spermatozoid sitoplazmasi ustida antifertilizin nioddasi uchraydi. A. Tayler 
(1958) fikricha, bu modda fertilizinga antigen-antitelo hisoblanadi va qulfga kalit 
to‘g‘ri kelgandek, bir tur hayvonlarda bir-biriga to‘g‘ri keladi, boshqa turlarning 
jinsiy hujayralariga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham tabiatda har xil tur 
hayvonlaning jinsiy hujayralari o‘saro qo‘shilavermaydi. Fertilizin ba‘zi 
hayvonlarning tuxumida bo‘lmaydi va ular bemalol urug‘lanadi. Bu moddalarni M 
Gartman (1940) gamonlar yoki gametalar gormoni deb atadi. Tuxum hujayra 
gormonni ginogamon, spermatozoid gormonim atidrogamon deb atadi. Tuxum 
hujayradagi ginogamon - 1 spermatozoidni faollashtiradi, ginogamon - 2 yoki 
fertilizin jinsiy hujayralarni o‘saro qolshiltiradi. Spermatozoiddagi androgamon - 1 
hujayraning harakatiiu sekinlashtiradi, androgaraon - 2 tuxura polstnii eritadi. 
I.I.Sokolovskaya (1947) quyonlar kam (1000 ta) yoki ko‘p (100.000 ta) 
spermatozoid ishlab chiqarsa, urug‘lanish sodir bo‘lmasligini kuzatgan. 
Umuman, urug‘lanishda ishtirok etadigan moddalarni 3 guruhga bo‘lish 
mumkin: 
1. Gamonlar - spermatozoid harakatchanligini oshiruvchi moddalar; ular har 
bir turda o‘ziga xos bo‘ladi. 
2, Gtikoproteinlar - jinsiy hujayralar aloqasini o‘rnatuvchi moddalar. 
3. Lizinlar - tiixum po‘stini erituvchi moddalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin