68
32-rasm. Odam spermatozoidining tuzilishi (B.Karlson, 1983 bo‘yicha).
A-tikkisiga kesmasi; 1-bosh qismining po‘sti; 2-vakuola; 3-yadroning quyuq
moddasi; 4-sentriola; 5-mitoxondriyalar; 6-terminal halqa; 7-markaziy filamentlar;
8-qobiq. B-bosh, bo‘yin va o‘rta qismlari; 9-bosh qobig‘ining chetki; 10-
mitoxondriya spirali. V-dumning terminalqismi. G-E-dum va o‘rta qismning
ko‘ndalang kesmasi.
2.
Dumi yordamida spermatozoid harakatlanib, tuxum hujayra bilan to‘qnasib
kelishini va akrosoma xaltasidagi gialuronidaza
fermenti yordamida tuxum
hujayraning ichiga boshi va bo‘yin qismlarining kirishini ta‘minlaydi.
3.
Spermatozoid tuxum hujayraga bo‘linishi uchun, zanur bo‘lgan sentriolani olib
kiradi.
69
Har xil hayvonlar spermatozoidining kattaligi har xil bo‘lib, hayvonning
kattaligiga bog‘liq emas. Masalan, dengiz cho‘chqasining spermatozoidi 100 m,
ho‘kizda 65 m, chumchuqda 200 m, timsohda 20 m, odamda 60-70 m ga teng.
Spermatozoidlar jinsiy yo‘llardan o‘tayotganida qo‘shimcha bezlardan
ajralib chiqayotgan suyuqliklar bilan aralashadi. Bu aralashma sperma deb ataladi.
Sperma tarkibida spermatozoid,
har xil sekretlar, hujayraviy elementlardan
leykositlar, epiteliy hujayralari ham bo‘ladi.
Spermatozoidning asosiy xususiyati uning harakatlanishidir. Bunda asosiy
vazifani dum bajaradi. Spermatozoid oldinga, o‘z o‘qi
atrofida, spiralsimon
ilgarilama harakat qiladi. Bir minutda odam spermatozoidi 3-3,6 mm tezlikda
harakatlanadi.
Spermatozoidning faolligi energiya bilan bog‘liq. Energiya endogen va
ekzogen yo‘llar bilan hosil berladi. Masalan, sut emizuvchilar spermasi tarkibidagi
fruktoza energiya manbai bo‘lsa, dengiz kirpisining spermatozoidining o‘rta
qismidagi fosfolipidlarning mitoxondriyada
parchalanishidan, energiya hosil
bo‘ladi.
Spermatozoidlarning harakatsizligi, doimo ularning hayot qobiliyatini
yo‘qotganligini bildirmaydi. Spermatozoidlar erkaklik
jinsiy bezlarida yoki
kanallarida ko‘p to‘planib qolishi, kislorod yetishmasligi ularda moddalar
almashinuvini pasaytirib yuboradi. Bu jarayonlar tiklanishi va spermatozoid yana
faol harakatlanishi mumkin, Urug‘lanish vaqtida spermatozoidlar juda faol bo‘ladi.
Ular muhit reaksiyasiga va haroratga ayinqsa sezgir bo‘ladi. Kuchsiz ishqoriy
muhit va 30-35°E haroratda ularning faolligi oshadi.
Kislotali muhitda, aksincha,
spermatozoidlar sust harakatlanadi yoki butunlay harakatlanmaydi. Organizmdan
tashqarida ham spermatozoidning hayotiyligini optimal sharoit yaratib saqlab
turish mumkin. Bu hodisa chorvachilikda sun‘y
qochirish uchun uzoq yillar
qo‘llanib kelindi. Spermatozoidning organizmdan tashqarida yashovchanligi har
xil hayvonlarda turlicha muddatni tashkil etadi. Masalan, baliqlarda spermatozoid
organizmdan tashqarida bir necha minut, hatto bir necha sekundda halok bo‘ladi,
ho‘kizlarda 25-30 soat, qo‘ylarda 36 soat, quyonda 8-12 soat davomida tirikligini
saqlaydi. Odam spermatozoidi ayollar jinsiy organlari yo‘lida 5-16 kun davomida
tirik bo‘ladi. Ko‘rshapalaklar kuzda jinsiy qo‘shiladi, bahorga borib urug‘lanish
sodir bo‘ladi. Bu paytda spermatozoid urug‘ qabul qiluvchi xaltada saqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, spermatozoidlar urug‘ochilik jinsiy organlari bo‘ylab
hamkallanadi va tuxum hujayrani topib uni unig‘lantiradi. Agar odamda bir
martaga 200 mln spermatozoid yetishib chiqsa, shulardan 700-900 tasi
urug‘lanadigan joyga, ya‘ni tuxum yo‘liga
yetib boradi, boshqalari esa ayollar
jinsiy organlari kanallarida olib ketadi.
Dostları ilə paylaş: