44
Gonositning goniyga aylanishi, bir qancha o‘zgarishlar tufayli amalga
oshadi, jumladan, ular yiriklashadi, yumaloq shaklni oladi, amyobitsimon harakati
yo‘qoladi, intensiv ko‘payadi.
Keyinchalik oogoniylarning bo‘linishi to‘xtaydi.
Bu davrga kelib,
tuxumdonda oogoniylarning ma‘lum zaxirasi to‘planadi. Ularning oz qismi,
yetilgan tuxum hujayraga aylanadi, ko‘p qismi nobud bo‘ladi, yoki degenerasiyaga
uchraydi. Hisoblarga qaraganda, 5 oylik odam embrionida 6800000, tuglilish
oldidan 1 mln, 7 yoshda 300000 oogoniy bo‘ladi. Oogoniylarsoniningortishi, harxil
hayvonlarda harxil muddatlarda to‘xtaydi. Masalan, sut emizuvchilarda bu jarayon
tuglilishgacha, ba‘zi hayvonlarda tug‘ilishdan keyin to‘xtaydi, ba‘zi
tuban
primatlarda oogoniylarjinsiy voyaga yetganda ham ko‘payadi.
Spermatogoniylarning ko‘payishi, aksincha butun jinsiy voyaga yetgan davr
davomida uzluksiz (issiqqonli hayvonlarda), yoki mavsumiy (sovuqqonli
hayvonlarda) sodir bo‘ladi.
Gametogenezning keyingi bosqichlarida spermatogoniylar va oogoniylar
murakkab o‘zgarishlardan keyin yetilgan jinsiy hulayrlar-spermatozoid va tuxum
hujayraga aylanadi. Bu jarayonlar hujayra yadrosi va sitoplazmasida ko‘plab
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan, amalga oshadi va oogoniy hamda spermatogoniy
morfologik va fiziologik jihatdan erkaklik va urugchilik
jinsiy hujayralariga
aylanadi. Bu o‘zgarishlar quyidagilardir.
1. Rivojlariayotgan tuxum hujayrada ko‘plab makromolekula, subhujayraviy
va oziq moddalar sintezlanadi va kiradi. Ana shu moddalar hisobidan tuxum
hujayra kattalashadi, shakllanayotgan spermatozoidda
sitoplazma umuman
yo‘qoladi va ba‘zi moddalar sintezlanadi.
2. Jinsiy hujayralar rivojlanishi davrida meyoz bo‘linish sodir bo‘ladi. Uning
2 ta xususiyati: xromosomalar sonining kamayishi va gomologik xromosomalarda
genlar rekombniasiyasi sodir bo‘ladi.
3. yetilgan jinsiy hujayralarda ulani tashkil etuvchi moddalar shakli va
funksiyasiga qarab qayta taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: