51
Baliqlarning
samkasida bir juft tuxumdon bo‘lib, ulardan uzun tuxum yo‘li
boshlanadi va bachadonga keladi. Sameslarida jinsiy organlar bir juft-urug‘don,
urug‘don ortig‘i, urug‘ yo‘li, urug‘ xaltasi va kloakadan iborat.
Amfibiyalarning
samesida bir juft yumaloq oqish urug‘don bo‘lib,
uning
ustida yog‘ tanachasi bo‘ladi. Yog‘ tanachasi urug‘don va unda yetiladigan
spermatozoid uchun ozuqa hisoblanadi. Shuning uchun kuzda urug‘don kichik,
yog‘ tanachasi esa yirik bo‘ladi. Erta bahorda yog‘ tanachasining deyarli hammasi
urug‘ qo‘yish uchun sarflanadi. Urug‘dondan boshlangan ko‘plab urug‘ olib
chiquvchi
kanallar, volfkanaliga o‘ladi va urug‘ xaltasida yig‘adi. Amfibiyalarda
kopulyativ organ bo‘lmaydi.
Samkasida
bir juft tuxumdon, uning ustida yog‘ tanachasi bo‘ladi.
Tuxumdoning hajmi fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Yoz, kuz oylari kichik, bahor
oylari yirik, qoramtir tuxumlar bilan to‘la boladi. Tuxum yollari mustaqil ravishda
kloakaga ochiladi,
voronkasimon uchi esa, yurak oldi bolshlig‘iga ocliladi Yurak
qisqargan paytda tuxum yo‘lari tana bo‘shligidan tuxumni so‘rib oladi. Ko‘payish
oldidan tuxum yo‘linig devori qalinlashadi.
Sudralib yuruvchilaraing
erkagida bir juft urug‘don, urug‘don ortig‘i,
urug‘ yo‘li, kopulyativ organlar mayjud. Urg‘ochilarida
bir juft ovalsimon
tuxumdon, tuxum yo‘li bor.
Qushlarning
erkagida bir juft dukkaksimon urug‘don bo‘lib, ko‘payish
oldidan kattalashadi. Urug‘dondan urug‘ yo‘li boshlanib,
kloakaga yaqin joyda
urug‘ xaltasini hosil qiladi.
Urg‘ochilarning chap tuxumdoni yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, chap tuxum
yo‘li ham yo‘g‘on va yaxshi taraqqiy etgan. Tuxum yo‘lining
uetiki qismi,
fallopiev nayi deyiladi va unnig uchki qismida ko‘plab oqsil bezlar bo‘ladi. Tuxum
yo‘lining kengaygan joyi bachadon, undan keyin qin va kloaka joylashgan.
Erkaklik jinsiy organlari sistemasi bir juft urug‘don, urug‘ olib ketuvchi
naylar, prostata bezi, urug‘ saqlovchi xalta va tashqi jinsiy organdan iborat.
Dostları ilə paylaş: