Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Regenerasiya hodisasi 
Regenerasiya deyilganda, organizmning yo‘qolgan qismlarining - 
hujayralarining, to‘qimasining, organnnig bir qismining, yoki hamma qismining 
o‘z-o‘zidan qayta tiklanishi tushuniladi. Regenerasiya lotincha regeneratio - 
tiklanish degan ma‘noni bildiradi. Sut emizuvchilar terisining shikastlangan 
qismining, o‘simlik bargining yo‘qolgan qismining qayta tiklanishi, regenerasiya 
hisoblanadi. Regenerasiyani somatik embriogenezdan farqlash uchun olimlar 
morfataksis, restitusiya, multipolyar forma tenninlarini taklif etishdilar, ammo bu 
terminlar hozircha regenerasiya terminining o‘rnini bosa olmaydi. 
Regenerasiyaning 2 turi farqlanadi: 
1. Fiziologik regenerasiya. To‘qima va organlar hujayralarining yangilanish 
jarayoni, fiziologik regenerasiya deyiladi. Fiziologik regenerasiya paytida terining 
epiteliysi, soeh, tirnoq yangidan paydo bo‘ladi, o‘sadi. Odam terisining epidermis 
qavati har 7-11 kunda, eritrositlar 2-4 oyda butunlay yangilanadi. Ayrim hayvonlar 
ba‘zi organlarining o‘z-o‘zidan, zaruriyat paytida tashlab yuborishi, avtotomiya 


22 
deyiladi. Kaltakesakning dumini tashashi va uning yana tiklanishi bunga misol 
bo‘ladi (grekcha autos - o‘zi, tome - tiklanish). 
Hujayralar sonining bo‘linish orqali tiklanishi, proliferativ regenerasiya deyiladi. 
Ayrim to‘qimalarda maxsus kombial hujayralar va proliferasiya markazi bor. Bu 
ingichka ichak epiteliy qavatining uchki qismi, suyakning bosh qismi, teri 
epiteliysining proliferativ qismi hisoblanadi. 
Proliferasiya intensivligini, mitoz bo‘linishning soniga qarab bilish mumkin. 
Mitoz jarayonning o‘zi 1 soat davom etadi. Somatik hujayralarda mitoz sikli esa 
22-24 soat davom etadi. To‘qima, yoki organni tashkil etadigan hujayralar qancha 
vaqtda almashishini, yoki qayta tiklanishini shundan bilish mumkin. 
Aniqlanishicha, sutkaning har xil vaqtida hujayraning bo‘linish tezligi turlicha 
bo‘ladi. Shu yo‘l bilan, hujayraning bo‘linish ritmi (maromi) aniqlangan. Sutkalik 
ritmni, jumladan, mitodik faollikni o‘rganadigan biologiyaning sohasi 
xronobiologiya hisoblanadi. Xronobiologiya usullari yordamida mitodik faollik 
mexanizmlari va uning boshqarish vositalarini o‘rganish hamda tibbiyotda 
foydalanish mumkin. Hujayralar almashinishining sutkalik ritmidan tashqari, yiltik 
ritmi ham bor. 
Shunday qilib, fiziologik regenerasiyaning yemrilish va tiklanish davrlari 
farqlanadi. Fiziologik regenerasiya yuksak hayvonlar organizmida intensiv sodir 
bo‘ladi. Chunki ularning organizmida fiziologik jarayonlar, intensiv ketadi. 
2. Reparativ regenerasiya. Organizmning zararlangan yoki jarohatlangan 
qismining tiklanishi, reparativ regenerasiya deb ataladi. 
Organlarning zararlanishi, jarahatlanishi, tiklanishi turlicha bo‘ladi. Mexanik 
jarohatlar, zaharli moddalardan zaharlanish, kuyishlar, sovuq urishi, nurlanish, och 
qolish va boshqalar zararlovchi omillar hisoblanadi. Ch.Darvin shilliq qurtlar bosh 
qismi, salamandralar ko‘zi, dumi va oyoqlarining jarohatlangan joyini tez 
tiklanishini kuzatgan. Butun organizm gavdaning ma‘lum bir bo‘lagidan, ya‘ni 
somatik 
hujayralaridan 
iplanishi 
mumkin.Bunday 
hodisa 
burutlar 
va 
kovakichlilarda yaxshi taraqqiy etgan. Shvesiyalik tabiatshunos A.Traamble 
gidrani maydalab, un elaydigan elakdan o‘tkazib suvga tashlaganda, har bir 
bo‘lagidan gidra taraqqiy etishini "Kovakichlilar haqida memuar" (1744) asarida 
bayon qilgan. 
Reparativ regenerasiyaning bir necha turi bor: 
Epitelizasiya. Yaraning bitishi jarayonda epiteliy qoplami birdaniga hosil bo‘ladi, 
ya‘ni epitelizasiya sodir bo‘ladi. Sut emizuvchilarda yaraning epiteliy qavatining 
bitishi, quyidagicha bo‘ladi (9-rasm). 
Yaraning chetidagi epiteliy hujayralarining ko‘payishi va hujayralar 
orashning kengayishi hisobidan shishadi. Fibrin iplari epidermis hujayralarining 
ichkariga kirishi uchun substrat vazifasini bajaradi. Bu hujayralar mitoz yo‘li bilan 
ko‘paymaydi, ammo fagositoz hususiyatiga ega. Qarama-qarshi tomonlardagi 
hujayralar qo‘shilib, keratinizasiya sodir bo‘ladi. Shundan keyin, mitoz sodir bo‘la 
boshlaydi. Chunki keyin kam bo‘ladi. 
Epimorfiz - qirqilgan organning qayta tiklanishidir. Triton va aksolotlning 
qirqilgan oyoqlarining tiklanishi o‘zganilgan. Bunda regressiv va progressiv 


23 
9-rasm. Sut emisvchilarda teri jarohati epitelizasiyasining sxemasi (V.N.Yarigin va 
bosqalar, 1999 bo‘yicha). A-nekrotik to‘qima tagidan epidermis o‘sishining 
boshlanishi; B-epidermis o‘sishi va yara ustining qotishi. 1-biriktiruvchi to‘qima, 
2-epidermis, 3-yara ustining qotishi, 4-nekrotik to‘qima.
bosqichlar farqlanadi. Regressiv bosqich yaraning bitishidan boshlanadi va 
quyidagi bosqichlar sodir bo‘ladi: qon to‘xtashi, yara atrofidagi to‘qimalarning 
qisqarishi, yara ustki qatlamining hosil bo‘lishi, epidermis hujayralarming 
migradsiyasi. Shimdan keyin osteosit hujayralarning yemirilishi boshlanadi. Shu 
vaqtda yallig‘lanish va fogositoz jarayonlari ham boshlanadi. Keyin epidermis 
ostida biriktinivchi to‘qimadan iborat bo‘lgan qatlam hosil bo‘ladi. Suyakda 
eroziya kuzatiladi. Epidermis tez qalinlashadi. To‘qimalar orasi mezenximaga 
o‘xshash hujayralar bilan to‘ladi. Bu regenerasion blastema hosil bo‘lishidir. 
Blastema hujayralari bir xil bo‘lib, shu davrdan oyoqning regenerasiyasi 
boshlanadi. 
Shundan keyin, progressiv bosqich boshlanadi. Bu davrda o‘sish va 
morfogenez jarayonlari sodir bo‘ladi. Blastermaning massasi va bo‘yi tez 
kattalashadi. Oyoq shakli hosil bo‘lganda ham, uning bo‘yi qisqa bo‘ladi (I0-rasm). 
Oyoqning to‘liq tiklamshi, hayvoning yoshiga, haroratga bog‘liq. Aksolotl 
lichinkasida qirqilgan oyoqlar 3 haftada, jinsiy voyaga yetgan triton va aksolotlda 
1-2 oyda tiklanadi. 
10-rasm. Triton oyogining regenerasiyasi (A.I.Zdruykovskaya, 1944 
bo‘yicha). 
A-operasiya sxemasi; B-oyog‘I regenerasiyalanayotgan triton; 1-4-
qirqiladigan joy; 5-lokal rentgendan keyin qirqilgqn oyoq; 6-rentgen nuri ta‘sir 
ettirilmasdan qirqilgan oyoq. 


24 
Epimorf regenerasiyada qirqilgan organ, oldingidek normal holda 
tiklanmaydi. 
Ba‘zan regenerasiya davrida qo‘shimcha organlar hosil bo‘ladi. Agar
planariyaning bosh qismi kesib tashlansa, ikki yoki undan ortiq bosh qism o‘sib 
chiqadi (11-rasm). Aksolotl oyog‘ining regenerasiyasi davrida ko‘plab barmoqlar 
hosil bo‘lishi mumkin. 
11-rasm. Ko‘p boshli planariya (V.N.Yarigin va boshqalar, 1999 
bo‘yicha). 
Morfataksis - regenerasiyaga uchragan joyinng qayta qurilishi tufayli 
tiklanishidir. Masalan, gidra yoki planariya gavdasining bir qismi qayta qurilib, 
butun organizmi tiklanadi. Regenerasiyaning bu turini T.Morgan 1900 yilda 
aniqlagan. 
Uchki va tashqi organlar regenerasion va konpensator gipertrofiya yo‘li 
bilan tiklanadi. Regenerasion gipertrofiya- shikastlangan yoki patologik jihatdan 
o‘zgargan toq organlarning morfofunksional jihatdan qayta qurilishidir. Bunda 
organning oldingi holati tindanmaydi, ammo hajmi va massasi ortadi Kompensator 
gipertrofiya juft organlardan (buyrak, urug‘don) birini olib tashlangandan keyin, 
ikkinchisining morfo funksional qayta qurilishidir. 
Jarohatlangan yoki zararlangan to‘qimaning tiklanishi, to‘qima regenerasiyasi 
deyiladi. Muskul to‘qimasining tiklanishi uchun, uning har ikkala uchining ozroq 
bo‘lsa-da qismi saqlanib qolgan bo‘lishi lozim, suyakning tiklanishi uchun esa, 


