135
2. Amniotalar tuxumi birlamchi, ikkilamchi,
uchlamchi qobiqlar bilan
qoplangan bo‘ladi.
Embrion hosil bo‘lgan dan keyin tezda u parda bilan qoplanadi. Bu parda
burma sifatida ektoderma va unga birikkan mezodermaning parietal qismidan
hosil bo‘ladi. Bu burmalar cho‘zilib embrioning
ustki qismi qoplab oladi va
burmalarning choki yo‘qolib, ular qo‘shilib ketadi. Natijada 2 ta ustma ust
joylashgan parda hosil bo‘ladi:Ichki , embrionga yaqin joylashganlagi amnion,
uning ustida joylashgan seroza yoki seroz parda deyiladi. Embrion bilan amnion
parda o‘rtasidagi bo‘shliq amnion bo‘shliq , amnion esa seroz o‘rtasidagi bo‘shliq
embrioning tashqi sellomi yoki ekzoselol deyiladi. Chunki bu bo‘shliq embrional
mezodermadan hosil bo‘lmagan. Amnion pardaning ichak bo‘shlig‘I
suyuqlik
bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu suyuqlik epiteliy hujayralarining maxsuloti bo‘lib,
kuchsiz ishqoriy muhutga ega. Amnion parda shu qadar tez o‘sadiki, homilaning
ikkinchi oyning oxirida uning bo‘shlig‘iga suyuqlik bilan to‘ladi.
Bu suyuqlik
miqdori ortib boradi va homiladorlikning oxirida 1,5-21 ga yetadi. Homila
suvning
tarkibida oz miqdorda tuzlar, oqsillar,hatto homila terisi va sochning
qoldiqlari ham uchraydi Bu suyuqlikning vazifasi quydagilardan iborat:
homilaning erkin rivojlanishi. Uchun zarur bo‘lgan muhut yaratadi. Bu suyuqlik
homila atrofidagi organik moddalar tarkibi va konsentratsiyasini tartibga solib
turadi. Homila suyuqligi homilaning erkin holda rivojlanishiga yordam beradi, turli
mexanik ta‘sirlardan himoya qiladi. Yo‘ldosh va kindik yo‘lini homila tomonidan
zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tug‘ush jarayonida homila pardasi yorulgancha
tug‘ush yo‘lllarini kengaytiruvchi mexanik ahamyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: