57
27-rasm. Tuxumdonda tuxum hujayraning paydo bo‘lishi, o‘sishi va ovarial
follikulaning yorilish bosqichlarining ketma-ketligi hamda sariq tananing paydo
bo‘lishi va aks taraqqiyoti (B.Karlson, 1983 bo‘yicha).
1-mezovariy; 2-germinativ epiteliy; 3-birlamchi follikula; 4-ikki qavatli follikula;
5-follikula bo‘shlig‘i hosil bo‘lishining boshlanishi; 6-atretik follikula; 7-deyarli
to‘liq yetilgan follikula; 8-atretik follikula; 9etilgan follikula; 10-oosit; 11-suyuqlik
bilan to‘lgan follikula bo‘shlig‘i; 12yorilayotgan follikula; 13-follikuladan chiqqan
tuxum hujayra; 17-qonning fibrin tolalari; 18-iviyotgan qon; 19-tuxumdonning
biriktiruvchi to‘qimasi; 20-to‘liq shakllangan sariq tana; 21-tuxumdonning oq
tanasi; 22-qon tomirlari.
3. Ravnaq topish bosqichida sariq tana, progesteron ishlab chiqara boshlaydi.
Bu gormon bachadon shilliq qavatinnig zigotani qabul qilishga, implantasiyaga va
sut bezlarini lakiasiyaga tayyorlaydi, Sariq tananing ravnaq topish bosqichi ikki
xil bo‘ladi. Agar urug‘lanish sodir bo‘lmasa, bu bosqich 12-14 kun davom etadi va
bunday tana hayz sariq tanasi deb ataladi. Agar urug‘lanish sodir bo‘rsa, sariq
tananing ravnaq topish bosqichi homiladorlikning birinchi yarmigacha davom
etadi. Bunday sariq tana homiladorlik sariq tanasi deb ataladi. Bu sariq tanalar
tuzilishi va vazifalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi. Ularning farqi, o‘lchami va
faoliyat ko‘rsatish muddati har xil bo‘ladi. Hayz sariq tanasninig diametri 1,5-2,0
sm bo‘lsa, homiladorlik sariq tanasining diametri 5 sm bo‘ladi.
4.Aks ravnaq bosqichida faoliyati tugagandan keyin ham homiladorlik, ham
hayz sariq tanasi inqirozga, ya‘ni involyusiyaga uchraydi. Bunda bez hujayralari
lyutein pigmentini yo‘qotib, atrofiyaga uchraydi va so‘rilib ketadi. lekin markazda
joylashgan biriktimvchi to‘qimadan iborat bo‘lgan chandiq, saqlanib qoladi va
sariq tana o‘rnida oq tana hosil bo‘ladi. Oq tana tuxumdonda bir necha oy saqlanib,
keyin so‘rilib ketadi. Ba‘zan unda shakllanish sodir bo‘lib, uzoq vaqtgacha
saqlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: