Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Embrion jinsiga gormonal ta’sir etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Embrion jinsiga gormonal ta’sir etish
. Jinsiy bezlar yoki boshqa organlarning 
mahsulotlari embrion jinsining paydo bo‘lishiga ta‘sir etadi. Bunday sa‘biy ta‘sir 
tufayli "frimantizm" degan organda paydo bo‘ladi.
44-rasm. Amfibiyalar tuxumida urug‘lanish va kulrang o‘roq hail bo‘lishi 
(B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 
Yuqori chapda:spermatozoidning tuxum bilan yaqinlashuvi; yuqori o‘ngda: tuxum 
va spermatozoid pronukleusini yaqinlashuvi va kortikal reaksiya boshlanishi; 
pastda: kortikal reaksiya tufayli kulrang o‘roq hosil bo‘lishi;1-tuxum yadrosi; 2-
spermatozoid yo‘li; 3-pronukleuslar; 4-yadro; 5-kulrang o‘roq. 
Bunda embrionlar o‘rtasida umumiy qon aylanish sistemasi hosil bo‘ladi. 
Bimday embrionlar taraqqiyoti davomida erkak embrion zarar ko‘rmaydi, ammo 
urg‘ochi embrion frimanlinaga (psevdogermafroditizm) aylanadi. Bunday holat 
odamda uchramaydi. U qoramol. Qo‘y, ichki, cho‘chqa va boshqa hayvonlarda 


90 
kuzatilgan. Bunday noto‘g‘ri rivojlanish urg‘ochi embrionning jinsiy beziga 
erkaklik jinsiy bezining ta‘sviri tufayli sodir bo‘ladi. Baliqlar taraqqiyotining 
dastlabki bosqichlarida erkaklarini estrogen gormoni bilan oziqlantirilsa, urg‘ochi 
individga aylanishi mumkinligi isbotlangan. Urg‘ochi individlarni androgen 
gonnon bilan oziqlantirilsa, erkak individga aylanishi mumkin. Sut emizuvchilarga 
jinsiy gormonlarni infeksiya qilinganda ikkilamchi jinsiy belgilar o‘zgarishiga, 
gonadalarning jarohatlanishiga olib kelishi mumkinligi isbotlandi. Ammo bunday 
yo‘l bilan gonada boshqa jinsiy bezga aylanmaydi. Volf va Myurler kanallari 
shakllanishining genlar bilan bir qatorda jinsiy bezlarning gormonlari ham 
boshqaradi. Tovushqonlar embrioniga ularning hayotchanligini buzmasdan ta‘sir 
etish orqali yuqoridagi fikrlar isbotlandi, Hayvonni oxta (kastrasiya) qilish 
chorvachilikda keng foydalaniladigan usul hisoblanadi. Bu usul erkak mollarni 
so‘qimga boqish uchun qo‘llaniladi. Agar erkak embrion 19 kundan oldin 
axtalansa, myuller kanali saqlanib qoladi, lekin tashqi jinsiy belgilari urg‘ochi 
individga o‘xshamaydi. Xuddi shu tajribani 24 kundan keyin o‘tkazilsa, erkak 
embrion taraqqiyoti normal o‘tadi. 19-24 kunda bu tajriba o‘tkazilsa, turli 
shakldagi germafroditizm paydo bo‘lishi mumkin. Urg‘ochi individga ko‘p 
miqdorda androgen gormoni berilsa, ularda erkaklik jinsiy belgilari paydo bo‘lishi 
kuzatilgan, Kalamushlarning erkak embrioniga antiandrogen (siroteran) berilganda 
ular gavdasinnig tashqi tomonida urg‘ochi individning tashqi jinsiy belgilariga 
o‘xshash bo‘lgan belgilar paydo bo‘lishi tajribalarda isbotlangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin