Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
 
 
 
VI-BOB. IMPlANTASIYA VA EMBRIONNING PROVlZOR ORGANlARI 
 
Implantasiya 
 
Sut emizuvchilarda bachadonning shilliq qavatiga trofoblastlaring 
yaqinlashishi bilan implantasiya jarayoni boshlanadi. Embrionning bachadon 
shilliq qavatiga yopishishi implantasiya deyiladi. Implantasiya lotincha im -
ichkariga, plantare – yopishib joylashishdegan ma‘noni bildiradi. Implantasiya 
tufayli embrion ona organizmidan oziq modda bilan ta‘lminlanadi. Implantatsiya 
odam einbrionida urug‘lanishdan keyin 7 kun ichida sodir bo‘ladi (63-rasm).
Urug‘lanish sodir bo‘lgandan keyin zigota tuxum yo‘llaridan bachadoh tomonga 
harkatlanadi. Ana shu davrda embrion har xil noqulay sharoitlarga duch keladi. 
Bachadondagi bu noqulay sharoitlani l. Ibert(1968)quyidagicha izohlaydi: 
"Embrion ona organizmining himoyasiga olguncha, ya‘ni trofoblast orqali 
bachadonning shilimshiq qavatiga yopishguncha, bir hafta davomida tuxum


126 


127 
yo‘larida va bachadonda xavfli sayohat qiladi". Bu qiynchiliklarni Ibert suv osti 
kemasining muzliklar orasida yurishi bilan tenglashtiradi. Embrioning atrofidagi 
sharoit esa muzli suvdan ham murakkabdir. 
Umurtqali hayvonlarda tuxumning yetilishi va tuxumdondan chiqishi bir xil 
bo‘ladi. Ularda graaf pufakchasi yorilib, tuxum yo‘lining voronkasimon uchlari 
orqali tuxum yo‘liga o‘tadi. Ammo ba‘zi hayvonlarda bu umumiy sxemadan 
chetga chiqish sodir bo‘lishi mumkin. Jumladan, madagaskar qur tipratikanida 
graaf pufakchasi hosil bo‘lmaydi.Tuxum tuxumdondan chiqishi vaqtida tuxumdon 
to‘qimalari yumshaydi va tuxum qorin bo‘shlig‘iga suzib chiqadi. Bularda 
urug‘lanish tuxumdonda sodir bo‘ladi. Urug‘langan tuxum tashqi tomonga harkat 
qiladi. Tirik tug‘luvchi hayvonlarda urug‘llangan tuxum bachadonda taraqqiy eta 
boshlaydi. Har xil siit emizuvchilarda yetilgan va tuxumdondan chiqqan tuxumlar 
soni turlicha bo‘ladi. Janubiy Aflrikada yashaydigan sakrovchi degan 
kemiruvchining har bir tuxumdonidan 60 tadan tnxum yetiladi, ularning qaysi biri 
birinchi bo‘lib implantasiya sodir bo‘ladigan joyga yetib kelsa, o‘sa tuxum yashab 
qoladi va urug‘lanadi. Ko‘p bo‘la tug‘uvchi sut emizuvchilar {cho‘chqa, 
kemiruvchilar, yirtqichlar) ning tuxumdonidan birdaniga bir necha tuxum yetiladi. 
Ko‘pichilik tuyoqlilar va ayollarning tuxumdonlaridan navbati bilan bittadan 
tuxum yetiladi. Tuxum avval chap tuxumdondagi, keyin o‘ng tomondagi 
tuxumdondan yetiladi. Qoramollar va boshqa ba‘zi sut emizuvchilar tuxumdonida 
graaf pufakchalari yetilgandan keyin urg‘lochi va erkak individlar o‘zaro 
qo‘shiladi. Natijada normal urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Hayvonlaming 
ko‘payishga kirishish davri "jinsiy ov", esterus yoki "ov" deyiladi. Bir yilda bir 
marta ko‘payish imkoniyatiga ega bo‘lgan hayvonlar monoestralhayvonlar deb 
ataladi. Masalan, qoromolarda bu davr bir yilda bir kun davom etadi.bir yilda bir 
bir nechobar ko‘payish imkoniyatiga ega bo‘lgan hayvonlar poliestral 
hayvonlardeyiladi. Uy hayvonlarning yashash sharoiti yovvoiy hayvonlarga 
nisbatan qulay bo‘lgani uchun ularda tuxumning yetilishi doimo bir xil davrga 
to‘g‘ri keladi. Urug‘lanish sodir bo‘lmasa, bu davr yana takrorlanishi munkin. 
Yovvoiy hayvonlarda to‘yib ovqatlanmasligi va boshqa noqulay sharoitlar tufayli 
ko‘payish bir davrga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan yovvoi qo‘ylar bir yilda bir marta 
ko‘ paysa,honaki qo‘ylarda bir yilda takrorlanishi munkin. Ba‘zi sutemizuvchi 
hayvonlarda tuxmdondan tuxum yetilishi menstrual davrga to‘gri keladi bu davrda
urg‘ochi hayvoning erkak hayvonga intilishi kuchli bo‘ladi. Odamda tuxumdondan
tuxum yetilishi menstruasiya davrining o‘rtalariga, ya‘ni 28 kunning yarimiga 
to‘gri keladi. Ko‘pchlik sutemizuvchilarda menstrual sikl davrida bachodan shilliq 
qavatiga osonlik bilan o‘tishi uchun yaratilgani haqida fikirlar bor. B.M Petterning 
(1956) fikricha, menstruatsiyaning sodir bo‘lishi bachadoning embironni qabul 
qilmaganligiga ‖norozilik bildirganligi, umidi puchga chiqqanlgi‖,deb tushinish 
kerak.Chunki bachadonning embrionni qabul qilishga tayyorgarligi hech qanday 
natija bermaydi. Tuxum hujayraning ovulyasiyasi bilan tuxumdonda sariq tana 
bezi hosil bo‘ladi. Bunda asosiy vazifani bosh miyadagi gipofiz, gipotalamus 
bajaradi. Gipofizda ishlab chiqarilgan gonadotrop gormonlari tuxumdon foliyatini, 
tuxum hujayraning o‘z vaqtida yetilib chiqishini boshqaradi. Graf pufakchasinnig 
epiteliy hujayralaridan hosil bo‘lgan sariq tana bezi progestron gormonini ishlab 


128 
chiqaradi. Bu garmon bachadon bezlari sekresiyasining kuchayishiga olib keladi. 
Natijada bachadon shilliq qavati shishadi va zigotani qabul qilishga tayyor turadi. 
Bu garmoningi kkinchi ahamiyati tuxum yetilishini to‘xtatib turadi,homiladorlik 
vaqtida sut bezining parenxima hujayralari faoliyatini kuchaytiradi, sut hosil 
qilishga tayyorlaydi. Menstruasiyadan 11 kun o‘tgandan keyin bachadon shilliq 
qavatining qalinligi 2-3 mmga yetadi. 20 kungacha bachadonda gistolik 
o‘zgarishlar sodir bermaydi. Keyin bezlar notekis o‘zgarib,bachadon yo‘li 
kengayadi. Bachadonni qin bilan ta‘minlovch tomirlar soni ortadi 25-26-kunlarida 
bachadon shilimshiq qavati yuqori darajada o‘zgaradi. Bu bezlar cho‘ziladi, qon 
tomirlar qon bilan to‘ladi,shilimshiq qavatning qalinlgi 4-5 mmga yetadi,bachadon 
implantasiyaga tayyorlanadi. Tuxumdon garmonlari implantasiya bo‘ladigan joyni 
bo‘rtiradi.,undagi to‘qimani desdual to‘qimaga aylantiradi.Embrion esa 
implantasiyalanishni uchun trofoblast hujayralar hosil bo‘ladi. Bu hujayralar 
bachdoning shilliq qavatin buzadi,eritadi ,erigan hujayralarni fagositoz yo‘l bilan 
hazim qiladi va shu yo‘l bilan embirion hujayralarini oziqlantiradi. Bundan 
tashqari, trofobilastlar sanitarlik vazifasini ham bajaradi. Sutemizuvchilarda va 
parazit hashoratlarda 20 va undan ko‘proq blastomer hosil bo‘ lgandan keyin 
trofoblastlar hosil bo‘laddi. Maydalanish oxirida, morula davrida yirik blastosel
bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi. Embironning bu davrida balstosist deb ataladi. Blastosist
tashqi tomondagi blastomerlar trofoblast, ichki qisimdagilari esa emrioblast 
deyiladi va undan embrion hosil bo‘ladi. Bunda 4-5 ta hujayra hosil qilishga
qolganlari esa trofoblastlarni hosil qilishga sarflanadi. Trofoblast va embrion 
hujayralari orasidagi bo‘shliq keyinchalik blastosel bo‘shlig‘iga aylanadi. Bu 
bo‘shliqdadi bir to‘da hujayralarni blastodermik pufakcha deyiladi. Bu 
pufakchaning trofoblast qismi immunologik qiziqishga sabab bo‘ladi. 
Olimlarning fikricha, trofoblast hujayralari ona embrioni organizimlar o‘rtasidagi 
muozanatni saqlatadi va ona organizmdan har xil kasalliklarning embrionga 
o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi. 
Kalamushlarda 
implatsiya 
jarayoni 
quydagicha 
kechadi: 
kalamushlarning tuxum yo‘llarida urug‘lanish sodir bo‘lgandan keyin bo‘linish 
boshlanadi.4-5 kundan keyin embrion bachadonga o‘tadi va blastdermik pufakcha 
hosil qiladi. Bu vaqtda bachadonning ichki devori bir qavat epiteliy hujayralari 
bilan qoplangan bo‘ladi. 6 kunlik embrion implantsiyaga kirishadi. Primatlarda 
ovulyasiya menstruasiya jarayonida 14 kun oldin sodir bo‘ladi Agar tuxum 
hujayra urug‘lansa,3-4 kun davomida tuxum yo‘llaridan bachadonga o‘tishga 
harakat qiladi. Embrion bachadonga o‘tganda mo‘rula davrida bo‘ladi Shundan
keyin embrion bachadon bo‘shlig‘iga 3-4 kun saqlanadi . embrion tuxum yo‘lidan 
bachadonga o‘tgandan uning tashqi tomoni trofoblast bilan o‘ralgan, ichki qismi 
esa embroblastdan iborat bo‘lladi Bu embrionning blastodermik pufakcha davri 
hisoblanadi.Trofoblastlar orqali embrion bachadonning shilliq qavatiga
implantatsiya bo‘ladi. Primatlarda embrionning implantasiyalanishi ovulyasiyadan 
7-8 kun keyin sodir bo‘ladi. Ba‘zi olimlarning fikricha ,embrion ona organizimiga, 
ya‘ni bachadonga implantsiyalanib parazitlik bilan hayot kechiradi G. A Shmid 
fikricha, parazit xo‘jayin organizimiga kirib , undan oziq`lanadi va og‘ir 
kasalliklar keltirib chiqaradi. Xomildorlik esa normal fizioloik jarayon bo‘lib, uni 


129 
parazit deb bo‘lmaydi. B.P. Tokin quyonlarda embrion davrini o‘rganib, blastita 
bakteriyalariga qarshi kurash olib borishni aniqladi. Tajribalarda aniqlashicha , 
agar tuxumdoning ma‘lum qismi kesilsa yoki jarohotlansa, gipofiz garmonlari 
ta‘sirida o‘sha joyda desdual hujayralar hosil bo‘ladi. Yirik trofoblastlar
bachadoning epiteliy hujayralarini erituvchi moddalar ishlab chiqaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin