Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Yo’ldosh 
Embrion bilan ona organizmi o‘rtasida aloqa bog‘lash plantasiya deyiladi. Bu 
aloqa yo‘ldosh yoki bola o‘rni hosil bo‘lishi orqali o‘rnatiladi. Yo‘ldosh hosil 
bo‘lishda embrionning vaqtincha organlari ishtirok etadi. Urug‘lanish sodir 
bo‘lgandan keyin blastosist 1 hafta davomida implatsiya, ya‘ni bachadon devoriga 
trofoblastlarning vorsinkalari orqali yopishadi va katta havfli davr o‘tadi.Ammo 
bu havf yo‘ldosh hosil bo‘lguncha davom etadi. (68- rasm) 
Homila bilan ona organizim o‘rtasidagi aloqa yo‘ldosh orqali mustaxkam 
bo‘lmaydi. 
Ikkinchi tomondan,trofablast embriondan kelayotgan toksin moddalarni
neytrallay olmaydi. Bu moddalar ona jigariga kelib neytrallanadi. 
Shuning uchun yo‘ldosh hosil bo‘lguncha ona organizimda taksiko‘z,
ya‘ni embrion qonidagi zaxarli moddalardan zaxarlanish, ya‘ni ko‘ngil aynish, 
qayt qilish kabi holatlar kuzatiladi. Shunday holatlarda ko‘ngli istgan narsalar


139 
68 – rasm. Embrion va vaqtinchalik organlar o‘rtasidagi aloqaning o‘zgarishiB. 
Karlson, 1983 bo‘yicha) 
1-
amnion bo‘shlig‘I; 2 2- embrion gavdasi; 3-sariqlik haltasi; 4- vaqtinchalik 
sellom; 5- trofoderma; 6- tana oyog‘I; 7- xarion; 8- allantios; 9 va 2- amnion 
(VvaG da); 10 kindik ipi; 11- kindik (allantios) tomiri. 
iste‘mol qilinsa, bu hodisaning oldi olinadi. Odamlarda homiladorlikning 78- 80- 
kunlariga kelib yo‘ldosh hosil bo‘ladi. 
Imlatsiyadan keyin blastodermik pufakchaning o‘sishi bilan yo‘ldoshli 
hoyvonlarda embrionning oziq moddalarga boy bo‘lgan ehtiyoji ortadi. 
Rivojlaninshning boshlng‘ich davrlarda embrion oziq moddani ona organizimdan


140 
trofoblast orqali oladi. Trofoblast ikkta bosim kuch ta‘sirida bo‘ladi. Ya‘ni unga
tashqi tomondan ona organizmi to‘qimalarning bosimi ta‘sir etsa, ichki 
tomonidan amnion suyuqligining bosimi ta‘sir etadi. Bu bosimlarning ta‘siri
trafoblast devoridagi hujayralarning normal o‘sishi va ko‘payishiga halaqit 
beradi. Natijada trofoblastning ustki tomoni tugunchali, o‘simtali , vorsinkasimon 
bo‘ladi. Bu birlamchi vorsinkalar bo‘lib . ularga mezenxima qo‘shilishi natijasida
tashqi epiteliy bilan qoplan o‘simtaga aylanadi. Trofo blastda vorsinkalar hosil 
bo‘lgandan keyin bu tuzulma xorion yoki seroza deb ataladi.Xorion 
vorsinkalarining joylashiga qarab yo‘ldoshlar har xil bo‘ladi. Ular embrion qorin 
qisminig ro‘parasida yoki atrofida joylashadi. Xarionning ichkari tomonini 
allantios qoplaydi. Shuning uchun yo‘ldoshni xorioallantios deb birgalika ham 
nomlanadi (69 rasm ). 
69- rasm. 5 oylik embrion va bachadon o‘rtasidagi aloqa(B.Karlson, 1983 
bo‘yicha). 
1- tushib ketuvchi bazal qobig‘I; 2- tarmoqlangan xarion; 3- sariqlik xaltasi; 4-
tushib ketadigan yopishib turuvchi qobiq; 5- amnion;6- silliq xarion; 7- bachadon 
bo‘yining bezlari; 8- shilliq qopqoq. Amnion bo‘shlig‘I qora rang bilan, bachadon 
bo‘shlig‘I oqish rang bilan ko‘rsatilgan. 
Sut emizuvchilarda kindik yo‘l quydagi yo‘ l bilan hosil bo‘ladi . Tuxum 
qo‘yib ko‘payadigan amniotalarga qaraganda sutemizuvchilarda tuxumning 
sariqlik xalrasi kichikroq bo‘ladi. Yo‘ldoshli sut emizuvchilarda entoderma 


141 
qavatining asosiy qismi ichakning hosil bo‘lishiga sarflanadi. Shuning uchun 
sariqlik haltasi kichik bo‘lib, asta –sekin hajmi kamayib boradi. va ichak blian 
bog‘lanib, ingichka poyacha hosil qiladi. 
Allantios ichakning orqa qismidan xaltasimon o‘simta sifatida kattalashib, bir 
tomoni bilan xarion devoriga yopishadi. Natijada shu yerda mezenxima to‘qimasi 
orqali alllantios qon tomirlar hosil qiladi. Allantios o‘sib, ichak bilan ingingichka
yo‘l orqali bog‘lanadi. Bu yo‘llarning biri sariqlik xaltasining yo‘li , ikkinchisi esa
allantios yo‘lidir. Amnion embrionnini hamma tomondan o‘rab olib, alllantios va 
sariqlik xalta yo‘larini qisib, bir-biriga yaqinlashtiradi. Natijada entodermadan 
hosil bo‘lgan ikkta yo‘lni ekdodermadan hosil bo‘gan ikkta ektoderma bilan 
qoplaydi va kindik yo‘li hosil qiladi. Sariqlik xalta va allantios mezenxima bilan 
qoplanganligi uchun kindik yo‘lida qon tomirlar paydo bo‘ladi va ular orqali ona 
embrioni o‘rtasida moddalar almashinuvi amalga oshadi (70 rasm). 
Tuxum qo‘yuvchi sut emizuvchilarda tuxumi ona organizmida turgan 
paytda uning teshiklari ona organizimida oziqlananadi. Shuning uchun bola 
ularning tuxumi qo‘yishini ‗ erta tug‘ush‖ deb atasa bo‘ladi. 
70- rasm. Yo‘ldoshning tuzilishi ( Yu.I. Afanasev, 1990 bo‘yicha). 
A-
yo‘ldoshning tuzilishi ( qonning sirkulyasiyasi strelkalari bilan 
ko‘rsatilgan); B- yo‘ldosh vorsinkalarining tuzilishi; V uch oylik homiladorlik 
davrlarida qon- yo‘ldosh vorsinkalarining tuzilishi. 
1- amnion epiteliysi; 2- xarion; 3- vorsinka; 4- fibrinoid;5- sariqlik xaltasi; 6-
kindik ipi; 7- yo‘ldosh chegarasi; 8-lakun; 9- spralsimon arteriya; 10- 
endometriyning bazal qavati; 11- miometriy; 12- simplastotroflastlar; 13- 


142 
sitrofoblast; 14 – bazal menbrana; 15- kapilyar; 16- fibroblast; uzun chiziqli joylar 
qon –yo‘ldosh to‘sig‘ining qalinligini bildiradi. 
71- rasm. Yo‘ldosh tiplari(K.G.Gazaryan, L.V. Belousonv, 1983 bo‘yicha) A- 
epitelioxorial; B- desmoxorial;V-endotelioxorial; G-gemoxorial. 
Xaltali sutemizuvchilarda xarion bachadon shillimshiq qavati bilan oddiy 
birikadi. Bularda embrion bachadon bezlarida ajralib chiqadigan, xarion 
epiteliysi bilan so‘rilib kindik tomirlari orqali embrionga o‘tadigan oziq moddalar 
hisobiga oziqlanadi,. Bular oziq moddalar oqib turadigan maxsus organ yo‘q. 
shuning uchun xaltalilar yo‘ldoshsiz hayvonlar hisoblanadi.
Shunday qilib, embrionning ona organizimi hisobiga oziqlanish yo‘ldosh 
orqali amalga oshadi. Yo‘ldosh bachadon shilimshiq qobig‘dan va xarion
vorsinkalardan hosil bo‘ladi va u bo‘la o‘rni ham deb ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin