83
Naslsizlik ustida ish olib borgan olimlarning aniqlashicha, unig‘lanish
normal o‘tishi uchun jinsiy hujayralar to‘liq yetilgan bo‘lishi kerak. Bundan
tashqari, spermatozoidlarning soni yuqorida ko‘rsatilgan sonda bo‘lishi kerak.
Chunki ana shunday ko‘p sondagi spermatozoidlarning juda oz qismi
urug‘lanadigan joygacha, ya‘ni tnxum yo‘ligacha yetib boradi. Masalan,
quyonlarda 250-500, odamlarda 700-900 ta spermatozoid tuxum yo‘rlarigacha
yetib boradi.
Ichki urug‘lanadigan hayvonlarga nisbalan tashqi urug‘lanish sodir
bo‘ladigan hayvonlarda spermatozoid ko‘proq yetishib chiqadi. Bu esa jinsiy
hujayralarning o‘saro uchrashish imkomyatini oshiradi.
Urug‘lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bosqichdan iborat: 1) gametalarning
yaqinlashishi; 2) tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiya. Tuban
organizmlarda erkaklik va urug‘chilik jinsiy hujayralar deyarli bir xil kattalikda
bo‘ladi va ular izogametalar deyiladi. Bu gametalar genetik va sitoplazma tuzilishi
jihatdan bir xil bo‘ladi. Bunday gametalar qo‘shilishi urug‘lanish emas, balki
kopulyasiya deyiladi. Kopulyasiya lotincha kopulyasio - qo‘shilish degan ma‘noni
bildiradi,
Dostları ilə paylaş: