Urug’ pufakchasi - urug‘ saqlovchi joy deb hisoblanar edi. Keyingi
ma‘lumotlarga qaraganda, bu pufakcha qo‘shimcha jinsiy bez bo‘lib, suyuqlik
ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik spermaga aralashib, uni suyultiradi va neytrallaydi.
Urug’ otuvchi kanal. Bu kanalning uchki shilliq qavali epiteliy hujayralari bilan
qoplangan bo‘lib, unda yaxshi rivojlanmagan muskul ham bor. Tashqi tomondan
biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan. Bu kanal devorida ba‘zi ortiqlar bor. Ularning
ba‘zilari urug‘ pufakchasi bilan bir xil tuzilgan va shuning uchun qo‘shimcha
pufakcha ham deb hisoblanadi. Boshqalari esa prostata bezining naylarini eslatadi.
Prostata bezi . Bu bez urogenital sinus murtagidan rivojlanib, siydik
chiqaruv kanaliga ochiladi. Bu bez muskulli a‘zo bo‘lib, uning bez qismi
alveolalar, sekretor bo‘limlar va naylardan iborat. Unda muskuldan tashqari,
biriktiruvchi to‘qima ham bo‘ladi. Bu ikkala to‘qima bezni 30-50 ta bo‘laklarga
ajratadi. Muskul tutamlari eyakulyasiya vaqtida bez bo‘laklaridan sekretni chiqarib
yuboradi. Bezning oxirgi bo‘lagining naylari, siydik chiqaruv kanalining prostata
qismiga ochiladi.
Prostata bezining sekreti yopishqoq bo‘lib, ishqoriy muhitga ega bo‘lgan
(RN-8-8,4), oq rangli suyuqlikdir. Bu sektetning tarkibida suv, nukleoprotein,
lesitin, xolin, spermin (spermaga maxsus hid berib turuchi organik modda), kaliy
tuzlari va boshqa tuzlar bo‘ladi. Bundan tashqari, prostata bezidan prostoglandin
moddasi ham ishlab chiqariladi. Bu modda lipid tabiatli biologik faol modda
bo‘lib, uning A, ye, F guruhlari bor. Shurardan F prostoglandin silliq muskullarni
qisqartirsa, ye turi muskullarni bo‘shashtiradi. Uning bu xususiyatlaridan tug‘ish-
abort paytlarida foydalaniladi. Bundan tashqari, prostoglandin yurak qisqarishi,
buyrakda ionlar reabsorbsiyasi va arterial bosimni boshqaradi. Qarilikda prostata
bezining kanallari yopilib, sekret ishlab chiqarmaydi.