25 
uning ustki qismi saqlanib qolishi kerak. Induktor ta‘sviri yordamida, uchki 
organlar tiklanishiga erishish mumkin. 
Regenerasiya jarayonini o‘rganish faqat jarohatning tashqi tomondan 
tiklanishi emas, balki bunda ayrim nazariy muammolar ham borligini 
ko‘rsatmoqda. 
Aniqlanishicha, ainfibiyalarning oyog‘i qirqilgandan keyin, regenerasiya 
davrida elektrik faollik ortadi. Baqaning qirqilgan oyog‘i orqali elektr toki 
o‘tkazilganda, regenerasiya jarayoni faollashganligi, nerv tolalari ko‘payganligi 
aniqlangan. 
Sut emizuvchilarda shu yo‘l bilan regenerasiya jarayonini faollashtirishga 
urinish natija bermagan. 
Regenerasiya jarayoni nerv sistemasi orqali boshqariladi. Oyoqni qirqayotganda 
to‘liq denervasiya qijinsa, regenerasiya sodir bo‘lmagan. Tritonning oyoq netvlari 
terining ostiga joylashtirilsa, qo‘shimcha oyoqlar hosil bo‘lgan. Agar bu nerv tolasi 
dummng asosiga olib borilsa, qo‘shimcha dum hosil bo‘lgan. Bu tajribalarning 
natijalariga asoslanib, "regenerasiya maydoni" gipotezasi yaratildi.Bu gipotezaga 
ko‘ra, regenerasiya jarayonini kuchaytirish uchun nerv tolasi sonini ko‘paytirish 
lozim. Nerv tolasi tipining farqi yo‘q. Regenerasiya jarayoniga nerv tolasining 
ta‘svirini trofik vosita orqali tushuntirilmoqda. 
Shuningdek, regenerasiya jarayoni gumoral yo‘1 bilan ham boshqariladi. 
jigar regenerasiyasi bunga misol bo‘ladi. Agar normal hayvonga jigari olib 
tashlangan hayvonning qoni, yoki plazmasi quyilsa, normal hayvon jigarida 
mitotik faollik ortadi. Agar normal hayvon qortini jigari zararlangan hayvonga 
ko‘yilsa, mitoz sekinlashadi. Xulosa chiqarish mumkinki, zararlangan hayvon 
qonida regenerasiya jarayoni tezlashtiruvchi, normal hayvon qonida esa mitozni 
sekinlashtinivchi modda bor. Demak, bunda qonning immunologik xususiyatlarini 
inobatga olish kerak. Organlarni olib tashlash, yoki boshqa ta‘sirlar organizmning 
immunologik imkoniyatlariga ta‘sir etadi, auloantitelo hosil bo‘ladi, hujayra 
bo‘linishiga ta‘sir etadi. 
Somatik embriogenezdan regenerasiyaning farqi shundaki, regenerasiya 
paytida organizmning biror qismni yo‘qolsa ham, u hayotiyligini davom ettiradi. 
Somatik embriogenezda esa bitta, yoki bir necha hujayradan yangi organizm paydo 
bo‘ladi. 
M. A. Voronsova, L. D. Liozner (1957) jinssiz, jinsiy ko‘payish va 
regenerasiyani o‘zganib, ularni 3 xil ko‘payish usuli, deb ataganlar. Regenerasiya 
davrida diflerensiasiya, determinasiya, o‘sish, integrasiya va boshqa embrional 
rivojlanish davrida sodir bo‘ladigan jarayonlar kechadi. Ammo regenerasiya 
davrida sodir bo‘ladigan bu jarayonlar ikkinchi marta, ya‘ni jinsiy voyaga yetgan 
organizmda sodir bo‘ladi. 
jinsiy ko‘payishi hayvonlar evolyusiyasi jarayonda tuzilishi jihatdan, quyidan 
yuqoriga bo‘lgan sari kamayib borgan. Yuqori bosqichda turgan hayvonlarda 
uchraydigan jinsiy ko‘payishni, (ba‘zi baliqlarda, kurkada) evolyusiya jarayonda 
paydo bo‘lgan ikkilamchi hodisa, deb qarash kerak. Regenerasiya eng qadimgi 
jarayon bo‘lib, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonda to‘qimalaming 
jarohatlanishi va tiklanishi shart. Tirik organizmlar dastlab bir hujayrali va sodda 


26 
tuzilishga ega bo‘lgan. Regenerasiya evolyusiya jarayonda ana shu 
organizmlarning kelib chiqishi va murakkablashuvi natijada paydo bo‘lgan va 
rivojlangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin