Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Tuxum yo’lari (bachadon nayi).
Tuxum yo‘llari, sut emizuvchilarda 
myuller kanallaridan hosil bo‘ladi. Dastlabki davrlarda u epiteliy va mezenxima 
hujayralari bilan o‘ralgan naydan iborat bo‘ladi. Epiteliydan shilliq parda, 
mezenximadan esa, muskul va seroz qavat hosil bo‘ladi. 
Tuxum yo‘llarining uzunligi 12 sm, diametri 1 sm bo‘lib, unda uch qavat: 
uchki shilliq, o‘rta muskul, tashqi seroz parda farqlanadi. 
Shilliq parda
. Epiteliy hujayralaridan iborat bo‘lib, ularning kipriklari 
bachadon tomon tebranadi. Epiteliy hujayralari orasida bezli hujayralar, 
biriktiruvchi to‘qima hujayralari ham bo‘ladi. Tuxum yo‘lining shilliq qavatida 
burmalar bo‘lib, ular bachadonga borgan sari kamayib boradi. Bu burmalar juda 
murakkab tuzilgan. 
Muskulli qavat
. Silliq tolali muskuldan iborat bo‘lib, ikki qavatdan tashkil 
topgan. Bularning uchki qavati sirkulyar yoki spiral, tashqi qavati bo‘ylama 
yo‘nalgan bo‘ladi. Bachadonga yaqinlashgan sari, muskul tutamlari 
yo‘g‘onlashadi. 
Seroz parda
. Biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, tashqi tomondan 
mezoteliy bilan qoplangan. Bachadon nayining devorida nerv tolalari ko‘p bo‘lib, 
ular muskul qavatiga keladi. 


60 
Tuxum yo‘llarining tuxumdon tomonidagi uchi voronkasimon tuzilgan 
bo‘lib, tuxum hujayrani qabul qilishga moslashgan. Tuxum yo‘llarida tuxum 
hujayra yetiladi va spermatozoid bilan qo‘shiladi, ya‘ni urug‘lanish-otalanish sodir 
bo‘ladi. Ovulyasiya davrida tuxum yo‘lining voronkasimon uchidagi hujayralarga 
qon ko‘p to‘planib taranglashadi va voronka tuxumdonni qoplab turadi. Natijada, 
qorin bo‘shlig‘iga tushgan tuxum hujayra voronkaga, undan tuxum yolHga o‘tadi. 
Tuxum yo‘lida tuxum hujayrasining harakati, muskul qavatining peristaltik 
qisqarishi va hilpillovchi epiteliy hujayralarining kipriklarining tebranishi 
yordamida amalga oshadi. 
Bachadon
. Embrion rivojlanishi davrida bachadon qin bilan birgalikda 
Myuller naylarining pastki bo‘limidan hosil bo‘ladi. Embrion rivojlanishining 3-
oyida bu bo‘limlar qo‘shilib, bachadon qin kanalini hosil qiladi. Bu kanalning 
distal bo‘limidan qin, proksimal qismidan bachadonnnig bo‘yin qismi rivojlanadi. 
Bachadonning ikki qismi: tanasi va bo‘yin farqlanadi. Bachadon devori uch 
qavatdan iborat: shilliq parda, yoki endometriy, muskul parda, yoki miometriy, 
seroz parda, yoki perimetriy. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin