Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Birlamchi qobiqlar
. Bu qobiq oosit ishlab chiqargan sekretlardan hosil 
bo‘ladi va sariqlik qobig‘i, yoki urug‘lanish qobig‘i deb ataladi. Bu qobiq yupqa, 
tiniq, mustahkam bo‘lib, tuxumga zich yopishib turadi. Sariqlik qobig‘i, oositning 


72 
katta o‘sishi davrida hosil bo‘ladi. Bu davrda oositga oziq moddalar ko‘plab 
to‘planadi. 
Ikkilamchi qobiq xorion deb ataladi. Bu qobiq tuxumdondagi follikulyar 
epiteliy hujayralardan, yoki ularning ishlab chiqargan sekresiyasidan ovulyasiya 
davrida hosil bo‘ladi. Hasharotlarda xorion xitinsimon mustahkam va qalin bo‘ladi. 
Xorion ustidagi o‘simtalar tuxumning o‘simliklarga va toshlarga yopishishiga 
yordam beradi. 
Uchlamchi qobiq po‘choq, po‘choq osti qobiqlaridan iborat bo‘lib, tuzilishi, 
kimyoviy tarkibi va ahamiyatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Bu qobiq tuxum hujayra 
tuxum yo‘lidan o‘tayotgan paytda, tuxum yo‘li bezlari ishlab chiqargan 
sekretlardan hosil bo‘ladi. Bu qobiqqa misol qilib tuxum qo‘yuvchi mollyuskalar, 
amfibiyalar tuxumining yaltiroq po‘sti, qushlar tuxumning po‘chog‘i va po‘choq 
osti qobig‘ni ko‘rsatishi mumkin. Ba‘zi chuvalchanglarda, mollyuskalarda, 
o‘rgimchaklarda ikkilamchi qobiq, bir necha tuxunmi o‘rab oladi va pilla hosil 
qiladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, oqsil, pergament va oqsilsimon moddalardan 
iborat. 
Tuxum qobig’ining himoyaviy ahamiyati
. Urug‘langan tuxum qobig‘i 
embrion va tashqi muhit o‘rtasidagi to‘siq bo‘lib, katta ahamiyatga ega. Birinchi 
navbatda, tuxum qobig‘i embrionning steril sharoitda o‘sishini ta‘minlaydi. 
Qushlar va sudralib yuruvchilar tuxumi qobig‘ining shakl hosil bo‘lishidagi 
ahamiyati ko‘pIab tadqiqotlarda isbotlangan. Ma‘lumki, tovuqlar tuxumining 
po‘chog‘i va po‘choq osti qobig‘i bakleriyalar va zamburig‘larni ichkariga 
o‘tkazadi. Shuning bilan birgalikda oqsil qavat bakferisid xususiyatga ega. 1922 
yilda A.Fleming tovuq tuxumidagi bakterisid moddani lizosim deb atashni taklif 
etgan. Shuningdek, tuxum fungisid xususiyatga ham ega. 
N.A.Movchan (1964) aniqlashicha, toshbaqaning tuxumidagi oqsil 
bakterisid va fungisid xususiyatiga ega. Shunga ko‘ra, tuxumning po‘sti ham 
murakkab tuzilishga ega. Ba‘zi parazit hasharotlarning tuxumida qo‘shimcha 
qavatlar taraqqiy etgan. Ularning vazifasi xo‘layin organzmidan oziq moddalarni 
o‘tkazish, xo‘layin organizmidagi immunologik reaksiyalardan embrionni himoya 
qilishdan iborat. Elektron mikroskop orqali aniqlanishicha, tuxum po‘stida havo 
kiradigan 
aeropile 
teshikchalari, 
suv kiradigan gidropile teshikchalari, 
spermatozoid 
kiradigan 
mikropile 
teshikchalari 
bor. 
Bu 
teshikchalar 
multifunksional xususiyatga ham ega bo‘lib, bir qancha vazifalarni bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin