Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Nima blastosista bachadon devoriga implantatsiyalanadi?



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Nima blastosista bachadon devoriga implantatsiyalanadi?
Ko‘pchilik 
tadqiqotchilar .implantatsiya jarayoni blastosista va bachadon to‘qimalarning 
o‘zoro ta‘siri, deb tushinadilar. Ovulyasiya boshlanishi bilan bachadon tuxumdon 
va gipofiz bezi garmonlarning ta‘sirida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tuxum yo‘lida 
urug‘langan tuxum maydalana boshlaydi va blasdodermik pufakchaga 
aylanib,bachadon bo‘shlig‘ga tushadi. Shu vaqtda garmonlar ta‘siri tufayli 
bachadonda o‘zgarishlar bo‘lishidan tashqari, bachadon bilan blastosistaning 
o‘zaro aloqasi tufayli local o‘zgarishlar ham sodir bo‘ladi. Bachadoning embrionga 
yaqinlashgan joyida birikturuvchi to‘qimalari hujayralari desdual hujayraga 
aylanadi. Ular hajmining kattaligi ko‘p yadrolligi bilan farq qiladi. Ularda ko‘plab 
mitoz jarayonlari sodir bo‘ladi. Keyin desidual hujayralar qon kapilyari o‘sib kiradi 
va kengayadi, leykositlar kelishi ko‘payadi. Blastosista bachadon bo‘chlig‘ida 
ma‘lum vaqt erkin harakatlanib yuradi. Bu davr har xil sutemuzuvchilarda bir 
necha soatdan bir necha oygacha davom etadi. Masalan olmoxonlarda bir necha 
soat, odamda2-3 kun, suvsar, ayiq , zirihlilara bir necha oy davom etadi. Bu davr 
blastisista taraqqiyotidagi pauza davri deyiladi. Keyin blastsista bashadon shilliq 
qavatiga yopishdi va implatsiya sodir bo‘ladi. Implatsiya mchanizimi haqida
embriologiyada yagona fikir yo‘q. Implatsiya va yo‘ldosh hosil bo‘lishi
immunologik reaksiyalar asosioy vazifani bajaradi. 
B.P.Tokin va A.G. Filatova (1953) larning fikricha, rivojlanayotgan 
urug‘langan tuxum hujayra implatsiyagacha antibiolik moddalarga ega bo‘ladi. 
O‘z yo‘lidagi bakteriyani o‘ldiradi. Bu moddalar immunologik ahamyatga ega 
bo‘lib, ular bachadonda garmonlar ajralishida, lizis jarayonlarida, desdual 
reaksiyalar sodir bo‘lishida qatnashadi. 
E.V.Zibina 1957yil sichqonlarda embrion implantatsiyasining boshlang‘ich 
bosqichlarini o‘rgandi, Homiladorlikning 4-5 kunlarida embrion bachadon shoxi 
bo‘shlig‘da joylashadi. Bachadon shoxining ichki qismi bir qavatli epiteliy 
hujayralari bilan qoplangan. Embrion bu davrda xaltasimon ko‘rinishga ega 
bo‘lib, ichki qismi bo‘shliqdan iborat. 5kunda ham embrion bachadon devorining
epiteliy hujayralariga yopishmaydi, ammo ba‘zi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.. 
6- kunda bachadon epiteliy hujayralari bilan aloqada bo‘ladi. Mitoz bo‘linish 
tufayli troboblastlar soni ortadi. Blastisistaning bachadonga yopishgan joyida 
stoma hosil bo‘ladi. Va embrion o‘rnashib oladi. Trofoblast yirik bo‘lib , 
sinsitiy(yirik hujayralar) hosil qiladi va bir- biri bilan birlashib turadi. Bu vaqtda 
fagositar reaksiyalar sodir bo‘ladi.Trofoblastlar yemirilgan epiteliy hujayralari
hisobidan oziqlantiriladi, keyinchalik eritrositlar va leykositlar bilan oziqlantiradi. 
E.V Zibinaning bu tadqiqotlarning natijalari. Implantasiya davrida fagasitoz 
jarayonini sodir bo‘lishidan dalolat beradi. 
I.G.Mixaylova (1964) sichqonlar va quyonlarning homiladorlik davrida 
birlamchi trofoblastlar ikklamchi trofoblastlar bilan almashinishini va ikklamchi
trofoblastlar bilan almashinishini va ikklamchi trofoblastlar passiv bo‘lishini 
aniqladi. Uning fikricha, embrional taraqqiyot davrida yo‘ldosh hosil bo‘lganidan


133 
keyin fagositoz reaksiyasining faolligi pasayib boradi . aks holda , imunologik 
reaksiyalar embrion to‘qimasining nobud bo‘lishiga olib keladi. 
B.P.Tokin 1955 yilda aniqlashicha, implantasiya va ko‘plab fizologik 
jarayonlarda shamollash. . zarur va qonuniy hodisa hisoblanadi.Bu ,ayniqsa sut 
emuzuvchilarning ayruv organlari rivojlanishida, mezonefros va metanefros paydo 
bo‘lishida muhum ahamyatga ega. 
Immunologik reaksiyalar urug‘don va tuxumdoning normal faoliyat 
ko‘rsatishida ham muxum ahamyatga ega, Jumladan, N.A.Paxomova (1975) 
krablarda tuxumdoning holatini lichinka hosil bo‘lguncha va hosil bo‘lgandan 
keyin o‘rgandi. Lichinka hosil bo‘lgandan keyin oositlar ovuliasiyaga uchramagan 
oositlar yemirishinin aniqladi. Follikula va amyobasimon hujayralar nekroz 
strukturalarini fagasitoz yo‘l bilan nobud qiladi. 14-21-kunlarida tuxumdonda 
yallig‘lanish , lizis fagositoz ,oogoniylarning ko‘payishi va rivojlanishi, mitoz 
sonining ortishi sodir bo‘ladi .. Shu paytda tuxumdon amyobasitlar deposi 
vazifasini bajaradi. Oositlarda shakl hosil bo‘lishi intensivlashadi. Yallig‘lanish va 
liklallanish tuxumdonda 35kunda tamom bo‘ladi. Xudddi shunday jarayonlar 
hamma hayvonlarning spermatogenezida ham kuzatiladi. 
D.P.Filatov (1916, 1927) amfibiyalarda eshitish organlari rivojlanishini 
o‘rganish jarayonida eshitish xaltasi atrofiagi mexanizmida yallig‘lanishga 
o‘xshash jarayoni sodir bo‘lishini aniqladi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmasa, normal 
eshitish kapsulasi hosil bo‘lmaydi. Agar unda ekspermantal shamollash hosil 
qilinsa, bunday holatda ham normal eshitish kapsulasi hosil bo‘ladi. Shunday 
qilib,evolyusiya jarayonida yallig‘lanish jarayonida yallig‘lanish hodisasi 
rivojlanishning normal o‘tishiga olib kelgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin