155
oldingi imkoniyatlarga nisbatan nisbatan kengroq imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Uchinchidan , embrional regulyasiya ishga tushadi va ma‘lum
natijada paydo
qiladi (80-rasm).
80-rasm. Amfibiyalarda embrionning blastopor biridan ikkinchisiga ko‘chirib
o‘tkazish.
(A va B) tufayli yangi embrion (G) hosil bo‘ladi. Unda o‘z—ozini differensiasiya
qiluvchi transplantant to‘qimasi (V da qora rang bilan ko‘rsatilgan)
varesipientning induksiyalovchi to‘qimasi (V da oq rang bilan ko‘rsatilgan) bor
(B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 1- nerv sistemasi; 2- somitlar; 3- endoderma; 4-
blastosel.
G.Shpemen blastopor labining yelka qismini brlamchi embrion ― tashkilotchi―
deb ataladi. Chunki rivoljlanishning dastlabki davrlarida bunday ta‘sirni topib
bo‘lmaydi., tashkilotchi deyilishiga sabab morfogenezga ta‘sir etib, yangi organ
hosil bo‘lgan. Ayni paytda blastopor labi yelka qismining
asosiy vazifasi xordo
mezoderma kurtakka tegishli bo‘lib, uni birlamchi embrion induktor deb ataladi.
Embrion bir qismining boshqa qismiga ta‘sirini esa embrional induksiya deb
ataladi.
Aniqlashicha, o‘lik toqimalar, kimyoviy moddalar induksiya hosil qilishi
munkin. Shunday qilib, tashkilotchining kimyoviy tabiati aniqladi. Shuning bilan
birgalikda, javob reaksiyasi ham indukttorning faqat kimyoviy tarkibiga bog‘liq
emasligi ma‘lum bo‘ldi.
Embriologiya fikricha, ba‘zi induktorlar turli darajada to‘qima
taqdirini
anqlashga ixtisoslashgan bo‘lishi munkin Agar gastrulaning dastlabki davrida
blastopor labining yelka qismi ko‘chirib o‘tkazilsa, oldingi miya taraqqiy etadi.
156
Agar gasturulaning keyingi davrida blastopr labining yelka qismi ko‘chirib
o‘tkazilsa, orqa miya va mezodermal to‘qima hosil bo‘ladi. Shuningdek , nukleo
proreinlar, neytrollovchi oqsilllar mezoderma hosil bo‘lishiga ta‘sir etuvchi omil
hisoblanadi. Agar anashu ikki indukator qo‘shilsa, yaxshi taraqqiy etgan embrion
hosil bo‘ladi. Boshqa induktorlar maxsus bo‘lmagan ta‘sir ko‘rsatadi.
Aniqlashicha, eshitish xaltasi eshitish organiga har xil morfogenelik jarayonlarni
falloshtiruvchi sifatida ta‘sir etadi. Tiritonning kochirib o‘tkazilgan yon chiziq
organi oyoqlariga indukator sifatida ta‘sir etadi. Burun plakodi va gipofizni
ko‘chirib o‘tkazish ham oyoqlar uchun indukator hisoblbadi,.Qo‘shimcha oyoqlar
yon chiziq sohasida
oson induksiyaladi, oyoqlar yon tomonda ham hosil bo‘ladi.
Bu tajribalardan maxsus javoblar faqt induktorga emas, ta‘sirotni qabul
qilayotgan organlarga ham bo‘g‘liq , degan hulosa chiqadi.
Embrion ma‘lum qismining har xil ta‘surotlarga prezumptif taqdiri orqali
javob berish kompetensiya deyiladi. Masalan , amfibiyalar nerv sistemasining
hosil bo‘lishi ektoderma qavat kompetensiyasiga
kiradi va gastrulyasiyaning
boshida paydo bo‘ladi. Gasturilasiyaning oxirida bu kompetensiya tugaydi.
Shunday qiib, taraqqiyot yo‘nalishinin normal taraqqiy etgan murtakka nisbatan
kompetensiya sohasi yuqori bo‘lganda o‘zgartirish munkin. Suningdek , induksion
ta‘sir ma‘lum intervalda ta‘sir etganda ham o‘zgarishi munkin.
Xordalilaning har xil vakillarida induksion aloqani o‘rganishda ma‘lum
bo‘ldiki, kompetensiysning muddati va sohalari har xil bo‘ladi. Masalan,
assidiyalarda 8 ta blastomerlik davrida hammma organlarning kurtagi ma‘lum
bo‘ladi. Sh u davrda blastomerlar o‘rni almashtiriladi. Natijada xordomezoderma,
ba‘zan bitta induktor normal faoliyat ko‘rsatmasa ham, organ traqqiyoti normal
o‘tadi.
Ko‘pchilik holatlarda embrionning bir-biriga yaqin qismlari o‘zaro ta‘sir
etadi. Bunga misol oyoq kurtaklari hisoblanadi. Oyoqlar kurtaklari yon mezoderma
va uni qoplab turgan ektoderma hujayralarning to‘planishidan hosil bo‘ladi.
Oyoqlar taraqqiyoti somitlar yaqinida joylashgan mezoderma hujayralarning
faollashuvidan boshlanadi. Ular oyoq hosil bo‘ladigan
mezoderma hujayralariga
induksion ta‘sir etadi. Faollashgan mezoderma hujayralari ektoderma
hujayralariga ta‘sir etadi. Ular bo‘rtib, uchda apikal ektoderma taroqlari hosil
bo‘ladi. Apikal hujayralar oyoqning o‘sishini tezlashtiradi. Mezoderma esa oyoq
shaklini belgilaydi. Masalan, qushlarda qanotlar hosil bo‘lib, par va patlar bilan
qoplanadi.
Induksiyaning geteronom va gomonom turlari farqlanadi. Geteronom
induksiyada embrionning bir bo‘lagi boshqa bir organning ( xordamezoderma
nerv nayining) hosil bo‘lishiga olib keladi. Gomonom
induksiyada induktor
atrofidagi hujayralarning o‘z yo‘nalishiga mos rivojlanishga yo‘naltiradi.
Masalan, boshqa embrionga ko‘chirib o‘tkazilgan nefrotom soha atrofidagi
hujayraning bosh miya kurtagini hosil qilishga, tog‘ay fibroblastlari qo‘shilsa,
togay hosil qilishga yo‘naltiradi.
Induktorning ta‘sirinin sezish uchun to‘qima hech bo‘lmaganda minimal
darajada takkomillashgan bo‘lishi lozim. Tarqoq hujayralar induktor ta‘sirini
157
sezmaydi. Induktor ta‘sirini bir hujayra ham sezadi, ammo butun organizim
induktor ta‘sirini to‘liq sezadi.
Morfogenez va hujayra differeniasisiyasining induk sion ta‘sirini
o‘rganishga oid qiziqarli tajribalar o‘tkazilgan.
Bezlar morfogenizida mezenxima ta‘sir etadi.
Keyingi yillarda induksiyaning molekulyar
va hujayra mexanizmi
o‘rganilmoqda.
Dostları ilə paylaş: