75
3.Yetilish davrida birinchi tartibli spermatositlar ikki marta meyoz yo‘li
bilan bo‘linadi.Burinchi bo‘linishdan keyin hosil bo‘lgan ikkinchi tartibli
spermatositlarda xromosomalar juft bo‘lib joylashadi.
Masalan, odamda bo‘linish oldidan 92 ta xromosoma bo‘lsa, bo‘linishdan
keyin 46 ta bo‘ladi. Bu bo‘linish reduksion bo‘linish yoki reduksion meyoz deb
ataladi. Bu yerda 92 ta xromosoma yangi hujayralarga teng taqsimlanib, 46 taga
tushib qoladi.
Etilishning ikkinchi bo‘linishida ikkinchi tartibli spermatositlardagi juft
xromosomalar yangi hosil bo‘ladigan hujayralarga teng bo‘linadi. Masalan,
odamda 46 ta xromosoma 2 ta hujayraga 23 tadan bo‘linadi va xromosoma
to‘plami diploiddan gaploidga aylanadi.Bu ikkinchi bo‘linish ekvasion meyoz deb
ataladi (ekvasion teng degan ma‘noni bildiradi), chunki diploid xromosoma teng
bo‘linib gaploid xromosomaga aylanadi. Hosil bo‘lgan hujayra spermatida deb
ataladi. Shunday qilib, 1 ta birinchi tartibli spermatositdan 4 ta spermatozoid hosil
bo‘ladi. Demak, meyoz 2 ta bosqichdan iborat: 1) reduksion meyoz; 2) ekvasion
meyoz.
Bu bosqichlar almashib kelishi ham mumkin. Ana shu bosqichlar davrida
xromosoma to‘plami 2 marta oshmaydi, balki kamayadi. Natijada uning to‘plami
diploiddan gaploidga aylanadi.Mitoz bilan meyozning biologik farqlaridan biri
ham ana shundadir. Bu jarayon faqat jinsiy hujayralarga xosdir.
4. Shakllanish davrida spermatidalar spermatozoidlarga aylanadi. Bu davr
spermiogenez deb ham ataladi.
Spermatidalar yumaloq shaklda bo‘lib, unda hujayraning hamma
organoidlari mavjud bo‘ladi. Shakllanish davriga kelib spermatidaning yadrosi bir
oz oldinga ko‘chadi, yadro shirasi quyuqlashadi va shu joyi spermatozoidning
boshchasiga aylanib qoladi (37-rasm).
Hujayra markazi yadroning ko‘chishi tufayli o‘zi joylashgan joydan ko‘chib
(siljib) joylashadi. Ulardan biri ikkinchisiga nisbatan yadrodan uzoqda joylashib
qoladi. Natijada ulaning biridan spermatozoid dumining xivchini hosil bo‘ladi.
Ikkala sentriolaning o‘rtasidagi sitoplazmadan spermatozoidning bo‘yin hosil
bo‘ladi. Sentriolalar bilan yonma-yon joylashgan golji apparati hujayraning oldingi
qismiga o‘tadi va akrosoma hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Akrosoma
spermatozoidning tuxum hujayraga kirishiga yo‘l ochadi. Sitoplazma butun
spermatozoidga tarqaladi, oxirida bir oz qismi dumda qoladi, qolgani esa
tashqariga chiqib ketadi, yadro quyuqlashadi. Natijada nisbatan qattiqroq hujayra -
spermatozoid hosil bo‘ladi. Spermatozoidlar shaklining bir-biridan farq qilishi ham
ana shu davrdagi jarayonlarga bog‘liqdir. Shunday qilib, spermatidalar
spermatozoidlarga aylanadi. Spermatozoidlarning hosil bo‘lishi ularning
urug‘lanish jarayoniga tayyorlanishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: