Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Urug’lanish qobig’i
. Tuxum ichiga spermatozoid kirishi bilan ikki jarayon 
sodir bo‘ladi: I. Sitoplazma ustida sodir bo‘ladigan fiziko-kimyoviy jarayon; 2. 
Urug‘lanish qobig‘i hosil bo‘lishi. Bu hodisalar l. Runstryom (1950-1963) va l. 
Rotsmd (1956) lar tomonidan dengiz kirpisida yaxshi o‘zganilgan (43-rasm). 
Tuxumning shilimshiq qobig‘i tagida sariq qobiq, undan keyin sitoplazmadagi 
kortikal granula (korteks) qatlami joylashgan. Shilimshiq qobiqda glikoprotein 
tabiatli 20% aminokislota, 80% polisaxaridlar bor. Kortikal qatlamning qalinligi 
1,5-2 mk, kortikal granulaning diametri 1 mk. Ularning soni esa bitta tuxumda 30 
000 ga yaqin bo‘ladi. Unig‘lanmagan tuxumda kortikal granulalar sitoplazma 
ichida tarqalgan bo‘ladi. 
Spermatozoidning tuxum po‘stiga kirgan joyidan tezda biokimyoviy 
jarayonlar sodir bo‘lib, 2 sekund ichida kortikal granulalar yo‘qoladi. Ekzositoz 
natijada kortikal granula sariqlik po‘stiga birlashadi va tuxumning plazmatik 
membranasi tarkibiga o‘tadi. Bu hosil bo‘lgan tuzilma urug‘lanish qobig‘i deb 
ataladi. 


87 
43-rasm. Dengiz tipratikanining urug‘lanmagan (A) va urug‘langan (B) 
tuxumi tizilishining saxemasi (J.Runstrem, 1952 bo‘yicha). 
1-urug‘lanish qobig‘i; 2-sariqlik qobig‘i; 3-granulali qavat; 4-pigmentli 
granula qavati; 5-ichki protoplazmatik qavat; 6-sariqlik (endoplazma); 7-
ekstragranulali zona; 8-tuxum sitoplazmasining tashqi yuzasi; 9-perivitellinli 
bo‘shliq. 
Bu jarayon spermatozoid tuxum ichiga kirgandan keyin 2 minut ichida sodir 
bo‘ladi. Urug‘lanish qobig‘i boshqa spermatozoidning tuxum ichiga kirishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. 
Kortikal granulaning urug‘lanish po‘stiga qatnashmagan qismi bir qator 
bo‘lib teriladi va yupqa granulli membrana hosil qiladi. Urug‘lanish po‘sti 
sitoplazma chetidan ajraladi va uning o‘rnini perivitellinli bo‘shliq deyiladi va u 
suyuqlik bilan to‘ladi. Urug‘lanishdan keyin boshqa spermatozoidlar urug‘lanish 
po‘stidan ichkariga kira olmaydi. 
Spermatozoidning tuxumga kirgan joyi bo‘rtib chiqadi. Bu joy urug‘lanish 
bo‘rtig‘ deyiladi. Spermatozoid tuxumga kirgandan keyin dumi, mitoxondriyasi va 
boshqa organoidlari yo‘qoladi. Har ikkala jinsiy hujayraning yadrolari shishadi va 
markazga keladi. Yadro po‘sti erib ketadi va ikkala yadro bir-biri bilan qo‘shiladi. 
Bu hodisa singamiya deyiladi. Shu bilan urug‘lanish tugaydi. Tuxum urug‘lanishi 
bilan unda quyidagi biokimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: 
1. O. Varburg (1908) aniqlashicha, dengiz kirpisi, assidiya, halqali 
chuvalchanglar tuxumi urug‘lanishi bilan kislorod ko‘p sarflanadi, mollyuskalarda 
kislorod sarfi (nafas olish) pasayadi. 
2. 
Urug‘lanishdan 10 minut o‘tgandan keyin uglevod almashinuvi 
kuchayadi. 


88 
3. Tezda erkiri aminokislotalar ko‘payadi, bu dissimilyasiya jarayoni natijasi 
bo‘lsa kerak. 
4. Fosfat, kaliy va kalsiy almashinuvi kuchayadi. 5. Proteolitik fermentlar 
faolligi oshadi. 6. Tuxum po‘stinnig o‘zgaruvchanligi oshadi. 
7. Tuxum hamma muhim moddalarni - oqsillar, nuklein kislotalarni 
sintezlaydi. 
Tashqi urug‘lanishda (baliqlar, amfibiyalar) tashqi muhit omillari katta 
ahamiyatga ega. 
Ba‘zi tuzlar- NaCl, KCl, CaCl
3
, MgCI
2
va gidroksil ioni urug‘lanish uchun zarur 
bo‘lgan sharoit yaratadi. Kislotali muhitda urug‘lanish sodir bo‘lmaydi. Kuchli 
ishqoriy muhitda jinsiy hujayralar qo‘shilsa ham, zigota rivojlanmaydi. Ba‘zan 
tuxumdondan bir vaqtda bir necha tuxum hujayra yetilib chiqadi. Ko‘p tug‘adigan 
hayvonlarning tuxumdonidan follikulalar ko‘p yetiladi va shuncha tuxum hujayra 
yetiladi. 
Spermatozoidlar urug‘lanish joyiga, ya‘ni tuxum yo‘llariga qisqa vaqtda 
yetib boradi. Jumladan, sichqonlarda 15 minutda, quyonlar va odamlarda 3 soatda 
yetib boradi. 
Urug‘lanish jarayoni juda tez bo‘lib o‘tadi. Masalan, gidralarda 10 sekundda 
urug‘lanish tugaydi. 
Spermatozoid tuxum ichiga kirganda ularning sitoplazmasi qo‘shilib ketadi va 
yadrolari bir-biriga yaqinlashadi. Spermatozoidning yadro membranasi yo‘qolib, 
xromosomalari sitoplazmaga tarqaladi. Bo‘linish dukchasi hosil bo‘lib, uning ikki 
tomonida tuxum va spermatozoid xromosomalari teriladi. Shuning bilan 
urug‘langan tuxum hujayra yoki zigota rivojlanishining keyingi bosqichiga, ya‘ni 
maydalanishga tayyor bo‘ladi. Tuxumning urug‘lanishidan va faollashuvidan 
maydalanishigacha 4 ta asosiy bosqich bo‘lib o‘tadi: 
1. Meyozning tugashi-yadronnig membranasi yo‘qoladi va tuxum yadrosi 
meyozni tugatadi. 
2. Tuxum po‘stida urug‘lanish do‘ngchasi hosil bo‘lib, spermatozoidni o‘rab 
oladi va u qisqarib, spermatozoidni ichkariga tortadi. Bu paytda spermatozoidning 
akrosomasi tuxum po‘stidagi mikropile teshigning oqsilli tiqinini eritib, ichiga 
kirib oladi. 
3. Spermatozoidlarga to‘sqinlik qilish. Deyarli hamma hayvonlarning 
tuxumiga bitta spermatozoid kirgandan keyin tuxumda urug‘lanish qobig‘i hosil 
bo‘lib, boshqa spermatozoidning kirishiga to‘sqinlik qiladi. 
4. Urug‘langan tuxumning shakllanishi. Unig‘langandan keyin tuxum 
yumaloq shaklga kiradi. Tuxum membranasi tuzlarni va boshqa kerakli moddalarni 
o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi. 
Ooplazmatik segregasiya. Urug‘lanishdan keyin tuxum hujayraning har xil 
qismni har xil bo‘laklarga bo‘ladigan jarayon ooplazmatik segregasiya deb ataladi. 
Bu jarayon urug‘lanishdan keyin embrional rivojlanish uchun muhim ahamiyatga 
ega. Segregasiya ba‘zi hayvonlarda maydalanish gacha, ba‘zi hayvonlarda esa 
maydalanish davrida ham davom etadi. 
Ba‘zi kovakichlilarda segregasiya ooplazmaning tashqi va ichki qavatlarga 
ajralishi bilan yakunlanadi. Qorinoyoqli mollyuskalarda segregasiya maydalanish 


89 
jarayonda sodir bo‘ladi. Assidiyalarda segregasiya tufayli vegetativ qutbdagi 
sitoplazmada sariqlik va mitoxondriya ko‘p to‘planadi, animal qutbdagi sitoplazma 
tiniq bo‘lib, sariqlik bo‘lmaydi. Ana shu moddalar keyinchalik embrion hujayralari 
tarkibiga kiradi. Jumladan, ekvatordagi sariq o‘roqdan mezoderma, qo‘ng‘ir 
o‘roqdan xorda, vegetativ qutbdagi sitoplazmadan entoderma, aurmal qutbdagi 
sitoplazmadan ektoderma hosil bo‘ladi (44-rasm). Shunday qilib, segregasiya 
jarayoni embrional rivojlanish, ayinqsa, uning qismlari hosil bo‘lishi uchun muhim 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin