Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

5. Tartibsiz bo’linish.
Kiprikli chuvalchanlarning ba‘zi vakillari, bahorda 
ko‘ndalangiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Oldin chuvalchang gavdasining 
o‘rtalaridan bo‘linish halqasi hosil bo‘ladi. Keyin orqa qismi uchun og‘iz hosil 
bo‘ladi. Qiz individlarning ajralishidan oldin ularda ham bo‘linish halqalari hosil 
bo‘ladi va ularda ham shu jarayon takrorlanadi. Masalan, oq planariyaning gavdasi 
279 bo‘lakka ajratilganda har bir bo‘lakdan yangi organizm paydo bo‘lgan. 
lentasimon chuvalchanglar lichinkashiing skoleksi pufak ichida kurtaklanib, 
yangi skoleks hosil qiladi. Keyin bu skolekslar ona skoleksdan ajralib, yangi pufak 
hosil qiladi. Shunday qilib, bitta onkosfera lichinkasidan bir necha parazit 
strobilasi, ya‘ni jinsiy voyaga yetgani organizm hosil bo‘lishi mumkin. 


17 
3-rasm. Yaydoqchi (Ageniaspis fusciollis) da poliembrioniya hodisasi 
(B.P.Tokin, 1987 bo‘yicha). 
A-umumiy ko‘rinishi; B,V-poliembrioniya va uning bosqichlarining 
boshlanishi. 1-biriktiruvchi to‘qimali kapsula; 2-trofamnionning ichki qavati; 3-
trofamnionning tashqi qavati; 4-embrionlar; 5-paranukleus. 
4-rasm. Mshankalarda poliembrioniya hodisasi (E. Korshelt, K.Xayder, 1910 
bo‘yicha). 
A-Crisia occidentalus ning follikulyar hujayralar o‘ralgan morulasimon 
birlamchi ambrioni; B- C.edernea da birlamchi embrionning ikkilamchi embrionga 
aylanishi; V-S. edernea ning ikkilamchi embrioni va har hil lichinkalari. 


18 
5-rasm. Tofusia novemcita da poliembrioniya hodisasi. To‘tta normal 
embrion ko‘rinib turibdi ( X.Nyumen, D.J.Petterson, 1910 bo‘yicha). 
Zamburug‘ hujayralari va ba‘zi suv o‘tlari bir-biri bilan birikib, sochsimon 
iplarni hosil qiladi. Bularning hujayralari uchki tomondan ilgarilab o‘sadi. 
Hujayraning orqa tomonida uchki tomonining o‘sishliga qarab ko‘ndalang to‘siqlar 
hosil bo‘ladi. Bu to‘siq navbatdagi hujayrani chegaralab turadi, ammo hujayra 
uchki qismining o‘sishi davom etadi. O‘simliklarning uchki qismidagi o‘suvchi 
hujayralar tez-tez ikkiga bo‘linib ko‘payadi. Ular keyinchalik o‘sib, tarnoqlarga 
ajraladi. 
Ba‘zi zamburug‘larning hujayralari bo‘linmasdan o‘sadi. Masalan, 
mikomiset zamburug‘lari ko‘ndalang to‘siqlarsiz, shoxlanuvchilar hosil qilib 
o‘sadi.Bu iplar ajralmaydigan naylar hosil qilib, uning ichida yadrolar soni ko‘p 
bo‘ladi. Nayinng ichidagi yadrolar atrofi sitoplazma bilan o‘ralgan bo‘ladi, Bunda 
o‘sish ipning uchki qismi orqali amalga oshadi. 
Hujayrasiz 
organizmlarda 
sirkulyasiya 
xususiyatini 
sitoplazmaning 
to‘lqinsimon harakati amalga oshiradi. Organizm o‘sadi, yadro bo‘linadi, keyin 
ko‘ndalang devorlar hosil bo‘lmaydi. Mexanik kuchlanish natijada bunday 
shaklsiz, amorf massa parchalarga bo‘jinsa, ba‘zilarida o‘z holicha o‘sish davom 
etaveradi. 
Ba‘zi hasharotlar rivojlanayotgan tuxumining dastlabki bos-qichlarida
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Otalangan yadro bo‘linadi, sariqlik hisobidan 
sitoplazma miqdori ortadi, lekin hujayra membranasi hosil bo‘lmaydi. Keyin 
membrananing sintezlanishi boshlanadi. Yadro sitoplazma bilan o‘ralgandan keyin, 
hujayralararo to‘siqlar hosil bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin