Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Egizaklar
. Tuxumdondan ikkita tuxum hujayra yetilib, urug‘lanish natijada 
normal embrion rivojlanishi mumkin. Bunday egizaklar, ikkita tuxumdan 
rivojlangan egizaklar hisoblanadi. Ular bir xil, yoki har xil jinsli bo‘lishi mumkin. 
Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar, bitta tuxum hujayraning urug‘lanishdan 
paydo bo‘ladi. Ular embrion rivojlanishning dastlabki davrida, ma‘lum hujayralar 
guruxining bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan fiolda bo‘linishi jarayonda, ularning 
aloxida-alohida to‘dalarga ajralishi tufayli paydo bo‘ladi (13-rasm). Bir tuxumdan 


32 
rivojlanadigan egizaklar bir bo‘ladi. Ko‘pchilik tuban umurtqali hayvonlarda 
blastomerlarning oddiy bo‘linishi orqali egizaklarning hosil bo‘lishini, tajribada 
sinab ko‘rish mumkin. 
Sut emizuvchilarda bo‘linayotgan tuxumni bo‘laklarga ajratib bo‘lmaydi, 
chunki u morula bosqichiga o‘tib, zich qobiq bilan qoplanadi. 
Zirhlilarda hujayralar to‘plamining bir-biridan ajralishi tufayli doimo 4 ta 
egizaklar paydo bo‘ladi. Bunday qo‘shaloqlarni hosil qiladigan embrion 
pufakchaiari sut emizuvchilarda, qushlarda va repteliyalarda bir-biridan uzoqroqda 
joylashadi. Shuning uchun, ular rivojlanishi jarayonda bir-biriga to‘sqintik 
qilmaydi. Har bir ajralgan hujayralar to‘plami alohida embrionni hosil qiladi, 
13-rasm. Bir tuxumdan egizaklar poydo bo‘lish yo‘lari (B.Karlson,1983bo‘yicha). 
A-maydalanishning dastlabki davrida blastomerlar ikki guruhga bo‘linib, ikkita 
mustaqil embrion rivojlanishi;B-rivojlanishning keyingi bosqichlarda ichki 
xujayralar (1) ikki guruhga ajralib,trofoblastdan tashkil topgan (2) bir qobiq ichida 
embrion rivojlanishi.V-agar ichki hujayralar to‘liq ajralsa,qo‘shaloqli egizaklar 
paydo bo‘ladi. 
undan esa aloxida organizm rivojlanadi. Egizaklar paydo bo‘lishi, hozircha sir 
bo‘lib qolmoqda. Ularning kelib chiqishi har xil bo‘lishi mumkin. Egizaklar ikkita, 


33 
yoki bitta tuxumdan rivojlangan bo‘lishi mumkin. Uchta egizaklar 3 ta tuxumdan, 
yoki ikkitasi bitta tuxumdan rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bunday egizaklar 
statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, quyidagicha bo‘lishi mumkin. 
1968 yilda Angliyada birinchi marta Birmingem shahrida 6 nafar egizak 
tug‘ildi. Ulardan 2 nafari o‘g‘il, 4 nafari qiz bo‘lib, onalari pushtsiztikka qarshi 
preparat bilan davolangan. Egizaklar tug‘ilishiga shu dori sabab bo‘lgan, deb 
taxmin qilingan. 1971 yilda Gdanskda egizak tug‘ildi. Kaliforniyada egizak tuqqan 
ona, bolalarining otasini aniqiash uchun shunga murojaat qilgan. Bolalar qonini 40 
dan ortiq oqsil bo‘yicha tahlil qilinganda, ularning otasi 2
 
kishi bo‘lganligi 
aniqlandi. XIX asrning boshlarida, embriologlar hisobga ko‘ra, 10 ga yaqin 
shunday holat qayd etilgan. 
V.S.Gruzdev (1922) ma‘lumotiga ko‘ra, Amerikada 2 tuxumdan hosil 
bo‘lgan egizaklarning biri oq, ikkinchisi qora tanli bo‘lgan. 
Fransiyalik biolog Ellen kuzatishicha, egizaklar tug‘ilishi ma‘lum 
qonuniyatga bo‘ysunadi. Tabiatda har 87 ta bir farzand tug‘ilishiiga 1 ta egizak, 87 
ta egizakka 1 ta uchtalik, 87 ta uchtalikka 1 ta to‘rttalik, 87 ta to‘rttatikka 1 ta 
beshtalik, 87 ta beshtalikka I ta o‘titalik egizak va hokazo to‘g‘ri keladi. Egizaklar 
ko‘proq amerikatik negrlarda, yaponlarda esa kamroq(10ming bittalikka35 ta 
lkkitalik egizak) tug‘adi. 
4 tadan ko‘p egizaklar tug‘ilishi kam uchraydi. Odamlarda eng ko‘pi 6 
tagacha egizak tug‘ilgan, shulardan eng ko‘pi 5 tasi yashab qolgan. Egizaklaming 
taxminan 75% ikkita tuxumdan, 25% bitta tuxumdan rivojlangan. 
"Haqiqiy" yoki bir tuxumdan hosil bo‘lgan egizaklarda, bir xil genlar nabori 
bo‘ladi. Shuning uchun ularda to‘qimalar bir-biriga to‘g‘ri keladi, organlarni 
ko‘chirib o‘tkazish mumkin, bir xil kasalliklar bilan og‘riydi, taxminan bir xil va 
uzoq yashaydi. 
Agar ayol 8 marta tuqqan bo‘lsa va u 35-39 yoshda bo‘lsa, har xil tuxumdan 
41 hosil bo‘lgan egizak tug‘ishi mumkin. Shu yoshdagi 7 bola tuqqan ayolda 
bunday imkoniyat kam bo‘ladi va hokazo. 
Egizak tug‘ilishini boshqaradigan gen ayolning X-xromosomasida 
joylashgan va bu belgi uning qiziga o‘tadi. 
1755 yilda Vvedensk qishlogining dehqoni Yakov Kirilov 60 yoshda 
bo‘lgan va ikkinchi marta uylangan. Birinchi xotini 21 marta homilador bo‘lib, 57 
nafar bola tuqqan (4x4]7x3]10x2*57). Ikkinchi xotini 7 marta homilador bo‘lib, 15 
nafar bola tuqqan (1x3]6x2*l5). U jami 72 bolaning otasi bo‘lgan. 
1782 yilda Shuysk yuzidan Feodor Vasilev 2 xotindan tug‘ilgan 87 bolaning 
onasi ekanligi haqida Moskvaga xabar berilgan. Birinchi xotini 27 marta homilador 
bo‘lib, (4x4]7x3)16x2*69 nafar farzand ko‘zgan bo‘lsa, ikkinchi xotini: 
(2x3)6x2*18 nafar bola tuqqan. O‘shanda Vasilev 75 yoshda bo‘lib, 
farzandlarining 83 nafari hayot bo‘lgan. 
Hindistonda ikkinchi egizak birinchisidan 45 kundan keyin tug‘ilganligi 
haqidagi ma‘lumot bor. 
Besh, o‘ti egizaklar tug‘ilishi kam, tug‘ilganda ham ular o‘ladi. 
Germaniyaning Xameln shahrida saqlanib qolgan barelefda quyidagi yozuv bor: 
"1600 yilning 9 yanvari boshlangandan (ayoI) 2 o‘g‘il va 5 qiz tug‘di". 


34 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin