67
bo‘lib, uning tayoqchasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan birinchi bo‘lagi bo‘yin
chegarasini hosil qiladi va undan spermatozoidning o‘rta yoki tana qismi orqa
dumiga o‘tuvchi o‘q ip boshlanadi. Ana shu sentriolalar spermatozoid yadrosining
boshiga surilib, boshqa qismlariga nisbatan katta bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
O‘rta yoki tana qismi distal sentriolaning tayoqchasimon va halqasimon
bo‘laklarining o‘rtasida joylashgan. Bundagi o‘q, ip atrofida spiral holatda ko‘plab
mitoxondriyalar joylashgan bo‘lib, unda gtikogen, fosfatlar, ko‘p miqdorda ATF
saqlanadi.
31-rasm. Xivchinli (A-D) va xivchinsiz (e) spermatozoidlar (K.G.Gazaryan,
LV.Belousov, 1983 bo‘yicha).
A-jabralar; b-dengiz tipratikani; V-baliq (Tetrodon avlodi) G-dengiz cho‘chqasi;
D-opossum; ye-daryo qisqichbaqasi spermatazoidlari.
Bu esa tana qism spermatozoidni energiya bilan ta‘minlab turishidan dalolat
beradi.
Dum qismi asosiy va oxirgi bo‘laklardan iborat. Dumning asosiy qismi
faqatgina o‘q iplardan va ularni o‘rab turgan adenozintrifosfat azafermentini
tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyadagi ATF ni parchalaydi
va shu yo‘l bilan energiya ajralishini ta‘minIaydi.O‘q iplar 10 juft
mikronaychalardan iborat bo‘lib,
9
jufti periferiyada, 1 jufti markazda joylashgan.
Dumning oxirgi bo‘limi juda inguchka o‘q ip-xivchindan iborat bo‘lib,
tashqi tomondan plazmolemma bilan o‘ralgan. Dumning asosiy vazifasi
spermatozoidning harakatini ta‘minlashdir.
Dostları ilə paylaş: