47
Urug‘chilik jinsiy organlari bir juft uzun ipsimon tuxumdon, tuxum yo‘llari,
bachadon va qindan iborat. Bachadon devori ko‘plab
muskulli va bezli
hujayralardan iborat. Tuxum hujayraning urug‘lanishi va tuxum po‘stning
shakllanishi bachadonda amalga oshadi.
Skrebnilar
ayrim jinsli, samkalarining juft tuxumdoni ligament ichida
joylashgan, Undan tuxum yo‘li boshlanadi. Rivojlanishning boshlang‘ich
boshqalarida tuxumdon ligament ichida, yoki tana bolshlig‘ida
erkin yuradigan
tuxum hujayralariga bo‘linib ketadi. Tuxum chiqaruvchi kanal o‘ziga xos
tuzilishdagi kompleksdan iborat bo‘lib, onalik qo‘ng‘irog‘i (devori muskuldan
tuzilgan bo‘lib, ligamentdan yoki tana bo‘shligidan boshlanadi), tuxum yo‘li,
bachadon va qindan iborat. Aniqlanishicha, onatik qolnglirogli yetilgan tuxumlarni
ajratib, tuxum yo‘liga oltkazadi. yetilmagan tuxumlar maxsus ventral teshik orqali
ligamentga, yoki tana bo‘shlig‘iga qaytarib yuboriladi. Qin gavdaning oxiridan
tashqariga ochiladi.
Erkaklik jinsiy organlari urug‘don, urug‘ yo‘li sement bezi, jinsiy bursa va
qo‘shilish organdan iborat. Urug‘doni sharsimon shaklda bo‘lib, ikkita bo‘ladi.
Ular oldin-keyin bo‘lib, ligamentning ichida joylashgan.
Potologik jarayonlar
paytida urug‘don bitta bo‘lishi ham mumkin. Urug‘don alontosefal lichinkalik
davrida, oraliq xo‘jayin organizmida shakllana boshlaydi. Urug‘dondan urug‘ yo‘li
boshlanib, penisga yetmasdan kengayib, unig‘ xalasini hosil qiladi. Urug‘don
atrofida sement bezi degan bez bo‘ladi.
Uning shakli noksimion, naysimon. yoki
kurtaksimon bo‘ladi, soni 3,4,6,8, ta bo‘rishi mumkin va bu son avlodning belgisi
hisoblanadi. Sement bezining ,naxsus kanali orqali penisga kelib quyiladi. Bu bez
yopishqoq sekret ishlab chiqaradi, bu sekret jinsiy qo‘shilishdan keyin, urg‘ochi
jinsiy teshigini og‘zini bekitib tashlaydi. Van Kliv (1949) sement bezini uchta
turini farqlaydi: 1. Sinsitial sement bezi ko‘p yadroli bo‘ladi. 2. Ko‘p sement bezi
har biri bezda bitta yadra boladi va har biri aloxida kanalga ega. 3. Ko‘p sement
bezi har bir bez kapsulaga o‘ralgan va yadro elemendari bo‘ladi. Yopishqoq sekret
ishlab chiqaradi. Eng sodda tuzilishga ega bo‘lgani
sinsitial sement bezi
bo‘lib,undan boshqa tipdagi bezlar taraqqiy etadi.
Qo‘shilish organi - penis muskuldan iborat bo‘lib, bursa atrofida joylashgan.
Bunsa muskuldan iborat. Bursa qo‘shilish davrida samkani ushlab turish vazifasini
bajaradi. Shu payt penis orqali urug‘ urg‘ochi jinsiy yo‘llariga o‘tadi va sement
bezidan ham sekret ishlab chiqarilib, penis orqali urg‘ochiga o‘tadi va urg‘ochi
jinsiy teshigini bekitib, urug‘ning qaytib chiqishiga yo‘1 qo‘ymaydi.
Dostları ilə paylaş: