Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
 
 
 
 
 
64-rasm Ko‘rshapalakning morula (A) va blastosistasi (B). e.t – embrion 
tanachalari; trofoblast (B.I.Bakinskiy, 1965 bo‘yicha). 
 
Quyon tuxumining ma‘lum joyi ishqoriy muhutga ega bo‘lib, shu joy 
bilan bachadon devoriga yopishadi. Embrionning implantatsiya qilinadigan joyini
oldindan aniqlash munkinligini Vimsot(1944) o‘z tajribalari orqali isbotlagan edi. 
Implantasiya bo‘ladigan joyda epiteliy hujayralari buzilib, unda qon tomirlar 
ko‘payadi.Embrion bachadoning shu yo‘liga yopishadi . Implatsiya embrionning 
qon tomirlari zich joylashishi oziq moddalarni assimilyasiya qilish va karbonat 
angidrid gazini ona qorniga o‘tkazishi uchun zarur. Bu gazning konsentrasiyasi 
ona qorniga nisbatan embrionda 3 marta ko‘p bo‘ladi. 
Implantatsiya turlari. 
Sut emizuvchilarda implantasiyaning uch turi mavjud: 
sentral, ekssentral, interstisial. 
Sentral implantatsiya juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, tovushqonsinmonlar va 
boshqa hayvonlarga xos bo‘lib, ularda blastosista bachadonnig shilliq qavatiga 
kirmaydi, uning bo‘shlig‘ining markazida joylashadi. 
Ekssentrual implantatsiya sichqonlar , kalamushlar va boshqa qo‘shoyoqlarda 
uchraydi. Bularda blastosista bachadoning bo‘shlig‘idan kirib tanasiga o‘tib, 
implatsiya kamerasini hosil qiladi Keyinchalik o‘suvchi desdual hujayralr 
implantasiya kamerasi bilan bachadon bo‘shligi‘ orasini yopadi. Embrion
bachadon devorining shilliq epiteliy hujayralarini eritib ,birikturuvchi to‘qimaga 
yetadi va implantasiya sodir bo‘ladi, 


130 
Interstisial ko‘rshapalaklar, qum sichqonlar va primatlarga xos bo‘lib, ularda 
blastosista bachadon yorig‘dan uning shilliq qavatini buzib birikturuvchi to‘qimaga 
yetadi. Ularning bachadonida kripta bo‘lmaydi. Sudralib yuruvchlar tuxumida 
sariqlik moddasi ko‘p bo‘ladi. Ulardan kelib chiqqan sutemizuvchilar tuxumida 
esa sariqlik moddasi yanada ko‘proq bo‘lishi kerak edi. Evolyusiya jarayonida sut 
emizuvchilar embrion taraqqiyoti yanada uzoqroq davom etadigan bo‘ldi. 
Tuxumininig sariqlik moddaga boy bo‘lishi fiziologik va ekologik jihatdan faqat 
yirik 
hayvonlarga 
xosdir. 
Chunki 
sudralib 
yuruvchilar
mostodenazavr,diplodok,braxiazavr kabi yirik hayvonlardan kelib chiqqan. 
Birlamchi sutemizuvchilar uncha yirik bo‘lmagan va shunga mos holda tuxumlari 
kichik bo‘lgan. Buning sabablari quydagilar:
1. tuxumdagi sariq moddasi va qisman oqsil modda sifatida embrionga o‘tadi.Bu
moddalar tuxum hosil bo‘lishi davrida unga yig‘ladi.Bu esa tuxumdondagi tuxum 
hajmiga ta‘sir etmaydi. Bunday tuxumlar sudralib yuruvchilar va qushlarda 
bo‘ladi. 
2.Oqsil sariqlik moddasidagi asosiy modda bo‘lib qoladi. Bunday tuxumlar
yomg‘ir chuvalchaningi va qopchiqlilarda bo‘ladi.
3. Implatsiyadan keyin embrion bachadon hisobidan oziqlanadi. Bunday 
oziqlanish chayonlarda, yo‘ldosh sutemizuvchilarda bo‘ladi. Va bachadonda 
embrion rivojlanishi uchun cheksiz qulay imkoniyatlar yaratiladi. Shuning uchun 
tuxumdondagi tuxumda oziq modda kam to‘planib,tuxum kichik bo‘lib qoladi. 
Sutemizuvchilar bachadon tuzilishining xilma xilligi embrionning normal 
rivojlanishi uchun moslanishdir .Jumladan, kemuruvchilar turkumining vakillari 
yer sharida verlikal va gorizantal jixatidan juda keng tarqalgan bo‘lib, yashash 
sharoitiga 
morfologik 
jixatdan 
yuqori 
darajada 
moslashgan. 
Natijada 
kemiruvchilarda shakl hosil bo‘lish evolyusiyiyasi turli yo‘llar bilan borgan. Ba‘zi 
hayvonlarda turning saqlanib qolishi ko‘payishning hisoboga amalga oshadi. 
Yashash sharoitiga qarab bir –biridan morfologik jixatdan farq qiladigan 
kemuruvchilar bachadoning tuzilishini solishtirib o‘rganish ko‘plab ma‘lumotlar 
beradi. Seversov qo‘shoyog‘i, kichik qo‘shoyoq, katta qumsichqon,turkiston 
kalamushi,jayra, o‘rmon sichqoni va o‘rmon olmaxoni 4ta oilaga kiradi.Jayra erta 
bahorda ko‘payishga kirishadi va bolalari mart oyining oxirida indan chiqa 
boshlaydi, bir yilda1-3ta bo‘la tug‘shi munkin. 
O‘rmon olmaxoni bahorda uyqudan uyg‘onadi va 2-4ta bola tug‘adi. O‘rmon 
sichqoni bir yilda bir necha bor ko‘payib,bir martada o‘rtacha 3-5 bo‘la tug‘adi 
Turkuston kalamushu har bir tug‘ishda 7-9 bo‘la tugi‘shi munkin Seversov 
qo‘shoyog‘ o‘z dushmanidan ustalik bilan yashirina oladi. Va bir yilda bir marta 
ko‘payib,o‘rtacha 3-4ta bo‘la tug‘adi, Kichik qo‘shoyoq sekin yuguradi va bir 
yilada 2 marta ko‘payib, har bir martada o‘rtacha 1-4ta bola tug‘adi. Katta
qumsichqon koloniya bo‘lib yashaydi va bir yilda 2-4marta ko‘payib ,15tagacha 
tuxum qo‘yishi munkin. Jayra,Seversov qo‘sh oyog‘i , o‘rmon olmoxoni yashash 
sharoitiga ko‘proq moslashgan bo‘lib, bir yilda 1 marta ko‘payadi. Ular 1tadan 4 
tagacha bola tug‘ushi munkin. Koloniya bo‘lib yashovchi kemuruvchilar yil bo‘yi 
ko‘payib,bir tug‘ushda o‘rtacha 8ta bola tug‘adi. Ko‘payish intensivligi bachadon 
tuzilishiga ham bog‘liq, Jayra bachadoni qin,bachadon tanasi, embrion 


131 
rivojlanadigan bachadon shoxchasidan iborat. O‘rmon olmaxonining bachadonini 
shunga o‘xshash bo‘lib,ularda bachadon tanasi birmuncha uzunroq bo‘ladi .Agar 
bachadon 30mm uzun bo‘lsa, bachadon tanasinig uzunlig 12mm tashkil etadi. 
Kemuruvchlar bachadonning tuzilishi uning necha marta ko‘ payisi va bir 
marta ko‘payganda nechta bo‘la tug‘ishiga bog‘liqdir.
Evolyusiya jarayonida turning saqlanib qolishi ba‘zi hayvonlarda morfologik
belgilarning rivojlanishi va ko‘payishining intensivlashuvi bilan bog‘liq. 
Bachadon tuzilishining o‘zgarishi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ammo
bachadonning rivojlanishi aromorfoz emas. Kemuruvchilar yashab qolishi tez 
ko‘payish yo‘li bilan amalga oshagan Ayrim hayvonlarodam bachadoni bir shoxli 
bo‘lib, ularning embrioni bachadonda yaxshi saqlanadi.hayvonlarda har xil 
morfologig moslanishlar bo‘lgani sababli ularning bachadoni ham har xil tuzilgan. 
Masalan ikkta bitta bachadonli ikki shoxli, bir shoxli bachadonlar farqlanadi. 
Ikkta bachadoning har bir shoxi alohida –alohida qinga ochiladi. 
65–rasm. Har xil sutemizuvchilarda bachadon tiplari (B.Karlson, 1983 boyicha). 
A-
ikktali ( xaltalilarda); B- ikki bo‘limli( ba‘zi kemiruvchilarda); V- ikki shoxli
(ko‘pchilik tuyoqlilar va yirtqichlilarda ) ; G – oddiy ( primatlarda). 1- tuxum 
yo‘li; 2- bachadon; 3-qin. 
Bunday bachadon ba‘zi kemuruvchilar, ko‘rshapalaklar va fillarda bo‘ladi. Ayrim 
shoxli bachadoning shoxlari qinga ochiladigan birlashib, bitta bachadonga 
aylanadi. Bunday bachadon ba‘zi kemiruvchilarda, ko‘rshapalaklarda bo‘ladi. 


132 
Ko‘rshapalaklarning bachadonni ikki shoxli bo‘lsa ham, chap tuxumdonda 
yetilgan tuxum bachadonning o‘ng shoxchasiga o‘tishi munkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin