Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Bachadonning yoshga qarab o’zgarishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Bachadonning yoshga qarab o’zgarishi
. Yangi tug‘ilgan qiz bola 
bachadoni kalta, qalpoqli zaniburug‘ shaklida bo‘lib, bo‘yin qismiga nisbatan 
tanasi 3:1 nisbatda kalta bo‘ladi. 1 yoshda 3 sm keladi va keyingi 10 yilda kam 
o‘zgaradi. 
Pubertat davrida bachadon va uning bezlari tez o‘sadi Yangi tug‘ilgan qiz 
bola bachadonida muskul to‘qimasi, 10-12 yosdda biriktiruvchi to‘qima yaxshi 
taraqqiy etadi. Bachadonning faol funksional faoliyati 40-45 yoshgacha davom 
etadi. Shundan keyin bachadonda atrofik va distrofik o‘zgarishlar boshlanadi. 
Qin
. Qin 8-10 sm uzunlikdagi nay bo‘lib, yuqori qismi bachadonning bo‘yin 
qismiga, pastki qismi esa uning dahliziga ochiladi. Qin devori shilliq, muskul va 
uchki qavatlardan iborat. Shilliq parda ko‘p qavatli epiteliydan iborat bo‘lib, 
qalinligi 150-200 mkm ga yetadi. Qinda doimiy yashaydigan mikroblar ta‘svirida 
gtikogenning parchalanishi, sut kislotaning hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuning 
uchun ham qinning shilliq qavati kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi. Kislotali reaksiya 
tufayli qinning shilliq qavati bakteriosid xususiyatga ega. Bu esa qinda 
mikroorganizmlaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Muskul qavat kam 
rivojlangan uchki sirkulyar qavat va oralarida elastik tolalarga boy bo‘lgan 


64 
biriktiruvchi to‘qirna qatlamlari bo‘lgan bo‘ylama muskul tutamlari bo‘ladi. 
Qinning boshlanish qismida aylana yo‘nalgan ko‘ndalang targ‘il muskul tolalari 
bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qima qinni boshqa organlar bilan biriktirib turadi. 
Qinning shilliq pardasi, bachadon shilliq pardasi kabi davriy o‘zgarishlarga 
uchraydi. Menstruasiya davrida yuza qavat epiteliysi tushib ketadi. Keyin bazal 
qavatda proliferasiya jarayoni boshlanib, qin epiteliysi yana qalinlashadi. 
Keyinchalik ikkala qavat ham takomillashadi va 2-3 qavatdan iborat furiksional 
qavat menstruasiya oldi davrida 155 mkm gacha qalinlashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin