Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Bo’g’imoyoqlilardan qisqichbaqasimonlarning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Bo’g’imoyoqlilardan qisqichbaqasimonlarning
erkaklik jinsiy organlari 
bitta ikkiga ajralgan urug‘dondan iborat bo‘lib, uning uchki bo‘shlig‘i bor. 
Urug‘dondan 2 ta uzun urug‘ kanali boshlanib, chiqaruv teshigiga yaqin joyda 
urug‘ xaltasini hosil qiladi. 
Urugchilik jinsiy bezi 1 juft tuxumdan iborat bo‘lib, undan kalta tuxum yo‘li 
boshlanadi. 
Tuxumdonning 
ustki 
qismida 
follikulalar 
bilinib 
turadi.
O’rgimchaksimonlar
ayrim jins bo‘lib, jinsiy bezlari qorin qismida 
joylashgan. Primitiv turlarida jinsiy bezlar juft, ko‘pchiligida jinsiy bezlar qo‘shilib 
bitta bezni hosil qiladi. Chayonlarning samesida 2 ta urug‘don bo‘rsa, samkasida 
tuxumdonlari qo‘shilib ketgan. Gonadadan doimo juft jinsiy kanal boshlashib, 
keyin ular qo‘shiladi va tashqariga ochiladi. 
Hasharotlarning
urugchilik jinsiy organlari bir juft tuxumdondan iborat 
bo‘lib, har bir tuxumdon bir necha naylardan iborat (24-rasm). Bu naylaming 
tuxum yo‘liga birlashgan tomoni yo‘g‘on, ikkinchi uchi esa ingichkalashib boradi. 
Ularning soni ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘simlik turlarida bitta tuxumdonda 
bitta nay, suvaraklarda 16 ta, asalarilarda 200 ga yaqin, termitlarda 2500 ta nay 
bo‘ladi. Tuxumni ko‘p yetishtirish, tuxumdondagi tuxum naylarining soniga 
bog‘liq. 
23-rasm. Mollyuskalar jinsiy organlarining tuzilishi (K.Klaus, 1873 bo‘yicha). 
1-urug‘ yo‘li; 2-tuxumdon; 3-oqsil bezi; 4-urug‘ qabul qiluvchi xalta; 5-bachadon; 
6-urug‘don. 
Tuxum naylarining uchki qismida, tuxum yo‘liga yaqin joyida, birlamchi 
jinsiy hujayralarjoylashgan bo‘lib, nlardan oositlar yetiladi. Ularning atroflni 
fo‘tikulyar hujayralar o‘rab olgan bo‘ladi. llnsiy hujayralar yetilishi bilan, ularning 
olmini birlamchi jinsiy hujayralar egallaydi. Oositlaning o‘rtasida sariqlik moddasi 
joylashgan bo‘lib, ular tuxumni oziq moddalar bilan boyitadi. 


50 
Tuxum 2 ta tuxumdondan, tuxum yo‘li orqali pastga tushadi. Ikkita tuxum 
yo‘li birlashib bittaga aylanadi. Tuxum yo‘lining biriashgan joyiga, qo‘shimcha 
bezning sekreti quyiladi. Bu sekretdan tuxumning po‘sti, substratga tuxumni 
yopishtiruvchi moddalar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bu yeiga urug‘ qabul 
qiluvchi xaltaning yo‘li ham ochiladi. Urug‘ qabul qiluvchi xaltaning ichida, 
urg‘ochi hasharot erkagi bilan qolslulganda, spennatozoidni 4-5 yilgacha, ba‘zilari 
umr bo‘yi saqlaydi. Urug‘ xaltasi bo‘lmagan hasharotlarda (suvaraklarda) sperma, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bachadonga tushadi. 
Urg‘ochilarida tuxum qo‘ygich 8-9 bo‘g‘imlarda joylashgan. 
24-rasm. Hasharotlar jinsiy organlarining tuzilishi (V.Pospelov,1949 bo‘yicha) 
A-urg‘chi qora suvarakning jinsiy organlari; 1-tuxumdonlar; 2-tuxum yo‘llari; 3-
urug‘ qabul qiluvchi xalta; 4-qo‘shimcha bez. 
B-erkak qara suvarakning jinsiy organlari; 1-urug‘donlar; 2-urug‘ yo‘llari; 3-urug‘ 
chiqarish naylari; 4,5,6-qo‘shimcha bezlar. 
V-tuxum naylari 1-oositlar; 2-follikulalar; 3-tuxumlar. 
Erkaklik jinsiy organlari bir juft urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ xattasi, 
qo‘shilish organdan iborat. Erkaklarida ham qo‘shimcha bez bo‘lib, undan ajralgan 
sekret spermatofora hosil bo‘lishida qatnashadi. Spermatozoid spermatofora holida 
tuxum hujayra bilan qo‘shilguncha saqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin