Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

"Oosit-trofositlar" sistemasi. 
Oosit va trofositlar oogoniylardan hosil 
bo‘ladi. Hasharatlarda ular tuxum yo‘lida - ovariollarda joylashadi. Ovariollani 
panoistik va meroistik tiplari farqlanadi. Meroistik tuxum yo‘lida trofositlar 
joylashib oositni oziqa bilan ta‘minlaydi. Ularning hosil bo‘lishi drozofila 
pashshasi misolida o‘zganilgan. Oogoniylarning 4 marta bo‘linishi tufayli 16 ta 
hujayra hosil bo‘ladi. Bu hujayralarda sitotomiya yakunlanmaydi va ular o‘rtasida 
sitoplazmatik ko‘prik saqlanib qoladi. 16 ta oositdan faqat bittasida oogenez 
davora etib, 15 tasi trofositga aylanadi (39-rasm). 
39-rasm. Qo‘ng‘iz oositi va trofositlari (I.I.Soklov, 1996 bo‘yicha). 
Trofositlar yadrosi tez o‘sadi. Oositda esa sitoplazma tez o‘sadi, chunki 
unda oziq modda bor. Ikkinchi farqli tomoni shundaki, oosit meyoz boshlanishida 
tetraploid bo‘lsa, trofositda esa xromosomalar soni ko‘proq bo‘ladi. Trofositda 
hosil bo‘lgan moddalar ooplazmaga o‘tib turadi. Ba‘zi zuluklarda bitta oositga 
2000 tagacha trofosit to‘g‘ri keladi. 
3. yetilish
davrida ham xuddi spermatozoiddagi kabi 2 marta bo‘linish: 
reduksion va ekvasion meyoz sodir bo‘ladi. Farqi shundaki, 1 ta birinchi tartibli 
ovositdan 1 ta tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Bu hodisa hujayrada sitoplazmaning bir 
tekisda tarqatmasligi tufayli sodir bo‘ladi. Bo‘linganda hosil bo‘lgan 
hujayralarning birida sitoplazmaning juda oz qismi, ikkinchisida esa deyarli 
hammasi ko‘chadi. Natijada hosil bo‘lgan hujayralarning biri katta, ikkinchisi esa 
kichik bo‘ladi. Kichik hujayra birinchi yo‘naltiruvchi tanacha yoki qutbli tanacha 
deb ataladi. U keyinchalik rivojlanmaydigan 2 ta hujayraga bo‘linadi. Katla 
hujayra ovosit deb ataladi. Yetilishning ikkinchi bo‘linishida bu katta hujayra yana 


80 
ikkita hujayraga bo‘linadi. Uning biri kichik hujayra bo‘lib, ikkinchi yo‘naltiruvchi 
tanacha yoki qutbli tanacha deb ataladi. Ikkinchisi katta hujayra bo‘lib, unt ovosit 
deb ataladi. Bu hujayrada xromosomalar soni gaploid to‘plamda bo‘ladi. Hosil 
bo‘lgan 3 ta kichik hujayra yadrodagi xromosomalar sonini kamaytirishda muhim 
ahamiyatga ega. Hosil bo‘lgan ikkinchi tartibli ovosit yetilgan tuxum hujayra 
hisoblanadi. 
Tuxum hujayraning rivojlanishi davrida spermatozoidnikidek shakllanish 
davrini ajratib bo‘lmaydi. Chunki yetilgan tuxum hujayra urug‘lanishga tayyor 
holda bo‘ladi. Buni birinchi tartibli ovosit hosil bo‘lganda unda sariqlik 
moddasining to‘planishi va tuxum po‘stining hosil bo‘lishidan ham bilish mumkin. 
Ba‘zi hayvonlar tuxumining birlamchi po‘sti ovositning o‘sishi 
tugallanmasdan hosil bo‘ladi va qalinlashib ketadi. Birlamchi va ikkilamchi 
po‘stlar tuxum rivojlanishi tugamasdan hosil bo‘lsa, har ikkalasida ham 
spermatozoid kiradigan mikropile teshikchalari hosil bo‘ladi. Tuxum po‘stning 
hosil bo‘lishi ovogenez jarayonning tugallanishi hisoblanadi. Spermatogenez bilan 
ovogenez taqqoslansa, spermatozoidning ko‘proq hosil bo‘lishini ta‘kidlash kerak. 
Tuxum hujayra esa bitta yoki bir necha hosil bo‘lishi mumkin. Buning sababi
tuxum hujayraning taraqqiyoti ancha uzoqroq davom etadigan jarayondir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin