66
gipotalamusning gonadoliberin gormoni boshqaradi. Ana shu gormonlar ta‘svirida
unig‘donning interstisial hujayralari (Leydig hujayralari),
testosteron gormonini
ishlab chiqaradi. Bu hujayralar urug‘ kanallari hujayralarining oralarida to‘p-to‘p
bo‘lib joylashadi.
Testosteron jinsiy organlarning faolligini oshiradi, spermatogenezni
tezlashtiradi,
qonga quyilib, testosteron digidrotestosteronga aylanadi va
muskullarga, boshqa organlar faoliyatiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Umuman,
testosteronning ko‘p bo‘lishi follitropnin va lylitropin gormonlarinnig
kamayishiga, testosteronning kam bo‘lishi, bu gormonlarni ko‘proq
ishlab
chiqarilishiga olib keladi. Bundan tashqari, follitropinni urug‘ kanallaridagi sertoli
hujayralari ko‘plab hazm qiladi. Bu hodisaning ahamiyati hozircha aniq emas.
Urug
‘
kanallarninig epiteliy hujayralari nigibin gonnonni ishlab chiqaradi.
Bu gormon erkak embriondagi paramezonefros kanalning regressiyasini,
voyaga
yetgan erkakda esa gipofizning follikulani stimullovchi gormonlar ishlanib
chiqarish funksiyasini susaytiradi. Ammo lyutropinga ta‘sir etmaydi.
Jinsiy hujayralarning tuzilishi
Jinsiy hujayralar gametaiar deb ataladi.
Gameta grekcha gamete - xotin,
ya‘ni ug‘ochilik jinsiy hujayrasi yoki tuxum hujayra,
gametis - erkak, ya‘ni
erkaklik jinsiy hujayrasi,
yoki spermatozoid, degan ma‘noni bildiradi. Shunga
ko‘ra, jinsiy hujayralarning ikki turi: (tuxum va urug‘ hujayralari farqlanadi.
Gametalarning muhim xususiyati – ular tashqaridan
ozuqa qabul qilmaydi va
yetilgan jinsiy hujayralar ko‘paymaydi.
Dostları ilə paylaş: