Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Spermatozoidning tuxum ichiga kirishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Spermatozoidning tuxum ichiga kirishi
. Tuxum hujayraning ustki qismi po‘st 
bilan qoplangan. Tuxum hujayraga spermatozoid qanday kiradi? Spermatozoid 
ko‘pchilik tuxumlarning ichiga mikropile teshikchasi orqali kiradi. Bu teshik orqali 
tuxum yetilishi davrida oziq moddalar kiradi. Ammo spermatozoid ana shu "to‘siq" 
orqali ichkariga kirishi lozim. 
Elektron mikroskop orqali ko‘pchilik hayvonlar spermatozoidida akrosoma 
reaksiyasi sodir bo‘lishi aniqlangan. Bungacha spermatozoid boshi yordamida 
mexanik ravishda tuxum teshib ichiga kiradi, deb hisoblanardi. Ammo bu hodisa 
mexanizmi ancha murakkabdir. Akrosomaning po‘sti, xaltasi, apikal xaltasi 
farqlanadi (41-rasm). Akrosoma hosil bo‘lishida go‘lji apparati muhim ahamiyatga 
ega. Spermatozoid tuxum bilan duch kelganda akrosoma po‘sti yoriladi va 
ingichka akrosoma ipini otadi.Uning uzunligi dengiz tipratikanida 1 mkm, dengiz 
yulduzlarida 25, osyotr balig‘ida 5-S mkm. Tuxumning yaqinlashishi bilan 
akrosoma tuxum po‘stini va uning yaqinligini sezadi. Bu sezuvchi apparat 
granulali qalin qavatdir. Akrosoma ipi tuxum po‘stida sariqlik qobig‘i orqali 
ichkariga kiradi. Natijada urug‘lanish konusi hosil bo‘ladi. Spermatozoid boshi 
mikropile teshigi gallanishi bilan akrosoma ipi yo‘qoladi. Spermatozoidning dumi 
uzulib, tashqarida qoladi. O‘zi ichkariga kirib, tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. 
Qo‘shilish oldidan tuxum ikki xil faollashadi: 1. Impulsli faollashuv. Burida 
spermatozoid bilan yaqinlashganda tuxum uni sezib faollashadi. 2. Kortikal 
faollashuv. 


85 
41-rasm. Halqali chuvalchanglar (Hydroides hexagonus) spermatozoidi 
boshining apikal qismi (L.Kolvin, A.Kolvin, 1961 bo‘yicha). 
1-yadro; 2-akrosoma va yadro membranalari o‘rtasidagi modda; 3-akrosoma 
haltasining bo‘shlig‘i; 4-akrosoma granulasi; 5-akrosoma membranasining 
granulali qavati; 6-yadro qobig‘i; 7-akrosoma membranasining tashqi granulali 
qavati; 8-plazmatik membrana; 9-apikal xalta. 
Bunda tuxum po‘stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi 
faollashuvi tushuniladi. Tuxumning mikfopile teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan 
bo‘ladi (42-rasm). Akrosomaning graluronidaza fermenti uni eritib, 
spermatozoidga yo‘l ochadi va spermatozoid tuxum ichiga kiradi, zigota hosil 
bo‘ladi. Urug‘lanish tufayli xromosomalarning diploid nabori tiklanadi, tuxum 
hujayra keyingi jarayonlar uchun faollashadi. Urug‘lanishdan keyin jinsiy 
hujayralar yadrosining qo‘shilishini birinchi marta 1875 yilda O. Gertvig 
aniqlagan. 
E. Batayon nazariyasiga ko‘ra, urug‘lanmagan tuxumnnig o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, uning nafas olishi pasayganligi uchun murakkab holatda 
bo‘ladi. Urug‘lanish qobig‘ining qalinlashishi urug‘lanish yoki tuxum hujayralarni 
sun‘iy faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda toksin moddalar ham tuxum 
po‘stidan chiqib ketadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xaqiqatdan ham 
urug‘lanmagan tuxum murakkab holatda bo‘ladi. Ammo urug‘lanishdan keyin 
qanday qilib tuxum bunday holatdan chiqishi hozircha noma‘lum. 
J. Lyob nina tanlilarning tuxumini turli xil organik moddalar bilan 
faollashlirdi. Natijada tuxumning po‘sti erib ketib, tuxumning o‘zi nobud bo‘ldi. 
Baqa ikrasining po‘stiga igna bilan ta‘sir etganda rivojlariib, jinsiy voyaga yetgan 
baqa hosil bo‘lgan. Ana shularga asoslanib, lyob urug‘lanishni quyidagicha 
tushuntiradi: dastlab tuxum po‘stining ma‘lum joyi oksidlanish tufayli yemiriladi 
(undan spermatazoid tuxumning ichiga kiradi), keyin qandaydir omillar tuxum 
po‘stining hammasni yemirilishdan saqlaydi va normial nafas olishni tiklaydi. 


86 
42-rasm. Mikropile teshigining tuzilishi (O.F.Sakin, N.A.Buskoy, 1964 
bo‘yicha) A-sirt balig‘ining yetilgan oositini mikropile teshigi; B-osetr balig‘ining 
oositini mikropile teshigi; 1-biriktiruvchi to‘qimalardan iborat bo‘lgan qobiq; 2-
follikulyar qobiq; 3-substratga biriktiruvchi bo‘ngchalar; 4-radial qobiq; 5-ohirgi 
ujayra; 6-kortikal alveola; 7-sariqlik; 8-mikropile kanali; 9-yaltiroq qavat; 10-
mikropile teshigi; 11-kichik donador sariqlik; 12-pigment. 
XX asrnirig 50-yillarida amerikalik embriolog Geylbrun urug‘lanishda 
kalsiy katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Keyinchalik boshqa amerikalik 
tadqiqotchi Runstryom tuxum ustida fermentlaming faolligini pasaytinivchi modda 
borligini aytdi. Bulardan tashqari, urug‘lanishda lizosoma, mitoxondriya ham 
ishtirok etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin