81
III-BOB. URUG’LANISH YOKI OTALANISH
Yuksak darajada tuzilgan barcha hayvon va o‘simliklar jinsiy yo‘l bilan
ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda tuxum va urug‘ hujayralar ishtirok etadi. Bu esa o‘z
navbatida unig‘lanish yoki otalanishdan boshlanadi. Urug‘lanishdan oldin urchish
jarayoni sodir bo‘ladi. Urchish ikkita jinsning, ya‘ni erkak va urg‘ochi
individlarning o‘saro qo‘shilishi hisoblanadi. Ikki xil jinsiy hujayralarning -
spermatozoid va tuxum hujayralarning o‘saro qo‘shilishi urug‘lanish yoki otalanish
deb ataladi (40-rasm). Ba‘zan urchishdan unag‘lanishgacha ancha vaqt o‘tishi
mumkin. Masalan, ko‘rshapalaklarda urchish kuzda sodir boladi. Spermatozoidlar
urg‘ochi individning tuxum yo‘llarida saqlanib, bahorda qulay sharoit kelishi bilan
urug‘lanish sodir bo‘ladi. L. Almatov qishda g‘oyalardan urchigan bir necha
ko‘rshapalaklarni olib kelgan. Issiq va qulay sharoitda saqlanganda ularda qishda
ham urug‘lanish sodir bo‘lganligini kuzatgan. Urug‘lanish
natijada zigota hosil
bo‘ladi. Zigota grekcha zigotos-qo‘shilgan degan ma‘noni bildiradi. Zigota ham
bitta hujayradan iborat, ammo u somatik va jinsiy hujayralardan sifat jihatdan farq
qilib, unda ota-ona belgilari bo‘ladi. Erkak individlar spermatozoid ishlab
chiqarishi, ya‘ni spermatozoid va u bilan birgalikda suyuqlik ishlanib chiqarish
jarayoni eyvakulyasiya deyiladi. Bu hodisa ham juda murakkab jarayon
hisoblanadi. Jinsiy hujayralar yetilgandan keyin otalanish jarayoni sodir bo‘lmasa,
ular tezda halok bo‘ladi. Shuning uchun urug‘lanish mumkin qadar tezroq sodir
bo‘lishi kerak. Urug‘lanish qaerda sodir bo‘lishiga qarab ikki xilda bo‘ladi:
1. Tashqi urug‘lanish. Bunda jinsiy hujayralar
tashqi muhitda - suvda, tuproq
oralarida va boshqa joylarda o‘saro qo‘shiladi, ya‘ni urg‘ochi (samka) tuxum
qo‘yadi, erkak (sames) esa uni urug‘lantiradi. Bu hodisa erkak va urg‘ochi
individlar o‘saro yaqin masofaga kelganda sodir bo‘ladi, ya‘ni ular jinsiy hujayrani
suvga yoki boshqa joyga chiqarishini bir-biriga hid yoki boshqa kimyoviy
moddalar orqali xabar beradi. Bu jarayonga xulq-atvorlar ham ta‘sir etadi. Bunday
urug‘lanish suvda yashaydigan hayvonlarda, baliqlarda, amfibiyalarda uchraydi.
2. Ichki urug‘lanish. Bunda jinsiy hujayralar Na organizmmnig jinsiy
organlarida o‘saro qo‘shiladi. Erkak jinsiy hujayralarini tashqariga qo‘yishi
mumkin. Urg‘ochilari esa uni o‘zining jinsiy teshiklariga kiritib oladi. Masalan,
hasharotlarning ba‘zilarida shu holatni uchratish mumkin. Bu tashqi-uchki
otalanish deb ataladi. Ba‘zilarida erkaklari spermani urg‘ochi
jinsiy organlariga
bevosita kiritib qo‘yadi. Masalan, sut emizuvchilarda shunday bo‘ladi. Bu uchki
otalanish deb ataladi. Ba‘zilarida uchki otalanish bo‘lsa ham, embrion tashqi
muhitda rivojlanadi.
Masalan, qushlarda, repteliyalarda shunday holat kuzatiladi. Zuluklarning
urchish jarayoni boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ular germafrodit bo‘lib,
urug‘lanish uchki bo‘ladi. Jag‘li zuluklar kopulyativ organ orqali
spermatozoidlarining ochiq jinsiy organlariga o‘tkazadi.
Baliq zulugida esa
spermatozoidlarni spermatofora holida urg‘ochi zuluk terisining ustiga qo‘yadi.
Spermatofora qo‘yilgan joydagi teri yumshaydi va teri orqali spermatozoid tuxum
yo‘llariga o‘tadi. Zuluklarda bunday urchishni A. O. Kovalevskiy aniqlagan va uni
teri orqali urchish deb atagan,
82
40-rasm.Urug‘lanish jarayoni bosqichlarining ketma ketligi (V.G.Eliseev, 1983
bo‘yicha). 1-tuxum hujayraning sitoplazmasi; 2-tuxum hujayraning yadrosi; 3-
yaltiroq
qobiq;
4-follikulyar
epiteliy;
5-spermatozoidning
boshi;
6-
spermatozoidning bo‘yni; 7-spermatozoidning dumi; 8-erkaklik pronukleusi; 12-
sentriolalar o‘rtasidagi duk; 13-sinkarion.
Spermatozoidlarning maxsus parda bilan o‘ralgan kapsula holati
spennatoforalar deb ataladi. Spermatoforalar orqali urchish ham har xil bo‘ladi.
Ba‘zi hayvonlarda spermatoforalar urg‘ochi jinsiy yo‘liga kirgizib qo‘yiladi. Keyin
spermatofora pardasi yorilib, spermatozoidlar tuxum yo‘liga o‘tadi. Urug‘lanish
jarayonining normal o‘tishi uchun spermatozoidlar jinsiy yo‘llarda ancha masofani
harakatlanib bosib o‘tishi lozim. Jinsiy hujayralarning
yetilib chiqishi bir yilda
mavsumiy, bir, ikki marta, har oyli, shuningdek, tartibsiz bo‘ladi. Spermatozoid
shakllangandan keyin jinsiy yo‘llardagi sekretlar bilan aralashib,
spermani hosil
qiladi. Bir marta ajraladigan spermaning hajmi ko‘rshapalaklarda 5 ml,
qo‘chqorlarda 2 ml, yovvoyi cho‘chqalarda 500 ml bo‘ladi. 1 ml sperma
tarkibidagi spermatozoidning soni ko‘rshapalakda 2 mln, qo‘chqorda 2-5 mln,
yovvoyi cho‘chqada 100.000 tagacha bo‘ladi. Erkaklarning bir marta ajraladigan
spermasining hajmi 3 ml, 1 ml sperma tarkibida 40-50 mln spermatozoid bo‘ladi.
Odam butun hayoti davomida 340.000.000.000.000 ta spermatozoid ishlab
chiqaradi. Odam tuxum hujayrasining diametri 130 mm, eng katta tuxum
akulalaning bir turida bo‘lib, uning diametri 22 sm, tuyaqushda esa 10 sm ni
tashkil etadi
83
Naslsizlik ustida ish olib borgan
olimlarning aniqlashicha, unig‘lanish
normal o‘tishi uchun jinsiy hujayralar to‘liq yetilgan bo‘lishi kerak. Bundan
tashqari, spermatozoidlarning soni yuqorida ko‘rsatilgan sonda bo‘lishi kerak.
Chunki ana shunday ko‘p sondagi spermatozoidlarning juda oz qismi
urug‘lanadigan joygacha, ya‘ni tnxum yo‘ligacha yetib boradi. Masalan,
quyonlarda 250-500, odamlarda 700-900 ta spermatozoid tuxum yo‘rlarigacha
yetib boradi.
Ichki urug‘lanadigan hayvonlarga nisbalan tashqi urug‘lanish sodir
bo‘ladigan hayvonlarda spermatozoid ko‘proq yetishib chiqadi. Bu esa jinsiy
hujayralarning o‘saro uchrashish imkomyatini oshiradi.
Urug‘lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bosqichdan iborat: 1) gametalarning
yaqinlashishi; 2)
tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiya. Tuban
organizmlarda erkaklik va urug‘chilik jinsiy hujayralar deyarli bir xil kattalikda
bo‘ladi va ular izogametalar deyiladi. Bu gametalar genetik va sitoplazma tuzilishi
jihatdan bir xil bo‘ladi. Bunday gametalar qo‘shilishi urug‘lanish emas, balki
kopulyasiya deyiladi. Kopulyasiya lotincha kopulyasio - qo‘shilish degan ma‘noni
bildiradi,
Dostları ilə paylaş: