36
15.
Ko‘payishnnig qanday ahamiyati bor?
16.
16. Egizaklar qanday paydo bo‘ladi?
17.
17. Qo‘shaloqli mayiblar qanday paydo bo‘ladi?
II-BOB. JINSIY ORGANLARNING TUZILISHI VA GAMETOGENEZ
Hujayralar klassifikasiyasi.
Erkak va urg‘ochi organizmlarni tashkil
etuvchi
hujayralarning bir qismi, yana jinsiy bezlarni tashkil etadi. Bu jarayon
minglab
yillar davomida, avloddan avlodga o‘tib kelaveradi. Hujayralarning ana
shu qatorini A. Veysman "Homila yo‘li", bunday hulayralarmng o‘zini esa
generativ
hujayralar, yoki organizmning generativ qismi deb atadi (generasiya-
ko‘payish). Organizmni tashkil etadigan boshqa hujayralarnnig hammasini,
somatik hujayralar deb atadi (soma - tana).
Homila yo‘li
hujayralarining bir qismi, navbatdagi jinsiy hujayralarni hosil
qiluvchi hujayraga aylanadi.
Shuning uchun, Veysman bu hujayralarni
"o‘lmaydigan hujayralar" deb atadi. Somatik hujayralar to‘qima va organlani hosil
qiladi, organizm o‘lsa, bu hujayralar ham o‘ladi.
Shuning uchun ulami Veysman
"o‘ladigan hujayralar" deb atadi. Shunday qilib,
tirik organizmlarni tashkil
etadigan hujayralar ikkita guruhga bo‘linadi: 1) jinsiy (generativ) hujayralar.
Bularga tuxum va urug‘ hujayralar kiradi, ular individning jinsiy ko‘payishni
ta‘minlaydi; 2)
somatik hujayralar, butun gavdani tashkil etadigan hujayralar
to‘plamidan iborat bo‘lib, ular jinsiy hujayraning
himoya va oziqlanishini
ta‘minlaydi.
Jinsiy organlar
Jinsiy organlarning ikkita muhim fiziologik vazifasi bo‘lib, birinchidan, ular
jinsiy hujayralar-gametalar (tuxum hujayra va spermatozoid) hosil bo‘lishini
ta‘minlasa, ikkinchidan, jinsiy hujayralar va jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradigan
gormonlar ishlab chiqaradi. Jinsiy organlar 2 xil bo‘lib, jinsiy hujayralar
rivojlanadigan bezlar (tuxumdon va urug‘don) va jinsiy hujayralar o‘tadigan
yo‘llardan iborat.
Dostları ilə paylaş: