Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Yo’ldosh turlari
. Embrionning ona organizmidan oziq moddalar bilan 
ta‘minlanishi har xil shuning uchun yo‘ldoshning quydagi turlari bo‘ladi. : 


143 
1. Epitelixorial yo‘ldosh, u yarim yoki chala yoki yo‘ldosh deb ataladi. Bunday
yo‘ldoshda vorsinka o‘simtalari yaxshi rivojlanmaydi. Va faqat do‘ngsimon 
bo‘lib , bachadoning shilimshiq qavatiga botib kiradi. Tug‘ishi vaqtida vorsinkalar 
bachadonga zarar etkazmaydi., o‘z chuqurchalardan chiqadi. Tug‘sh og‘riqsiz va
qon ketishsiz o‘tdi. Bunday yo‘ldosh cho‘chqa ot, tuya. Lemur, kitsimonlar va 
boshqa hayvonlarda uchraydi.(71 rasm). 
2. Desmoxorial yoki birikturuvchili to‘qimali yo‘ldosh vorsinkalarning ko‘pligi 
bilan epiteli xorial yo‘ldoshlari farqlanadi. Xorion vorsinkalari bilan birikan joyda
bachadon shilimshiq qobig‘ning epiteliysi yemiriladi. Tarmoqlanib ketgan 
vorsinkalar epiteliydan o‘tib, birikturuvchi to‘qimaga botadi va ona qon
tomirlariga yetib boradi. Bunday yo‘ldosh kat elidon deyilib, embrionning 
dastalabki davrida embironga nisbatan 20 marta katta bo‘ladi. Bunda y yo‘ldosh 
kavsh qaytaruvchilarga xosdir.
3. vazoxorial yoki endo teli xorial yo‘ldosh hosil bo‘lishda bachadon 
shilimshiq epiteliysi ham, birukturuvchi to‘qima ham yemiriladi hamda
vorsinkalar qon tomirlariga yetib bradi. Qon tomirlari vorsinkalar oldida 
kengayadi. Ona qon embrioni qondan yupqa endotelial hujayralari bilan ajralib 
turadi. Shuning uchun oziq modda va gazlar almashinuvi qiyinchiliksiz sodir 
bo‘ladi. Bunday yo‘ldosh sutemizuvchilarda hosil bo‘ladi.
4. Gemoxorial yo‘ldosh hosil bo‘lishda bachadonda chuqur o‘zgarichlar sodir 
bo‘ladi. Bunday yo‘ldosh hasharotho‘rlar, kemuruvchilar, barcha primatlar va 
odamlarda uchraydi. Bachadondagi bezlar yo‘qoladi., birukturuvchi to‘qima va 
qon tomirlarining devori yemiriladi. Yemirilgan to‘qimalar o‘rnida tomirlardan
quyulgan qon bilan katta bo‘shliqlqr hosil bo‘ladi. Xarion vorsinkalari qon 
bilan yuvilib turadi va undan oziq moddalarni so‘rib oladi. Vorsinkalarning
tomirlari bilan bachadon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatilmaydi, moddalar 
almashinuvu vorsinkalarning yupqa devori orqali sodir bo‘ladi. Embrion bilan 
ona organizmi o‘rtasidagi yaqin aloqa bo‘lgani uchun tug‘ush davrida bachadon 
devori ancha qismining tirilishi va ancha qon ketishi bilan amalga oshadi.
Homiladorlik davrida bachadon shilimshiq qavati hujayralari oqsil, yog‘
uglevod ajrata boshlaydi. Bu moddalar‖ bachadon suti‖ ham deyiladi Bu
moddalar embrion uchun ozuqa sifatida sarflanadi. 
Tug‘ish davrida homila bachadon bo‘yni orqali o‘tayotganda, uning qobiqlari 
yirtiladi va tashqariga amnion suyuqligi oqib chiqadi.,oldin ko‘p qon ketadi va 
sekin asta to‘xtaydi. Bachadon shilimshiq qobiq qaytadan tiklanadi. Asta sekin
tuxumdonda graf pufakchalari hosil bo‘ladi. Va menstrual sikl qaytadan tiklanadi. 
Yuqorida ko‘rinib chiqilgan yo‘ldoshning barcha turlarida ona va embrion 
qoni o‘zoro qo‘shilmaydi. Agar bu qonlar qo‘shlisa, har ikkala organizim uchun 
ham havflidir Embrion epiteli xorial va desoxorial yo‘ldosh orqali getotrof yo‘l 
bilan oziqlanadi. Bunday vorsinkalar bachadon bezining sekretini va 
birikturuvchi to‘qimaning elementlarini hazim bo‘ladigan holatiga keltiradi odam 
embrion yo‘ldosh hosil bo‘lishining boshlang‘ch davrida gistototrof yo‘l bilan 
oziqlanadi , embrion keyinchalik gemotrof oziqlanishga o‘tadi. Past molekulyar 
oziq moddalar xorial o‘simtalar devoridan embrion qoniga bemalol o‘tadi. Ona
qonidagi moddalar fermentlar ta‘sirida parchalanadi va embrion ehtiyoji uchun 


144 
qayta ishlanadi. Ona qonidagi moddalar fermentlar ta‘sirida parchalanadi. Va 
embrion ehtiyoji uchun qayta ishlanadi. Ona qonidagi oqsilar vorsinkalar to‘sig‘i 
orqali o‘ta olmaydi . shuning uchun oqsillar aminokislatalar holida o‘tadi.
Yo‘ldoshning muhum vazifalardan biri ona va embrion aro embrionidagi gazlar 
almashinuvi sodir bo‘lib, hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazi yana ona qoniga 
o‘tadi. Yo‘dash qoldiq moddalarni embriondan ona organizimga o‘tish vazifasini
bajaradi. Ba‘zi homiladorlik ona organizimda katta sodir bo‘lishiga olib keladi. 
Yo‘ldosh ona qonidagi toksin moddalar, mikroorganizimlar embrionga o‘tishga 
yo‘l qo‘ymaydi.. Ba‘zi viruslar bu to‘siqdan o‘ta oladi va embrion halok bo‘ladi.
Yo‘ldosh ichki sekresiyasi bezlarining vazifasini ham bajaradi. Yo‘ldosh 
estrogen, progestrogen va ganadotrop ishlab chiqarishi munkin Bu garmonlar 
jinsiy bezlarga, sut bezlariga, embrionning o‘sishiga, ta‘sir etadi va yo‘ldoshdagi 
qonning ivishiga yo‘l qo‘ymaydi, Demak, sutemizuvchilar embrioning nafas 
olishi va oziqlanishi ucun bir necha moslamalar bor ular tuxumidagi sariqlik 
xaltasida turlacha foydalanishlari munkin. Rivojlanishning boshida sariqlik 
xaltasining qon tomirlari paydp bo‘lib ular orqali embrion nafas oladi. Sariqlik
xaltasining ikkinchi vazifasi esa oziq moddalarni yetkazishdir . keyinchalik bu 
vazifani allantios bajaradi, qoromollarning tuxumi alestial, bo‘lib bachadoning 
shilimshiq qavatida oziq moddani embrionga o‘tkazadi. Allantios esa keng xalta 
shakilda bo‘lib moddalar almashunuv jarayonida hosil bo‘lgan suyuq moddalarni 
yig‘sh munkin. Yo‘ldosh allantios embrionni kislorod va oziq moddalar bilan
ta‘minlashi, chiqindi moddalarni ona organizmiga o‘tkazish vazifasini bajaradi. 
Shunday qilib, yo‘ldosh ona va homila o‘rtasidagi gazlar almashinuvi sodir 
bo‘lishini ta‘minlaydi, qonning ivishiga, embrion infeksiyaga, toksinlar kirishiga
yo‘l qoymaydigan moddalar, shuningdek, embrion infeksiys, toksinlar kirishiga 
yo‘l qo‘ymaydigan modddalar, shuningdek embron va ona organizmi rivojlanishi 
uchun zarur garmonlar ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. 
Spirtli ichimliklar, chekish, giyohvand moddalar iste‘mol qilish embrionga 
sa‘lbiy ta‘sir ko‘rsatadi va embrionning nobud bo‘lishiga, mayib, majruh, irsiy 
kasalliklar bilan tug‘ulishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin