Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Gametogenez jarayonining gormonal



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Gametogenez jarayonining gormonal 
boshqarilishi 
 
Jinsiy hujayralarning yetishib chiqishi, birinchidan, nerv yo‘li bilan
boshqarilsa, ikkinchidan, gormonal yo‘l bilan boshqariladi. 
Urug’chilik jinsiy siklning gonnonal boshqarilishi. 
Gormonlar jinsiy 
siklni koordinasiyalovchi, murakkab omil hisoblanadi. Ko‘payish jarayonda 
gormonlarning ahamiyatiga oid dastlabki ma‘lumotlar 1920-1940 yillarda olindi va 
gipofiz bilan jinsiy organlar gormonlarining aloqasi aniqlandi. 
Gipofizning fimksiyasi bosh miyaning gipotalamus qismi bilan boshqariladi-
Gipotalamus ishlab chiqargan gonadoliberin gonmonlar, gipofiz oldingi qismining 
gormon ishlab chiqarishini tezlashtiradi. 
Qo‘ylarda ovulyasiya jarayonini tezlashtiruvchi gormonlar ishlab 
chiqarilishi, asta-sekinlik bilan kunduzning qisqarishi, ya‘ni kuz kelishi bilan 
tezlashsa, quyonlarda qo‘shilish jarayoni ovulyasiyani tezlashtiradigan 
gormonlarni ko‘proq ishlab chiqarilishiga olib keladi. Ba‘zi organizmlarda 
o‘pishish bu jarayonni tezlashtiradi Bu omillar gipotalamus orqali, glpofizga ta‘sir 
etadi. 
Tuxumdon siklik ravishda estrogen (follikula ishlab chiqaradigan), 
progesteron (follikulalar olmida hosil bo‘lgan sariq tana bezi ishlanib 
chiqaradigan) gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu gormonlar navbat bilan ishlab 
chiqariladi va ta‘sir etadi. 
Gipofizning oldingi qismi ikkita gonadotrop gormon - lyuteinlovchi, yoki 
lyutein gormon (LG) va follkulani stimullovchi gormon (FSG) -follitropin ishlab 
chiqaradi.Gipofizning uchinchi gormoni prolaktin, yoki lyuteotrop gonnon (LTG) 
bo‘lib, u har xil jarayonlarni, jumladan, sut hosil bo‘lishini boshqaradi (30-rasm). 
Normal jinsiy siklda tuxumdonda follitropin ta‘svirida bir guruh follikulalar 
yetila boshlaydi va ular estrogen (estradiol, estrol va estriol) gormonini ishlab 
chiqaradi. Shu follikulalarning bittasi ko‘proq estrogen ishlab chiqaradi va saqlanib 
qoladi, boshqalari esa degenerasiyaga uchraydi. Bu saqlanib qolgan follikula 
preovulyar follikula deb ataladi. Estrogen gormonini follikulaning yettishiga 
yorfam bergani uchun fo‘tikulin gonnoni ham deyiladi. 


65 
30-rasm. Odam reproduktiv siklining asosiy hodisalarini boshqaruvchi 
gipofiz va tuxumdon gormonlari o‘rtasida aloqa (B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 
Estrogenning qonda ko‘payishi gipotalamo-gipofizar sistemaga ta‘sir etib, 
bir sutka davomida liberin gormoni ta‘svirida follitropin va lyutein gormonlari 
ko‘payadi. Shundan keyin 24 soat ichida ovuryasiya sodir bo‘ladi. Ovulyasiyadan 
keyin follikulaning epiteliy hujayralari lyutein gormoni ta‘svirida, sariq tana bezini 
hosil qiladi. Sariq tana bezi progesteron gormonini ishlab chiqaradi va uning 
miqdori oshib, lyutein va follitropin miqdorini kamaytiradi. Sariq tana bezi 
regressiyaga uchrashi bilan, bu jarayon yana takrorlanadi, ya‘ni yangi jinsiy sikl 
boshlanadi. Progesteronning muhim vazifasi navbatdagi follikulaning yetilishiga 
yo‘l qo‘ymaslikdir. Estrogen esa jinsiy organlar kanalida gametalar harakatini va 
urug‘lanish jarayonini osonlashtiradi. Estrogen ta‘svirida bachadon devorida 
kiprikli epiteliy hujayralar ko‘payadi, tuxum yo‘lida suyuqlik ortadi. 
Ovulyasiyadan oldin estrogen miqdorining kamayishi tufayli, bachadon nayi silliq 
muskulining qisqarishi tezlashib, tuxumning hamrakatini osonlashtiradi. 
Estrogen bachadon endometriyasi hujayralarining bo‘linishini, bachadon 
bezlari o‘sishi tezlashtiradi. Progesteron bachadoning shilliq qavatni embrion
implantasiyasiga tayyorlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin