Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
 
Embrion rivojlanishning dastlabki davrida uning qismlarining bir biriga 
bog’liqligi 
 
Tuxum hujayra har bir tur hayvonda o‘ziga hos tuzilishga ega bo‘ladi va 
morfolagik, biokimyoviy va fiziologik jixatdan murakkab tuzilgan. Har xil


152 
tuxumlar taraqqiyotining dastlabki davrilaridan boshlab determinasiyalashgan 
bo‘ladi. Spral maydalangan tuxumlarda blastomerlar t taqdiri oldindan aniqlagan 
bo‘ladi. Bunday tuxumlar determinasiyalangan tuxumlar deyiladi. Pluteeus
taraqqiyoti davrida 16ta blastomer hosil bo‘lganda 8ta yuqorida joylashgan 
blastomerlardan ektoderma, oldingi to‘ttasidan birlamchi ichak mikro merlardan 
mezenxima hosil bo‘ladi. Bunday tuxumlar regulyasion tuxum deyiladi. 
77-rasm. Maxsus eritmada hujayradan to‘liq organizm hosil bo‘lishi. (K.G. 
Gazaryan, V. Belousov, 1983 bo‘yicha). 
1-maxsus eritmaga solingan ildiz; 2- maxsus eritmada poliferasiyalanuvchi 
hujayra 3-maxsus eritmada izolyasiyalangan hujayra; 4- bitta hujayradan hosil 
bo‘lgan dastlabki embrion ; 5- embrionning keyingi bosqichi; 6- yosh o‘simlik; 7-
yetilgan o‘simlik. 


153 
Maydalanish natijasida 2 ta blastomer hosil bo‘lgandan keyin ularning har biri 
yangi biologik sistemaning ajralmas qismi hisoblanadi. Organizimning har bir 
bosqichi uning bir butunligi va inegrasiyasining yangi ko‘rinishi hisoblanadi. 
V.Fogt baqa ebrioning blastula davrida prezumptiv xaritasini tajribalar orqali 
aniqlashga muvaffaq bo‘ldsi. Har bir organ dastlab embrionning qaysi 
blastomerdan, qaysi qavatdan hosil bo‘lishi ham tajriblar yo‘li bilan anilangan. 
Anashu hujayralarningb rivojlanish yo‘lini o‘zgartirish munkinmi? 
G.Shpemen triton embrion rivojlanishining blastula davrida bitta embriondan 
bir bo‘lak medulyar plastinkani, ikkinchi embriondan teri ektodermasining o‘rnini 
bir biriga almashtirib qo‘ydi. Ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar o‘zining yo‘nalishi 
bo‘yicha emas, balki atrofidagi hujayralar ta‘sirida ektodermasidan nerv sistemasi, 
nerv plastinkasidan taraqqiy etadi. Xuddi shunday tajribalar ekdoderma va 
mezoderma hujayralarida ham o‘tkazilib , shunga o‘xshash natijalar olindi (78-
rasm). 
78-rasm. Embrionning bir qismini transplantasiya qilish sxemasi ( B.P. Tokin, 
1978 boyicha). 1- nerv sistemasi; 2- somitlar; 3- endoderma; 4- blastosel. 
G.Shpeman blastula bosqichida embrionning ko‘chirib o‘tkazilgan qismi
yangi organ hosil qilishini labil determinasiya deb ataldi. 
G.Shpeman va uning shogirdlarining aniqlashicha, determinasiya manbai 
alohida hujayra, uning va sitoplazmasi emas. Har bir hujayraning taqdiri 
organizimni tashkil etadigan hamma hujayralar bilan bog‘liq. 
Ko‘chirib o‘tkazilgan hujayraning yangi joyga moslashib, ma‘lum organ yoki
uning qismini hosil qilishini shpemen stabil determinasiya deb atadi. Bu 
gasturulyasiyaning oxirida sodir bo‘lishi munkin. Ko‘chirib o‘tkazilgan bu 
hujayralar differensiyalashibva determinasiyalashib doimiy organ hosil qildi, deb 
aytish munkinmi? 
Gastrulaning oxiri va neyrula davrida determinasiya oxiriga yetdi, deb 
bo‘lmaydi . Neyrula davrida qayta deter minasiya sodir bo‘lganligi aniqlangan. 
Bunday tajribalar amfibiyalar ko‘zi va eshitish organlari rivojlanish misolida


154 
o‘rganilgan. G.Shpemen (1901) qizdirilgan igna bilan baqa embrionnnning ko‘zi
bokalini neyrula bosqichida, gavhar hosil bo‘lishdan oldin buzadi. Natijada 
gavhar paydo bo‘lmaydi. Demak, gavhar epidermisidan hosil bo‘lsa epidermis 
hosil bo‘lsa, epidermis bilan ko‘z bokali aloqada bo‘lishi zarur. Agar ektoderma 
ko‘chirib o‘tkazilsa, undan gavhar hosil bo‘ladi. Demak , determinasiya 
deyilganda organizimning ontogenez davrida hujayralarning o‘zaro aloqada 
bo‘lib, ma‘lum rivojlanish yo‘lini bosib o‘tishi tushiniladi. Bu yo‘lda hujayra 
o‘zgaradi, ma‘lum vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin