80
ikkita hujayraga bo‘linadi. Uning biri kichik hujayra bo‘lib, ikkinchi yo‘naltiruvchi
tanacha yoki qutbli tanacha deb ataladi. Ikkinchisi katta hujayra bo‘lib, unt ovosit
deb ataladi. Bu hujayrada xromosomalar soni gaploid to‘plamda bo‘ladi. Hosil
bo‘lgan 3 ta kichik hujayra yadrodagi xromosomalar sonini kamaytirishda muhim
ahamiyatga ega. Hosil bo‘lgan ikkinchi tartibli ovosit
yetilgan tuxum hujayra
hisoblanadi.
Tuxum hujayraning rivojlanishi davrida spermatozoidnikidek shakllanish
davrini ajratib bo‘lmaydi. Chunki yetilgan tuxum hujayra urug‘lanishga tayyor
holda bo‘ladi. Buni birinchi tartibli ovosit hosil bo‘lganda
unda sariqlik
moddasining to‘planishi va tuxum po‘stining hosil bo‘lishidan ham bilish mumkin.
Ba‘zi hayvonlar tuxumining birlamchi po‘sti ovositning o‘sishi
tugallanmasdan hosil bo‘ladi va qalinlashib ketadi. Birlamchi va ikkilamchi
po‘stlar tuxum rivojlanishi tugamasdan hosil bo‘lsa, har ikkalasida ham
spermatozoid kiradigan mikropile teshikchalari hosil bo‘ladi. Tuxum po‘stning
hosil bo‘lishi ovogenez jarayonning tugallanishi hisoblanadi. Spermatogenez bilan
ovogenez taqqoslansa, spermatozoidning ko‘proq hosil bo‘lishini ta‘kidlash kerak.
Tuxum hujayra esa bitta yoki bir necha hosil bo‘lishi mumkin.
Buning sababi,
tuxum hujayraning taraqqiyoti ancha uzoqroq davom etadigan jarayondir.
Dostları ilə paylaş: