Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Spermatozoidning tuzillshi
. Spermatozoid grekcha"sperma" -urug‘, zoon - 
hayvon, eidos - tur, degan ma‘noni bildiradi. 1677 yilda Gamm va A. levenguk sut 
emizuvchilarning erkaklik jinsiy hujayrasini mikroskopda ko‘rdilar. 1827 yilda K. 
M. Ber spermatozoid terminini birinchi marta fanga kiritdi. 
Spermatozoidning shakli turli hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, sut 
emizuvchilarda qamchisimon, yumaloq chuvalchanglarda, qisqichbaqasimonlarda 
va boshqa hayvonlarda pufaksimon bo‘ladi. Ba‘zi hayvonlarda spermatozoid yana 
boshqa shakllarda ham bo‘lishi mumkin (31 -rasm). Spermatozoid baicha 
hujayralar kabi membrana, sitoplazma, yadro va boshqa hujayra organoidlaridan 
iborat. Uning shakli turlicha bo‘lsa ham, barcha hayvonlarda bir xil tuzilgan bo‘lib, 
bosh, bo‘yin, o‘rta va dum qismlardan iborat (32-rasm). Bosh qismi 
spermatozoidning oldingi qismi bo‘lib, boshqa qismlardan yo‘g‘on bo‘ladi. Bu 
qism yadro va uni o‘rab turgan sitoplazmadan iborat. 
Boshning oldingi tomonida akrosoma (grekcha aeron - ustki, soma -tana) 
joylashgan. Akrosoma golji apparatining o‘zgarishidan kelib chiqqan bo‘lib, pufak 
shaklida bo‘ladi va unda urug‘lanish davrida tuxum hujayraning mikropile 
teshigidagi oqsilli tiqinni eritib yuboradigan graluronidaza fermentini saqlaydi. 
Bo‘yin qismida, yadroning orqa qutbida proksimal sentriola joylashgan. 
Urug‘lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraning ichiga kiradi va 
unig‘langan tuxum hujayraning, yoki zigotaning bo‘linishida ishtirok etadi. 
Yadrodan bir muncha uzoqda joylashgan distal sentriola ikki bo‘lakdan iborat 


67 
bo‘lib, uning tayoqchasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan birinchi bo‘lagi bo‘yin 
chegarasini hosil qiladi va undan spermatozoidning o‘rta yoki tana qismi orqa 
dumiga o‘tuvchi o‘q ip boshlanadi. Ana shu sentriolalar spermatozoid yadrosining 
boshiga surilib, boshqa qismlariga nisbatan katta bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. 
O‘rta yoki tana qismi distal sentriolaning tayoqchasimon va halqasimon 
bo‘laklarining o‘rtasida joylashgan. Bundagi o‘q, ip atrofida spiral holatda ko‘plab 
mitoxondriyalar joylashgan bo‘lib, unda gtikogen, fosfatlar, ko‘p miqdorda ATF 
saqlanadi.
31-rasm. Xivchinli (A-D) va xivchinsiz (e) spermatozoidlar (K.G.Gazaryan, 
LV.Belousov, 1983 bo‘yicha). 
A-jabralar; b-dengiz tipratikani; V-baliq (Tetrodon avlodi) G-dengiz cho‘chqasi; 
D-opossum; ye-daryo qisqichbaqasi spermatazoidlari. 
Bu esa tana qism spermatozoidni energiya bilan ta‘minlab turishidan dalolat 
beradi. 
Dum qismi asosiy va oxirgi bo‘laklardan iborat. Dumning asosiy qismi 
faqatgina o‘q iplardan va ularni o‘rab turgan adenozintrifosfat azafermentini 
tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyadagi ATF ni parchalaydi 
va shu yo‘l bilan energiya ajralishini ta‘minIaydi.O‘q iplar 10 juft 
mikronaychalardan iborat bo‘lib, 

jufti periferiyada, 1 jufti markazda joylashgan. 
Dumning oxirgi bo‘limi juda inguchka o‘q ip-xivchindan iborat bo‘lib, 
tashqi tomondan plazmolemma bilan o‘ralgan. Dumning asosiy vazifasi 
spermatozoidning harakatini ta‘minlashdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin