Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Ovogenez
. Ovogsnez jarayoni 3 ta davrdan iborat: 
l.Ko‘payish. 
2. O‘sish. 
3. Yetilish. 


76 
37-rasm. Spermatidaning spermatozoidga aylanishi (spermatogenez) 
(B.Karlson, 1983 bo‘yicha) 
1-spermatida yadrosi; 2-golji apparati;3-sentriola; 4-akrosoma hosil 
bo‘lishining boshlanishi; 5-mitoxondriya; 6-xivchin; 7-akrosoma po‘sti; 8-
proksinal sentriola; 9-distal sentriola; 10-spermatozoidning boshi; 11-mitoxondriya 
spirali; 12-sitoplazma qoldig‘I;13-bosh; 14-bo‘yin;15-o‘rta qism; 16-dum; 17-
dumning oxirgi qismi. 
1.Ko‘payish davrida birlamchi jinsiy hujayra-ovogoniy (oogoniy)lar mitoz 
yo‘li bilan ko‘payadi. Natijada hujayralarning soni ancha ortadi. Bir necha mitoz 
bo‘linishdan keyin hujayralar o‘sishga o‘tadi. Oogoniylarning ham po‘sti oziq 
moddalarni oson o‘tkazadi. Oogoniylar birinchi tartibli oositlarga (ovositlarga) 
aylanadi. 
2.O‘sish davrida birinchi tartibli ovositlarning qobig‘i oziq moddalarni 
intensiv o‘tkazadi. Chunki ularning po‘stida mikrovorsinkalar (kichik 
do‘mboqchalar) bor. 
Umuman, ovogenez vaqtida ovositlarda DNKmiqdora ortadi. Bu esa oqsil 
sintezi faollashtiradi. O‘sish kichik va katta davrlarga bo‘linadi. 
Kichik o‘sishdavrida ovosit sitoplazmaning ortishi hisobiga o‘sadi va 
previtellogenez yoki sitoplazmatik o‘sish deyiladi. Katta o‘sish davrida esa 
hujayraga kirayotgan oqsil, sariqlik moddasining hosil bo‘lishi hisobidan o‘sadi va 
vitellogenez yoki trofoplazmatik o‘sish deyiladi. Tuxumdan sariqlik moddasi ko‘p 
to‘planga, tuxum yirik bo‘ladi. Masalan, qushlar, repteliyalarda shunday bo‘ladi. 


77 
Agar sariqlik kam to‘planga, tuxum o‘sish davrida ko‘p o‘zgarmaydi va kichik 
bo‘ladi. Hasharotlar, baliklar tuxumida shunday bo‘ladi. Dpozofilaning oositi 
90000 marta, baqa oositi 64 000 marta, qushlarda 200 marta, sut emizuvchilarda 40 
marta kattalashadi. 
Sariqlik moddasining to‘planishi tufayli spermatozoidlarning o‘sish davrida 
nisbatan tuxum hujayraning o‘sish davri uzunchoq cho‘ziladi.To‘plangan sariqlik 
moddasi embrion taraqqiyoti davrida oziqa sifatida sarflanadi (38-rasm). 
38-rasm.Baqa hayotining dastlabki uch yili davomida oositning o‘sishi. 
Tuxumdonda 3 xil oosit bor:I-egri chiziq birinchi avlod oositlari; II-egri chiziq 
ikkinchi avlod oositlari; III-egri chiziq uchinchi avlod oositlari (B.Karlson, 1983 
bo‘yicha). 
Birinchi tartibli ovosit yadrosida xuddi spermatogenez kabi o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi va xromosomalar tetraga aylanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin