portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi
Urugchilik jinsiy organlari. Urugchilik jinsiy sistemasi bir juft tuxumdon,
bachadon nayi, bachadon, qin va tashqi jinsiy a‘zolardan iborat.
Tuxumdon. Tuxumdon ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, tuxum
hujayrani yetishtirib chiqarsa, ikkinchidan, jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi.
Tuzilishi . Tuxumdonlar bir juft bo‘lib, oval shaklda bo‘ladi. Uning ustki
qismi epiteliy to‘qimasi bilan qoplangan. Epiteliy ostida tolali, yoki oqsil pardali
biriktiruvchi to‘qima qatlami joylashgan. Bu to‘qima parda ostiga kelib, tuxumdon
stromasiga aylanadi. Bular fibrillardan iborat bo‘lib, ular orasida duksimon
biriktimvchi to‘qima hujayralari joylashgan. Elastik tolalar va silliq muskul
hujayralari mag‘iz qismida joylashadi. Tuxumdonning po‘stloq va mag‘iz
moddalari farqlanadi. Po‘stloq moddada tuxum hujayraning rivojlanishi va
gormonlarning ishlab chiqilishi jarayonlari sodir bo‘ladi. Tuxumdon mag‘iz qismi
qon tomirlari va nerv tolalariga boy bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladi.
Tuxumdonning po‘stloq qavatida birlamchi yoki primordial follikulalar,
o‘suvchi follikulalar, yetilgan (Graaf) follikulalar, sariq tana, oq tana, atretik tana
joylashadi (26-rasm).
Oqsilli pardaning ostida, tuxumdonning periferik qismida, primordial
follikulalar bir necha qator bo‘lib, zich joylashgan. Balog‘at yoshidan boshlab
tuxumdondagi birlamchi follikulalardan Graaf follikulalari yetishadi. Birlamchi
follikulalar bir qator epiteliy hulayralari bilan qoplangan. Birlamchi follikula o‘sib
kattalashgan sari, epiteliy hujayralar ham bo‘linib ko‘payadi va ko‘p qavatli
bo‘ladi. Oosit tuxum "do‘ngiga" (balandligiga) joylashadi (27-28-rasmlar).
Follikula kattalasligan sari, uning ichida suyuqtik miqdori ham ortib boradi.
Follikulyar epiteliy hujayralari oositni himoya qiladi, har xil moddalarni
o‘kazmaydi, faqat kerakli moddalani o‘tkazadi.
Ovulyasiya . Ovulyasiya murakkab jarayon bo‘lib, bunda gipofizning
lylitenilovchi gormoni (lyutropin) muhim vazifani bajaradi. Ovulyasiya jarayonda
follikula qobig‘i ichki qavatining kapillyarlariga qon kelishining kuchayishi va
follikul suyuqligining ko‘payishi natitasida, uchki bosim ortadi va follikula qobig‘i
yorilib ketadi. Natijada birinchi tartibli ovasit qorin bo‘shlig‘iga chiqadi. Umuman,
ovulyasiya mexanizmi hozirgacha to‘liq o‘zganilmagan. Qorin bo‘shlig‘iga
chiqqan ovosit tuxum yo‘lining voronkasimon uchlari orqali, tuxum yo‘liga
tushadi. Follikulaning yorilishida proteolitik fermentlar, gialuron kislota va
gialuronidaza fermenti muhim ahamiyatga ega.
56
Har bir ovulyasiya jarayonda odamda bitta, ba‘zi sut emizuvchilarda esa 10-
12 ta follikulaovialyasiyaga uchraydi.