Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 


58 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
28-rasm. Odam oositining va ovarial follikulasining yetilish bosqichlari 
(B.Karlson, 1983bo‘yicha). 
A-G-birlamchi follikula. D-E-bo‘shliq hosil bo‘lgan ikkilamchi follikula. 1-
shu‘lasimon toj; 2-follikula qobig‘i; 3-donador qavat; 4-zona pellucida; 5-
oositsaqlovchi do‘nglik; 7-follikula bo‘shlig‘i; 8-follikula qobig‘ining tashqi 
qavati; 10-donador membrana. J-Z-etilgan follikula. 
 
Follikulalar 
atreziyasi
. Ovogenezning o‘sish davrida primordial 
follikulalarning ko‘pchiligi (ba‘zan 30%) atreziyaga uchraydi. Atreziya deganda 
tuxum hujayraning o‘sishi va follikula o‘rnida atretik tana holsil bo‘lishi 
tushuniladi. Alretik tana balog‘at yoshga yetguncha va homiladortik davrida 
ko‘plab hosil bo‘ladi. Atretik faiia sariq tanadan kichik bo‘lib, unnig markazida 
ollgan ovositning pardasi saqlariib qoladi va atrofida interstisial (oraliq) hujayralar 
joylasbadi. 
Tuxumdonning yoshga qarab o’zgarishi.
Tuxumdonning faoliyati 12-14 
yoshdari boshlanib, 45-50 yoshgacha davom etadi. Shu davrdan boshlab 
follikulaning rivojlanishi asta-sekin susayadi, jinsiy sikl buziladi va 60 yoshlarga 
borganda barcha jinsiy hujayralar yo‘qolib, to‘qimaning miqdori oshib boradi 
hamda tuxum hujayra yetilishi to‘xtaydi. 
Tuxumdon vazifalari
. Tuxumdonlar generativ, ya‘ni jinsiy hujayra ishlab 
chiqarisli vazifasini bajaradi. Tuxumdonning ikkinchi vazifasi gormon ishlab 


59 
chiqarislidir. Folllkulararning donador qavati hujayralaridan esterogen, yoki 
foaliyati gormoni ishlanib chiqariladi. Bachadonning o‘sishi va jinsiy siklning 
qaror topishi, balog‘atga yetish davridan, ya‘ni tuxumdon o‘z faoliyatini boshlab, 
esterogen ajralishi bilan boshlanadi. Bu gormon bachadonni implantasiyaga, sut 
bezlarini laktasiyaga tayyorlaydi. Bundan tashqari,esterogen ikkilamchi jinsiy 
belgilarni ham yuzaga keltiradi. 
Tuxumdon faoliyatining buzilishi, bachadonning atrofiyasi va jinsiy siklning 
buzilishi bilan, bu gormon ham ishlab chiqarilmaydi. 
Eslerogendan tashqari, sariq tananing lyutein hujayralari progesteron 
gormoni ishlab chiqaradi. Progesteron gormoni ta‘svirida bachadonning shilliq 
qavati bezlari faollashadi, shilliq pardasi shishadi, tomirlari qon bilan to‘ladi. 
Progesteron tuxumdonga ta‘sir etib boshqa follikulalarning o‘sishini to‘xtatadi. 
Tuxumdon faoliyatining faollashishi, gipofizning oldingi bo‘limining 
gotiadotrop gormonlari ta‘svirida bo‘ladi.Gipofizning follikulalarni stimullovchi 
(FSG), lyuteinlovchi (LG) gormonlari, tuxumdon folliklilalarinnig kalta o‘sish 
davriga o‘tishini va esterogenning ishlab chiqarilishini boshqaradi. lyuteinlovchi 
gormon ovulyasiyaning sodir bo‘lishni ta‘minlaydi va sariq tananing hosil 
bo‘lishning dastlabki davrida muhim vazifani bajaradi. Sariq tana faoliyatiga, ya‘ni 
progesteron ishlab chiqarishiga, gipofizning lyuteotrop gormoni (LTG) ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Maxsus ovarial gormonlar - esterogen va progesteron bilan birgalikda 
tuxumdondan oz miqdorda androgen – erkaklik jinsiy gormoni ham ajralib 
chiqarilishi aniqlangan. Bu esa embrional taraqqiyot davrida ikkitta jins o‘rtasidagi 
umumiylikni bildiradi. Androgenni maxsus gimus hujayralar ishlanib chiqaradi va 
ular tuxumdonning darvozasida joylashgan. Tuxumdon faoliyatini boshqarishda 
nerv tolalari ham muhim vazifani bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin